Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo Sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan baliq iste’molining minimal me’yori ishlab chiqilgan boʻlib, bunga koʻra baliq mahsulotlarining iste’moli kishi boshiga yiliga 12 kg dan kam boʻlmasligi kerak. Evropa mamlakatlarida bu koʻrsatkich 35-40 kg, ayrim okean va dengiz oʻrab turgan davlatlarda 50-60 kg, mamlakatimizda bu koʻrsatkich 3-4 kg ni tashkil etad.
Mamlakatimiz aholisini sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlashda tabiiy suv havzalarda, suv omborlarida, koʻllarda, kollektorlarda baliqchilikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega va bu borada olib boriladigan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining [2] 2017 yil 1 maydagi PQ-2939-son “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 oktyabrdagi 361 - son “Davlat veterinariya xizmati tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining [4] 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan. Lekin hozirgi kunda dunyoda atrof-muhitning global ravishda oʻzgarishi epizootologik va epidemologik nuqtai-nazaridan murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda.
Xususan, aholini baliq va baliq mahsulotlari iste’moli orqali zooparazitozlar sonining oshish kuzatilmoqda. Baliqlar, 120 xildan ortiq gelmint turlari uchun oraliq, asosiy va qoʻshimcha xoʻjayin hisoblanib, bu borada tabiiy va sun’iy suv havzalaridagi baliqlarning endo va ektoparazitlarini aniqlash va ularga qarshi kurash chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Tabiiy havzalarda baliq sonini orttirish uchun baliqlarni urchitish kompleks chora boʻlib, baliqlarning sifatini yaxshilab borishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Bu ishlar oʻz ichiga baliq urchitish, baliqchilik xoʻjaliklarini suv bilan ta’minlash, baliqlarni va ular uchun oziq organizmlarni akklimatizatsiya qilish, baliq ovlashni rejalashtirishni oʻz ichiga oladi. Hozirgi davrda Oʻzbekistonda baliq sifatini daryolarda, koʻllarda, suv saqlagichlarda koʻpaytirish uchun baliqlarni tabiiy koʻpaytirish ishlari borasida oldinga siljish kuzatilmoqda. Xavfli kasallik qoʻzgʻatuvchilarni toza hovuzda yoʻq qilish yoki qoʻzgʻatuvchilarning tarqalishining oldini olish uchun ixtioparazitologik tadqiqotlarni keng turda oʻtkazish zarur.
Baliqlar gelmintofaunasi boʻyicha tadqiqotlar Yer yuzida keng miqyosda olib boriladi va baliq ishlab chiqarish uchun qulay boʻlgan oila vakillaridagi parazitlarning tur tarkibi, ularning tarqalishi va biologik ob’ektlarni zararlash darajasini aniqlashga qaratilgan. Shunga muvofiq Yer yuzining deyarli barcha mintaqalarida uchraydigan va bugungi kunda tabiiy hamda sun’iy suv xavzalarida samarali koʻpaytirilayotgan qorabaliq (Schizothorax intermedius), oq amur (Ctenopharyngodon idella), zogʻora, (Cyprinus carpio), doʻngpeshona (Hypophtalmichthys molitrix), ilonbosh (Channa argus) baliqlari alohida ahamiyatga ega. Bu baliqlarning turli suv xavzalari sharoitlariga tez moslasha olishi hamda tarqalish intensivligi, ularni xudud gelmintofaunasini shakllanishida asosiy oʻrin tutishini belgilab beradi va shunga koʻra Oʻrta Zarafshon vohasi baliqlarini gelmintofaunasini oʻrganish dolzarb masala hisoblanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach qishloq xoʻjaligining barcha sohalarida, xususan baliqchilik sohasida ham keng koʻlamdagi islohotlar amalga oshirildi. Mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan dasturiy chora- tadbirlar asosida muayyan natijalarga, jumladan, Respublikamizda keng tarqalgan karpsimon (Cyprinidae) baliqlarni koʻpaytirish, yangi turlarini introduksiya qilish va ular kasalliklarini oldini olish borasida muayyan yutuqlarga erishildi. Shular bilan bir qatorda, karp baliqlari gelmintlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish boʻyicha tadqiqot ishlariga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash va ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish” vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan karpsimonlar (Cyprinidae) oilasi turlaridagi gelmintlar faunasini aniqlash, baliqchilik xoʻjaliklarida parazit populyasiyalari miqdorini boshqarish va ularga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Respublikada baliqchilik sohasini rivojlantirish uch yoʻnalishda amalga oshirilmoqda.
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida baliqlar sonini koʻpaytirish maqsadida baliqlar sotib olish uchun mikrokreditlar ajratish, turli tashkilotlar qoshida baliqchilik yordamchi xoʻjaliklarini tashkil etish;
Baliqchilikda naslchilik ishlarini yaxshilash maqsadida chetdan naslli mollar keltirish, zooveterinariya punktlari sonini koʻpaytirish orqali servis xizmatlarini yanada oshirish;
Ozuqa bazasini yaxshilash uchun mavjud oziqa ekinlari maydonlaridan unumli foydalanish. Aholi va fermer xoʻjaliklariga oziqa mahsulotlarini maxsus shaxobchalar orqali etkazib berish.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2017-2021 yillar davrida baliqchilik tarmogʻini yanada kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun ikki oy muddatda Vazirlar Mahamasiga kiritish [4].
Dastur loyihasini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratish qayd etilgan:
Baliqchilik tarmogʻining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish;
Baliqlar uchun yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish boʻyicha mavjud quvvatlami modernizatsiya qilish va yangi quvvatlami barpo etish yoʻli bilan baliqchilik tarmogʻning ozuqa bazasini mustahkamlash;
Baliqlaming yuqori mahsuldor zotlarini joriy etish, baliq etishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish, ichki ehtiyojni toʻliq ta’minlash uchun suv havzalarining sifatini yaxshilash va hosildorligini oshirish;
Aydar-Amasoy koʻllar tizimida ekoturizimni rivojlantirib baliq etishtirish, ovlash va qayti ishlashni kengaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Respublika suv omborlaridan samarali foydalanish uchun baliq etishtirish va ovlash ishlarini tashkil etish;
Yuqori malakali xorijiy mutaxassislami jalb etish yoʻli bilan etishtirishning qafas usulini tizimlit ravishda keng joriy etish;
Hozirda respublikada 3606 ta baliqchilik xoʻjaliklari faoliyat olib bormoqda. Suv havzalarining umumiy maydoni 595,3 ming gektar boʻlib, tabiiy suv havzalari 562,5 ming gektar, suniy maydonlar 32,2 ming gektarni tashkil etadi.
Baliqchilik tarmogʻidagi muammolami bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017 – 1 maydagi PQ – 2939 – son qarori qabul qilindi [2].
2017-2021 yillarda baliqchilik tarmogʻini yanada kompleks rivojlantirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etildi. Yuqori mahsuldor baliq turlarini iqlimlashtirish ishlarini ilmiy asosida tashkil etish hisobiga baliqlaming afrika laqqasi, tilyapiya, forel, vengriya sazani va osyotr turlarini koʻpaytirish yoʻlga qoʻyiladi.
Hamda aholini oziq-ovqat xafsizligini ta’minlash, shu jumladan, sifatli baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish boʻyicha bir qancha dasturiy chora-tadbirlar qabul qilindi.
Bunga koʻra 2019 yilning 1 maydan boshlab Qaroqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida yuqori darajali asbob uskunalar bilan jihozlangan “Ixtiopatologik” laboratoriya ishga tushiriladi.
Bu, oʻz navbatida, ichki bozorlarga uzluksiz ravishda keng assortimentdagi arzon va sifatli baliq mahsulotlari etkazib berilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |