Nazorat savollari
1.Gimnastik chiqishlar jamoaviylik va do’stona tuyg’ularni tarbiyalash vositasi
sifatida qanday o’ringa ega?
2. Gimnastik chiqishlar dasturi haqida gapirib bering.
3. Gimnastik chiqishlarni ssenariysi deb nimaga aytiladi?
4.Gimnastik chiqishlarda musiqa qanday ahamiyatga ega?
5. Gimnastik chiqishlar uchun mashqlar qanday tuziladi?
75
6-Talaba qizlar bilan gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tish
Reja:
1. Xotin-qizlar organizmining o'ziga xosligi
2. Mashg‘ulotlar usuli
I. Xotin-qizlar organizmining o'ziga xosligi. Xotin-qizlar organizmi o‘zining
tuzilishiga ko'ra, erkakfarnikidan bo‘y va oyoq qismlarining nisbatan kalta va
gavdaning uzun bo'lishi, yelka bo‘g‘inining torligi, tosning kengligi va teri ostida
katta yog‘ qatlamining mavjudligi bilan farq qiladi.
Tos tuzilishining o‘ziga xosligi — xotin-qizlar gavda tuzilishining alohida
xususiyatidir. Xotin-qizlarda tos past, keng va ancha yoyilgan bo‘ladi. Son
suyaklari boshchasining oralig‘i erkaklarnikiga nisbatan katta, son suyagining
bo‘yni va son suyagi orasidagi burchak kichkina. Xotin-qizlaming son suyagi
erkaklarnikiga nisbatan vertikaldan ko‘proq qiyalashgan. Bu holat qizlarning
yugurish va sakrashlarda past natijalarga erishishlariga asosiy sabab bo‘ladi.
Statistik ma’lumotlar sport bilan shug‘ullangan xotin-qizlarda yillar davomida
tos kengligining yelka kengligiga nisbatan farqi kamayib borishini ko‘rsatadi.
Ushbu mutanosiblikning o‘zgarishi, asosan, yelka bo‘g‘ini rivojlanishi hisobiga
sodir bo‘ladi.
Xotin-qizlarda tirsak bo‘g‘inining ortiqcha yozilishi va ko'pincha oyoqlarning X
shaklida bo‘lishi, erkaklarga nisbatan ko'proq uchrab turishi kuzatilgan. Bu omillar
yugurishda, sakrashda yuqori natijalarga erishishni, uzoq vaqt tayanib turishni
qiyinlashtiradi, jarohatlanish ehtimolini ko‘paytiradi. Shu sababli, mazkur mushak
guruhlari uchun maxsus tanlab olingan mashqlar orqali yuqorida aytilgan
bo‘g‘inlami mustahkamlash zarur.
Xotin-qizlar erkaklardan yana yurak hajmining kichikligi, uning sistolik va
minutlik hajmi kam, maksimal qon bosimi baland, o ‘pkaning havo sig'imi
kichkina, tomir urishi va nafas olishning tez bo’lishi bilan farq qiladi. Xotin-qizlar
ko‘proq ko‘krak bilan yoki aralash nafas olishadi, erkaklarda esa ko‘proq
diafragmali nafas olish kuzatiladi. Qayd qilinganlar ularning uzoq vaqt z o ‘r
berib ishlashlari uchun, shuningdek, jismoniy charchashdan keyin tez fursatda
tiklanishlari uchun noqulay sharoit yaratadi.
Biroq jismoniy tarbiya yoki sport bilan doimiy shug‘ullanadigan xotin-qizlarning
sog‘lig‘i va jismoniy holatining ko‘rsatkichlari sport bilan shug‘ullanmaydigan
xotin-qizlarnikidan ancha yuqori. Xotinqizlarning mushak tizimi rivojlanish
jihatidan erkaklarnikidan ancha orqada qoladi. Shifokor nazoratida qabul qilingan
mushak kuchini olchash usuli (bel va qo‘l dinamometriyasi) mushak tizimining
76
umumiy holatini to‘liq ifodalamaydi. Biroq, shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham farq
kattadir. Xotin-qizlarda qo‘l dinamometriyasi 25—30 %, bel dinamometriyasi
40—50 % kam.
Ayollar uchun qorin pressi mushaklarining rivojlanish darajasi katta
ahamiyatga ega. Ichki qiya va chuqur joylashgan ko‘nda!ang mushak tolalari
bachadonning aylana bog‘lamcha!ariga aylanadi va skelet mushaklarini ichki jinsiy
organlar bilan tutashtiradi. Bachadonning to‘g‘ri holati ko‘p jihatdan bachadonning
aylana bog‘lamlarining mustahkamligiga bog‘liq. Ilmiy kuzatishlar shuni
ko‘rsatadiki, qorin pressi mushaklari yaxshi rivojlangan sportchi xotinqizlarda
bachadonning siljishi deyarli kam uchraydi.
So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar bo‘yicha shu
narsa aniqlandiki, bachadonning to‘g‘ri joylashishi va tug‘ishning normal o'tishi
oldin faraz qilinganidek, faqatgina tos tubining holatiga bog‘liq bo'lmasdan, balki
ko‘proq tos orasi mushaklarining rivojlanganligiga ham bog'liq ekan. Bu
mushaklar son orasini kengayishida va burishda qatnashadi. Shu mushaklar badiiy
va sport gimnastikasi bilan shug‘ullanganlarda, sport bilan shug'ullanmaganlarga
nisbatan rivojlangan b o ‘ladi, chunki oyoq mushaklarini harakatlari gimnastikani
shu turlarida keng qo‘Uani!adi. Tos tubi mushaklarining rivojlanishiga faqatgina
nisbiy t a ’sir qilish mumkin: q o rin pressi mushaklarining taranglashishi tos
mushaklarining qisqarishiga o!ib keladi. Shunday qilib, tos mushaklarining
rivojlanish darajasi bevosita qorin pressi mushaklarining funksional holatiga
bog‘liq ekan. Yuqorida qayd qilinganlaming barchasi xotin-qizlaming mushak
tarmog‘ini maqsadga muvofiq va jiddiy ravishda rivojlantirish kerakligini
ko‘rsatadi. Yoshlik davrida hosil bo‘lgan sifatlar xotinqizlar tomonidan biroz e
’tibor berilsa, ko‘p jihatdan katta va keksa yoshgacha saqlanib qoladi.
Ayol organizmining muhim xususiyati ovarial-menstrual (hayz ko'rish) davridir.
Xotin-qizlar organizmi uchun hayz ko‘rishning mohiyati va ahamiyati
to’g‘risidagi tushunchaning asta-sekin o‘zgarishi, ularni ilmiy kuzatishlar va
tekshirishlar orqali tasdiqlanishi, bunday vaqtda jismoniy mashqlar bilan
shug'ullanishi mumkin yoki mumkin emasligi to ‘g‘risidagi masalaga
munosabatning o ‘zgarishiga olib keldi. Ertalabki gigiyenik gimnastika
mashg‘ulotlari, sayr qiiish, qayiqda eshkak eshish, keskin harakatni talab
qilmaydigan o ‘yinlar hayz ko‘rish jarayonining yaxshi o ‘tishini ta ’minlaydigan
vosita sifatida tavsiya qilinadi. Bu davrda gimnastika mashg‘ulotlari va
musobaqalariga qatnashish mumkinligi to ‘g‘risidagi nuqtayi nazar ancha o‘zgardi.
Sport natijalari hech ham ovarial-menstrual davrga bogliq bolmaganligini o‘zlarini
nufuzli musobaqalardagi yutuqlari bilan gymnast qizlar amaida bir necha bor isbot
etishdi.
Biroq jismoniy yuklamaiarni to‘g‘ri taqsimlash uchun, sportchi qizlar
tajribali ginekolog bilan maslahatlashishi zarur. Bunday paytlarda gimnastning
jismoniy tayyorgarlik holati va uning u yoki bu mashqlarni bajarishda
organizmining yuklamaga b o ‘lgan reaksiyasi o'qituvchi-murabbiy tomonidan
puxta nazorat qilinishi shart. Bu davrda gimnast qizlar ham o ‘ziarining
organizmlarini yaxshi nazorat qilishlari kerak. Mashg‘ulot yoki dars davrida va
undan keyin kayfiyat, hayz ko‘rishning o‘tishi, og‘riq his etilganetilmaganligi,
77
navbatdagi hayz ko‘rish muddati qayd qilingan hodisalarning qaysi biri tasodifiy,
yuklamalarga bog‘liq-bog‘liq emasligi va hayz ko‘rish davrida bular qanday
oqibatlarga sabab bo‘lishi, o‘z-o‘zini nazorat qiiish kundaligida muntazam yozib
borilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |