XALQARO MAYDONDALARDA O`ZBEKISTON BADIIY
GIMNASTIKACHI QIZLARIMIZNING O`RNI
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy
olimpiya qo‘mitasi, Gimnastika federatsiyasi hamkorligida Xalqaro gimnastika
federatsiyasi shafeligida tashkil etilgan turnirlarda ishtirok etish uchun
O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Belarus, Bolgariya,
Malayziya, Ozarbayjon, Armaniston, Janubiy Afrika Respublikasi, Ispaniya,
Italiya, Argentina, Shveytsariya, Finlyandiya, Isroil va boshqa mamlakatlardan eng
kuchli gimnastikachilar kelgan.
O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti L.Karimova-Tillayeva
xalqaro musobaqalarni ochiq deb e’lon qildi.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor yuksak
samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi. Bu jarayonda sportning qizlarga xos
turlari, ayniqsa, badiiy gimnastikani yanada ommalashtirish, malakali murabbiylar
tayyorlash, ularning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli
ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‘lom va barkamol avlodni
voyaga yetkazishga, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan
g‘amxo‘rlik tufayli mamlakatimizda yangi iste’dodlar, mahoratli sportchilar
yetishib chiqmoqda, ular xalqaro maydonlarda O‘zbekiston shon-shavkatini
yanada yuksaltirmoqda.
Gimnastika bilan shug‘ullanish insonning jismoniy go‘zalligini
shakllantirish bilan birga, uning fe’l-atvori, fazilatlarini rivojlantiradi, irodasini
chiniqtiradi. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi mamlakatimizda ushbu
sportning barcha asosiy turlari – sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin,
akrobatikani ommalashtirishga doir izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Davlatimiz
ko‘magida iqtidorli sportchilarni aniqlashga yordam berayotgan mintaqaviy va
respublika musobaqalari muntazam o‘tkazilayotir.
134
Mamlakatimizning barcha viloyatlarida gimnastika bilan shug‘ullanish
uchun xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan markazlar tashkil etildi, ularda har
kuni minglab o‘g‘il-qizlar ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Ularning eng iqtidorlilari gimnastika bo‘yicha o‘smirlar va milliy terma jamoalar
safiga jalb etilmoqda. Nafaqat sport komplekslari va ixtisoslashtirilgan sport
maktablari, balki umumta’lim maktablarining sport zallari ham zamonaviy
gimnastika inventarlari bilan jihozlangan.
2011-yilda Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan
respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi tashkil qilindi. Olimpiadaga tayyorlash
markazi hisoblangan ushbu maktab O‘zbekiston terma jamoalari sportchilari uchun
turli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va yirik turnirlarni tashkil etish imkonini
bermoqda.
Jahon tajribasi hisobga olingan holda, murabbiylar malakasini oshirishga
katta e’tibor berilmoqda. Bu borada istiqbolli ilmiy va tibbiy yangiliklarni
o‘rganish, sportchilarni tayyorlash, sport uskunalarini ishlab chiqarish – bularning
barchasi sportni yanada ommalashtirish, salomatlik omiliga aylantirishga xizmat
qilayotir. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi shu maqsadda Xalqaro gimnastika
federatsiyasi va Osiyo gimnastika ittifoqi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro
forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ilg‘or tajribani ommalashtirish uchun
poytaxtimiz va viloyatlarda xalqaro hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida
murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar muntazam tashkil etilmoqda.
– O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qizlarni sportga keng
jalb qilishga katta e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovor, – deydi yaponiyalik
murabbiya Oka Kurumi. – Barcha shahar va tumanlarda bunyod etilgan zamonaviy
sport majmualarida qizlar sportning bir necha turi bilan shug‘ullanib, sog‘lom
bo‘lib ulg‘aymoqda, katta sportga qadam qo‘ymoqda. Mamlakatingizda badiiy
gimnastika
tez
rivojlanmoqda.
O‘zbekiston
gimnastikachilari
xalqaro
musobaqalarda muvaffaqiyat qozonayotgani, yurtingizda nufuzli turnirlar
muntazam tashkil etilayotgani buning yorqin ifodasidir.
Maqomiga ko‘ra Olimpiya o‘yinlari va jahon Chempionatiga yaqin
turadigan
bunday
yuksak
saviyadagi
badiiy
gimnastika
musobaqalari
135
O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilayotgani yo‘q. Toshkent shahri badiiy
gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichlari, 2010 va 2013-yillarda Osiyo
Chempionati, 2014-yilning aprel oyida sport gimnastikasi bo‘yicha qit’a
Chempionatiga mezbonlik qilgani mamlakatimizda sport, xususan, gimnastikani
rivojlantirishga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.
Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi "O‘zbekiston sportchilarini
2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi
Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini
ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan tayyorgarlik dasturiga ko‘ra, gimnastika ham
mamlakatimizda yetakchi sport turlari qatoridan joy oldi. Gimnastikaning
Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan turlari – badiiy gimnastika, sport
gimnastikasi va trampolin bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda qatnashayotgan
sportchilarimiz ko‘rsatkichlarini tobora yaxshilash, olimpiya yo‘llanmalarini
qo‘lga kiritish hamda Braziliyada bo‘ladigan Olimpiada sovrindorlari qatoridan
o‘rin olish uchun astoydil bel bog‘lashgan.
Joriy yilgi sport mavsumida O‘zbekiston badiiy gimnastikachilari nufuzli
musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Gretsiyaning Afina shahrida
o‘tkazilgan "Aphrodite Cup–2015” xalqaro turnirida O‘zbekiston gimnastikachilari
uchtadan oltin va kumush hamda bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Yaqinda Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon
chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichida hamyurtimiz Oksana Chusovitina oltin
medalga sazovor bo‘ldi. Badiiy gimnastika bo‘yicha Fransiyada o‘tkazilgan Gran-
pri turnirining jamoaviy bahslarida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari bronza
medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkent shahrida boshlangan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi va
"Happy Caravan” xalqaro turnirida dunyoning eng kuchli yuzga yaqin
gimnastikachisi o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etmoqda.
– Musobaqa juda yuqori saviyada tashkil etilgan, – deydi italiyalik
gimnastikachi Lititsiya Chikkonelli. – O‘zbekistonda badiiy gimnastikani
rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganining guvohi bo‘ldik.
Mamlakatingiz sportchilari juda mahoratli, musobaqaga yaxshi tayyorgarlik
136
ko‘rgani ham sezilib turibdi. Ushbu jahon kubogi bosqichi g‘oyat ahamiyatli. Men
ham unda bor mahoratimni namoyish etib, g‘alaba qozonish niyatidaman. Bu
musobaqa har bir ishtirokchi hayotida yorqin va o‘chmas sahifa bo‘lib qolishiga
ishonchim komil.
Mazkur xalqaro turnirning yakkaliklar o‘rtasidagi bahslarida Anora
Davlatova, Nilufar Shomurodova, Jasmin Yusupova, Yelizaveta Nazarenkova,
Anastasiya Serdyukova va Ravilya Farxutdinova singari gimnastikachilarimiz
Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Guruh bahslarida Luiza G‘aniyeva, Marta
Rostoburova, Zarina Qurbonova, Valeriya Davidova va Samira Amirovadan iborat
jamoamiz qatnashmoqda.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha
o‘tkazilayotgan litsenzion musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar jamoaviy
bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga
yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
Jamoaviy bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Samira Amirova,
Valeriya Davidova, Luiza Ganiyeva, Zarina Qurbonova hamda Marta Rastoburova
final bellashuvlarida umumiy hisobda 32,832 ochko jamg‘arib, Germaniya terma
jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni band etdi va Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari
yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Jamoaviy bahslarda 1–3-o‘rinlarni band etgan jamoalar Olimpiada
o‘yinlariga yo‘llanma oldi. O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar final bahslarida
Gretsiya, Finlyandiya, Braziliya, Ozarbayjon va Janubiy Koreya terma jamoalarini
ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, badiiy gimnastika bo‘yicha
jamoaviy bahslarda shu paytga qadar o‘zbekistonlik sportchilar Olimpiada
o‘yinlariga yo‘llanma olmagan edi. Avvalroq Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga
yo‘llanmalarni Anton Fokin (
sport gimnastikasi
), Oksana Chusovitina (
sport
gimnastikasi
), Yekaterina Xilko (
trampolin
) va Anastasiya Serdyukova (
badiiy
gimnastika
) qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan Rio–2016 o‘yinlariga
qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 70 taga yetdi. Shulardan 25 tasi
paralimpiyachilarga tegishli.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |