Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

33%li poliglukin sinamasi: 
400 ml 6% li poliglukin sekin olovda 
80 ml qolguncha qaynatiladi, hosil bo‘lgan poliglukinni tekshirish kerak. 
Probirkaga bemor zardobidan 2-3 tomchi tomiziladi, donor eritrositidan 
bir tomchi, 33%li poliglukindan 2 tomchi tomiziladi, keyin probirka 
yengil silkitiladi. Probirka tarkibidagi suyuqlik devorga oqishi uchun 
gorizontal holatgacha qiyalantiriladi, probirka o’zining atrofida 3 
minutgacha aylantiriladi. Bundan keyin izotonik eritma natriy xlordan 5 
ml 
solinib, 
2-3 
marta 
aylanma 
harakat 
bilan 
aylantiriladi 
(chayqatilmaydi). 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
151 
Agar probirkada eritrosit agglutinatsiyasi kuzatilsa, bunda mayda 
laxta (qum) bo‘lib yorug‘lik fonida ko‘rinadi yoki butunlay suyuqlik bilan 
to‘ladi, bu esa donor va retsipiyent qoni mos emasligini bildiradi. 
Agar probirkada bir tekisda bo'yalgan suyuqlik bo‘lsa, unda 
agglutinatsiya yo‘q va probirka to‘nkarilganda yengil chayqaladi va o‘z 
holiga qaytadi, bu qon donor va retsipiyent qoni D rezus antigenga mos 
keladi. 
10% li jelatin eritmali sinama
: probirka ichiga 2 tomchi bemor 
qonidan tomiziladi, bir tomchi donor eritrositi, 10% li jelatin eritmasidan 
2 tomchi tomiziladi. Probirka +46-48°C suv hammomiga 10 minutga 
joylashtiriladi. Vaqt tugagunga qadar probirka ichiga izotonik eritma 
NaCl 5 ml miqdorda 1-2 marta to‘nkariladi, keyin mikroskop ostida yoki 
ko‘z bilan yorug‘likka qaratib ko’riladi. 
Agar suyuqlik fonida agglutinatsiya qum holida ko‘rinsa, qon mos 
emas. Agar suyuqlik probirka ichida bir xil bo‘yalgan bo‘lsa va 
to‘nkarilganda yengil loyqalanib o‘z holiga qaytsa, qon mos keladi. Rezus 
antigen D ga moslik sinamasini o‘tkazganda shuni nazarda tutish kerakki, 
agar rezus manfiy bemor qoniga rezus musbat qon quyilsa, bu holat faqat 
bemor qonida rezus antitanacha bor bo‘lganda kuzatiladi. 
Bu sinamalar o‘tkazilgandan so‘ng 3 marta biologik sinama 
o‘tkaziladi. ABO tizimi rezus-antigen D dan tashqari, boshqa guruh 
tizimlarining antigeni va rezusi qonning mos kelmasligiga olib kelishi 
mumkin. 
Bu 
shunday 
holatlarda 
kuzatilishi 
mumkinki, 
sensibilizatsiyalashgan bemorga qon quyilganda antigenga nisbatan 
antitanacha bo‘lganda kuzatiladi. 
Bemor va retsipiyent qoni mos kelmaganda, laboratoriya sharoitida 
Kumbsning bilvosita sinamasi ekspress usul bilan o’tkaziladi 
(antiglobulin zardob orqali bajariladi). 
Transfuziya va akusherlik anamneziga ega bo’lish, moslik 
sinamasini o‘tkazish, sensibilizatsiya bo‘lgan bemorning kasalligiga 
javob bo‘lib xizmat ko‘rsatadi. Ko‘pchilik izoimmun antitanacha shu usul 
bilan topiladi. Masalan, qondagi ABO tizim va rezus-antigen D. 
Qon quyishning istisno holatlarida 3 marta yuvilgan O(I) guruh 
eritrositlari 
boshqa 
guruh 
retsipiyentlariga 
quyiladi, 
faqat 
gemokomponent miqdori qat’iy chegaralangan bo’lishi kerak. 
Bu donorning O(I) guruhdagi antitanacha, anti-A (II) ayrim paytda 
o‘zida immun xususiyatiga ega bo‘lib, faol holatda boshqa guruhli 
retsipiyent qonidagi eritrositlarni gemolizga uchratishi bilan bog‘liq. 


O’quv qo’llanma 
152 
Bundan ko‘ra plazmadan tozalangan va yuvilgan muzlatilgan (bankdagi 
qon) eritrositni quyish yaxshi natija beradi. 
Rezus musbat bo’lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, gemolitik 
kasalligi bo‘lganlarga rezus manfiy eritrositlami quyish maslahat beriladi. 
QQS yoki QQBda individual donor tanlovi o‘tkazilganda 
davolovchi shifokor gematransfuziyadan oldin bemor va donorning qon 
guruhini yana bir bor tekshiradi, transfuziya qilishdan oldin moslik 
sinamasining barchasini o‘tkazadi. Qon quyuvchi shifokor bemorning 
kasallik tarixi, gematransfuziya bayonnomasini yozishi shart: 
-
gematransfuziya boshlangan vaqt
-
har bir qon flakonida passport ma’lumotlari (F.I.SH., qon guruhi, 
rezus mosligi flakonda ko‘rsatilgan raqam, qon tayyorlangan sana, qon 
tayyorlangan muassasa) bo‘lishi shart; 
-
bemor qoni tegishliligi to‘g‘risida nazorat natija yozib qo‘yiladi 
(zardob raqami seriyasi ko‘rsatiladi); 
-
donor qoni tegishliligi to‘g‘risidagi nazorat natija yozib qo‘yiladi 
(zardob raqami seriyasi ko‘rsatiladi); 
-
ABO tizimi bo’yicha moslik sinamasi natijalari; 
-
Rh-Hr tizimi o‘tkazilgan usul va sinama natijasi yozib qo’yiladi; 
-
biologik sinama natijasi; 
-
tranfuziya tugatilgan vaqt ko‘rsatiladi. 
Gematransfuziya tugagach bemor to‘g‘risidagi (tana harorati, 
AB, siydik miqdori va rangi) kasallik tarixiga yoziladi. 
Plazma quyayotganda qonda o‘tkaziladigan hamma sinamalar 
o‘tkaziladi. Bular ham yuqorida ko‘rsatilganidek bajariladi. Lekin bunda 
donorning plazmasi eritrositi olinadi. Qon quyish bayonnomasi ham 
xuddi qon quygandagi kabi to‘ldiriladi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish