Qizlar uchun mos, go‘zallikka xos Prezidentimiz raisligida o‘tgan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi
Homiylik kengashi yig‘ilishida alohida ta’kidlanganidek, sport bilan musiqa
chambarchas bog‘liqdir. Sport tanani pishitadi, chiniqtiradi, irodani
mustahkamlaydi, musiqa – ko‘ngilni poklaydi, ruhni tetiklashtiradi. Badiiy
gimnastika esa aynan musiqa sadolari jo‘rligida bajariladigan nafis harakatlardir.
“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” g‘oyasining zamirida, mazmun-mohiyatida ham
ayni shu jihatlar o‘z aksini topgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu
145
vazifalarni o‘zida mujassam etgan dastur asosida keng ko‘lamli chora-tadbirlar
ishlab chiqilib, hayotga joriy etilayotir.