7-sinf.Jahon tarixi. 1-9-mavzular 1.Bolgariyada Simeon hukmronligi boshlangan vaqt Taroz shahrini bosib olgan shaxs hukmronligi qachon boshlangan? A)879-yil B)900-yil C)865-yil D)888-yil
2.Alfredning daniyaliklar bilan tinchlik sulhi imzolangan vaqtda O`zbekiston tarixida hukmronligi tugagan shaxsning sulolasi hukmronligi qachon boshlangan? A)821-yil B)873-yil C)865-yil D)962-yil 3.Yevropada feodal tarqoqlik davri qachon boshlangan? A)IX asr B)XI asr C)VII asr D)VIII asr 4.Italiyada o`z davlatini tuzgan qabilalarni belgilang. A)Vesgotlar va burgundlar B)Langobardlar va osgotlar C)Franklar va osgotlar D)Osgotlar va gotlar
5.Polsha qirolligiga asos solingan vaqtda O`zbekiston tarixida yana bir davlatga asos solingan. Ushbu davlatning qulashi qaysi davrga to`g`ri keladi? A)XII asr o`rtalari B)X asr oxiri C)XI asr 2-yarmi D)X asr 1-yarmi 6.IX asr o`rtalarida yaratilgan yozuv qayerlarda keng tarqalgan? A)Bosniyadagi rus yerlarida B)Belorussiyadagi rus yerlarida C)Vizantiyaga tegishli rus yerlarida D)Bolgariyadagi rus yerlarida
7.Qaysi davlatda siyosiy arbob bo`lishni istagan har bir inson ritorikani o`rganishi shart bo`lgan? A)Rim B)Yunoniston C)Kiyev Rusi D)Vizantiya
8.Vizantiyada yangi o`quv va ilmiy markazlarni vujudga keltirgan omil? A)ilm- fanning taraqqiyoti B)Iqtisodiy taraqqiyot C)adabiyot va san`atning taraqiyoti D)siyosiy rivojlanish
9.Ilk o`rta asrlarning eng mahobatli me`morchilik inshooti joylashgan shaharga qachon asos solingan? A)mil.avv.313-yil B)mil.330-yil C)mil.331-yil D)mil.avv.310-yil 10.Kiyev Rusi hukmdori Vladimir taxtga o`tirgandan so`ng amalga oshirgan dastlabki ishi qadimgi dunyo tarixida yana qaysi hukmdor amalga oshirgan dastlabki harakati bilan ayni bir xil? A)Kir II B)Sin Shi Xuandi C)Makedoniyalik Aleksandr D)Doro I 11.O`z knyazligini bijanaklarga qarshi urushdan boshlagan knyaz vafot etgan vaqtda o`g`li necha yoshda edi? A)5 yoshda B)3 yoshda C)7 yoshda D)2 yoshda
12.Rusning Yevropa davlatlari bilan munosabatlari rivojlangan vaqtdagi hukmdorining taxtga chiqqan paytini to`g`ri belgilang. A)1054-yil B)1015-yil C)1019-yil D)980-yil
13.VIII asrga oid “Ziroatchilik qonunlari” qaysi davlatda yaratilgan? A)Kiyev Rusi B)Franklar imperiyasi C)Muqadda Rim imperiyasi D)Vizantiya
14.Muqaddas Rim imperiyasi vujudga kelgan vaqtda O`zbekiston tarixida vujudga kelgan davlatning asoschisini ko`rsating. A)Ahmad B)Sotuk Bug`roxon C)Ya`qub ibn Lays D)Alptegin 15.Yevropada 1-akademiyaga asos solgan shaxsning xizmatlari tufayli bizgacha qaysi faylasufning fikrlari yetib kelgan? A)Platon B)Arastu C)Sokrat D)Arximed
16.Xattotlik markazlari bo`lgan mashhur irland monastrlari qaysi qabilalar tomonidan yondirilgan? A)daniyaliklar B)normannlar C)ruslar D)angl-sakslar
17.Amvrosiy Avrelian nimaning natijasida qator yorqin g`alabalarga erishadi? A)brittlarni birlashtirishi B)kuchli qurollangan qo`shin tuzishi C)angl-sakslarning kuchsizlanib qolishi D)markazlashgan davlat tuzishi 18.Amvrosiy Avrelian qaysi oroldagi so`nggi rimlik bo`lgan? A)Yutlandiya B)Bretan C)Britaniya D)Irlandiya
19.Buyuk Karlga Iso payg`mbar qabri joylashgan yerni sovg`a qilgan shaxsning hukmronligi qachon boshlangan? A)781-yil B)786-yil C)789-yil D)809-yil
20.Rusda aholi xristian dinini Vladimr hukmronligining nechanchi yili qabul qilishadi? A)10-yili B)7-yili C)12-yili D)8-yili
21.Konstantinopolda huquqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochilgan vaqtda quyidagilardan qay biri Dunaygacha bo`lgan hududlarni egallashgan? A)qipchoqlar B)bijanaklar C)bulg`orlar D)slavyanlar 22.Kimning maqsadi Rimning avvalgi hududlarini tiklash edi? A)Otton I C)Otton III C)Yustinian I D)Genrix I
23.Qachon Edessa shahri hunarmandchilik markazi sifatida gullab-yashnagan? A)VI asr B)IV asr C)VII asr D)VII asr o`rtalari
24.Qaysi hukmdor Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo`lgan? A)Otton I B)Otton III C)Genrix I D)Yustinian I
25.Muqaddas Rim imperiyasi hukmdorlari qaysi tog` orqali Italiyaga yurish qilar edi? A)And B)Himolay C)Olimp D)Alp
26.Qachon Daniya hukmdori ingliz sohiliga o`z qo`shinini tushirgan? A)X asr boshlari B)XI asr boshlari C)VIII asr boshlari D)XII asr boshlari 27.Genrix I ning asl maqsadi nima edi? A)mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash B)vengerlarni mag`lub etish C)o`z hukmronligini mustahkamlash D)o`z davlatining qudratini tiklash
28.Alfred va daniyaliklarning sulhiga binoan chegara kimlar qurgan tosh yo`l bo`ylab o`tgan? A)yunonlar B)rimliklar C)franklar D)varvarlar
29.Kelt qabilalariga yordamga kelgan “xavfli himoyachilar” qaysi qabilalar edi? A)yut, piky, skot B)angl, saks, yut C)pikt, skot, angl, saks D)pikt, skot
30.Yevropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligi? A)”Sali haqiqati” B)”Rus haqiqati” C)”Anglosakson solnomasi” D)”Sali haqiqati” va “Rus haqiqati”