Samarqand davlat universiteti 5112000 Jismoniy madaniyat fakulteti Sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi «gimnastika va uni o’qitish uslubiyati»



Download 10,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/240
Sana12.08.2021
Hajmi10,52 Mb.
#146284
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   240
Bog'liq
gimnastika va uni oqitish uslubiyati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


79 
 
 
 
 
 
 
 
7- O‘rta, katta va keksa yoshdagilar bilan gimnastika mashg‘ulotlari 
o’tkazish
Reja: 
1. Yosh xususiyatlari 
2. Mashg'ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish usuli  
 
 
 
I. Yosh xususiyatlari 
 
    Uzoq  umr  ko‘rish  uchun  bir  qator  omillar:  xalqning  turmush  sharoitining 
to'xtovsiz  o‘sib  borishi,  tibbiy  xizmatning  yaxshilanishi  va  shuningdek, 
sog'lomlashtirish-gigiyenik masalalanii hal qilish uchun jismoniy tarbiya va sport, 
ayniqsa, gimnastika vositalaridan foydalanish muhim hisoblanadi. 
    Gimnastikaning  qo'llanilish  samaradorligi  va  maqsadga  muvofiqligi  uning 
usuliy  xususiyatlaridan  kelib  chiqadi.  Organizmga  har  tomonlama,  tanlab  ta  ’sir 
ko‘rsatadigan  mashqlarning  tu  r  litumanligi,  shug‘ullanuvchilarning  yoshi  va 
tayyorgarligidan q a t’I nazar, mashqlarni tanlash va yuklamani aniqpoq boshqarish 
imkonini beradi. 
    Gimnastika 
mashg‘ulotlarining  mazmuni  va  usulini  tanlash  uchun, 
shug‘ullanuvchilaming  yosh  xususiyatlarini  yaxshi  bilish  zarur.  Organizmning 
barcha  organ  va  tizimlari  keksayadi  va  ijtimoiy  muhit,  moddiy-maishiy,  shaxsiy 
xususiyatlarga hamda boshqa omillarga bog'liqdir. Organizmning keksayishi tabiiy 
jarayondir,  u  odam  asabining,  fiziologik  funksiyalarining  qayta  tiklanishi  va 
shuningdek,  odam  organizmi  morfologiyasi  va  asab  harakatlantiruvchi 
markazlarining o‘zgarishi bilan bog'liqdir. 
      Harakat funksiyalarinnig psixologik funksiyalarga nisbatan ko‘proq zaiflanishi 
tibbiy  izlanishlarda  isbotlangan.  Biroq,  uzoq  vaqt  ruhiyjarohat  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan aqliy jarayonlar o‘rta, ayniqsa, keksa hamda katta yoshda yurak-qon tomiri 
tizimlari  (gipertoniya,infarkt-miokard,  ateroskleroz  va  boshq.)  kasalliklariga  olib 
keiuvchi asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin. 
    Fiziologik  va  patologik  keksalik  bir-biridan  farq  qiladi.  Fiziologik  keksalikda 
organizmning  funksiyalari  asta-sekin  (to‘lqinsimon)  pasayib  boradi,  ammo 
ularning  sifati  ko‘p  o  ‘zgarmaydi.  Patologik  keksalik  —  turli  kasalliklarga  ko‘ra 
to‘qimalaming  shakli,  tuzilishigina  o  ‘zgarmasdan,  balki  kimyoviy  tuzilishi  ham 
o'zgaradi. Modda almashuvining buzilishi natijasida to'qimalar yemiriladi, bu esa 
bir butun organizmning tashqi muhitga b o ‘lgan qarshilik ko‘rsatish faoliyatining 
pasayishiga  olib  keladi.  Oliy  asab  tarmoqlarining  faoliyati  ham  o‘zgaradi.  Bosh 
miya  qobig‘ining  qo‘zg‘aluvchanligi  pasayadi,  asab  tizimida  sodir  bo'ladigan 


80 
 
jarayonlarning  harakatchaniigi  va  kuchi  kamayadi,  shartii  reflekslarning  hosil 
bo‘lishi  va  mustahkamlanishi  yomonlashadi.  60—70  yoshda  yurakning  hajmi 
kattalashadi.  Qon  tomiri  devorlarining  o‘zgarishi  natijasida  qon  oqish  tezligi 
sekinlashadi, bu esa, o‘z navbatida, to ‘qimalaming oziqlanishini yomonlashtiradi 
(E.M.  Gelshteynning  fikricha,  50—60  yoshdagi  70—80  foiz  kishilarda  va  80 
yoshga  borib  esa  hammada  ateroskleroz  paydo  bo‘ladi).  Shu  bilan  birga,  doimiy 
jismoniy  mashq  va  sport  (yugurish)  bilan  shug‘ulianuvchi  katta  yoshdagi 
kishiiarda esa ateroskleroz jarayonlari sekinlashadi. 
    Yosh  ulg'ayishi  bilan  mushaklarning  egiluvchanligi  susayadi,  hajmi  kamayadi, 
60—70  yoshda  mushaklarning  og‘irligi  tana  og‘irligining  20—25  foizini  tashkil 
qiladi. Mushak to ‘qimasining tarkibi  o‘zgarishi sababli uning qisqarish qobiliyati 
yomonlashadi,  kuch,  tezlik,  chidamlilik,  chaqqonlik  va  egiluvchanlik  jismoniy 
sifatlarining  ko'rsatkichlari  pasayadi.  Distrofiya  xarakteridagi  hodisalar  sababli 
tayanch-harakat apparatining mobilligi o‘zgaradi, mushaklarning egiluvchanligi, 
bo‘g‘inlarning  harakatchanligi  kamayadi,  suyaklarning  mo‘rtligi  oshadi.  Bu 
qomatning  bukchayishiga  olib  keladi,  bu  esa  o‘z  navbatida,  nafas  olish,  qon 
aylanish organlarining faoliyatiga salbiy ta ’sir  qiladi. Nafas olish mushaklarining 
kichrayishi  va  zaiflanishi  sababli  o‘pkaning  tiriklik  sig‘imi  kamayadi.  Natijada 
katta  yoshdagi  kishiiarda  nafas  olish  ancha  tezlashadi,  chuqur  bo‘lmaydi,  aritmik 
bo‘ladi. 
     Gimnastika  mashg‘ulotlarini  tashkil  qilishda  va  o‘tishda  ushbu  o‘zgarishlarni 
hisobga olish lozim. 

Download 10,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish