Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

Plazmaferez hayotiy 
ko‘rsatmalar bo‘yicha bajariladi va yagona samarali davo usuli 
hisoblanadi.Plazmaferez 
muolajasini 
o‘pka-bronxlar tizimining 
autoimmun kasalliklarida qo‘llanishi yuqori ijobiy natijalar 
berdi.Bular:Autoimmun 
bronxial 
astma; 
Fibrozlanuvchi 
alveolitlar;Biriktiruvchi 
to‘qima 
kasalliklari 
bilan 
assotsiatsiyalanadigan alveolitlar;Sarkoidozlar.
Bronxial astmada 
plazmaferez qo‘shimcha davo turiga kiradi va bronxlarni 
kengaytiradigan, yallig‘lanishga qarshi qo‘llaniladigan standart dori 
vositalari bilan birgalikda olib boriladi (E. I. Shmelev).
Plazmaferez 
bronxial astmada quyidagi holatlarda tavsiya qilinadi:
1.
O‘tkazilayotgan standart davoga qaramasdan, tez-tez xuruj 
qaytarilib turadigan, og‘ir kechadigan kasallik ko‘rinishida bo‘lsa; 
2.
Glyukokortikoidlarning dozasi kamaytirilganda garmonga 
bog‘liq og‘ir kechuvchi bronxial astma xuruji kuchayishida; 
3.
Plazmaferez oqsil, albumin va trombotsit miqdori kam bo‘lgan 
hollarda o‘tkazilmaydi, chunki o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuqori 
allergen hisoblangan begona oqsil va donor qoni komponentlarini tashkil 
qilmasligi lozim. 
Bronxial astmada plazmaferez muolajasi effekti quyidagi 
ko‘rsatkichlar bilan baholanadi: 
1.Nafas siqishi xuruji kamayishi va yoki to‘xtashi; 
2.
Qisqa muddat ta’sir qiladigan ingalyatsiyalar qo‘llanilishining 
kamayishi; 


O’quv qo’llanma 
134 
3.
Kasallik avj olmagan holda glyukokortikoid dori vositalari 
dozasining 20-50 foizga kamayishi; 
4.
Kompyuter tomogrammada va rentgenogrammada diffuz 
o‘zgarishlarning kamayishi; 
5.
Tashqi nafas olish funksiyalari ko‘rsatkichlari, qonning gazli 
tarkibi yaxshilanishi. 
Ko‘pgina kasalliklarda dori-darmonlarga o‘rganish va ularning 
ta’sir doirasi kamayishi muammoga aylangan. Bunday hollarga 
gipertonik kasalliklar va yurak ritmi buzilish holatlari misol bo‘la oladi. 
Plazmaferezning dori-darmonga sezuvchanligini oshirish xususiyati bu 
kasalliklarda qo‘llanilishi mumkin. Muolajadan keyin mayda qon 
tomirlarda qon aylanishi yaxshilanadi, sistolik va diastolik qon bosim 10-
15 foizga kamayadi (V. V. Kuxarchuk).Yurak ishemik kasalligida 
plazmaferez qo‘llanishi mayda qon tomirlarda qon aylanishini 
yaxshilashga, qonning qovushqoqligini kamaytirishga, yog‘ almashinuvi 
ko‘rsatkichlarini normaga keltirishga, dori vositalari ta’sirini 
kuchaytirishga qaratilgan (L. A. Alekseeva). Plazmaferez muolajasi 
natijasida standart dori vositalarining ta’siri kuchayib, stenokardiya xuruji 
kamayishi, qon bosimi tushishi, yurak ritmining normallashuvi, jismoniy 
faollikning oshishi kuzatiladi. Qon kasalliklarining ko‘pgina turlarida 
ham plazmaferez qo‘llaniladi. Qonning qovushqoqligi oshgan mieloma 
kasalligida va Waldenstrem makroglobulinemiyasida plazmaferez asosiy 
davoga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Mieloma kasalligida 20% 
bemorlar buyragi zararlanligi aniqlanishi, kasallik prognozi yomonligidan 
dalolat beradi. Plazmaferez kursi tugagandan so‘ng bemorlarda 
kimiyoterapiyaga 
rezistentlik 
kamayadi 
va 
dori-darmonlarga 
sezuvchanlik oshadi, bu esa nisbatan to‘liq davo o‘tkazish imkonini 
beradi va bemorlarda kasallik xurujining qo‘zg‘ashi bir muncha 
kamayadi. Autoimmun gemolitik anemiyada bemorlar immun tizimida 
buzilishlar sodir bo‘ladi. Bemorning o‘z eritrotsitlari va limfotsitlariga 
qarshi toksik antitanachalar, zardobidagi immunoglobulinlar, aylanib 
yuruvchi immun komplekslar miqdorlari oshadi, T-limfotsitlar miqdori 
kamayadi va funksiyasi buziladi. Bu kasallikda plazmaferez buyurilishiga 
asosiy ko‘rsatkichlar – glyukokortikosteroidlar qabul qilinayotganligiga 
qaramasdan yoki uning dozasi kamaytirilganda eritrotsitlarning 
parchalanishi, ya’ni gemolizi kuchayishidir. Plazmaferez muolajasidan 
so‘ng bemorlarda umumiy ahvolining yaxshilanishi, nafas qisishi, 
bo‘shashishlik, sariqlik alomatlari kamayishi, jigar va taloqning 


K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
135 
kichrayishi kuzatiladi. Jarayonning aktivligi kamayganini ko‘rsatadigan 
immunologik testlar yaxshilanganligi, limfotsitlarga qarshi toksik 
antitanachalar titri kamayganligi yoki yo‘qolganligi, Kumbsni to‘g‘ri 
sinamasi salbiy natijasi kuzatiladi. Ko‘pgina teri kasalliklarida ham 
plazmaferez muolajasi qo‘llaniladi (N. N. Potekaev). Bu kasalliklarning 
ba’zilari kelib chiqishida autoimmun zararlanish yotadi, ba’zilari esa 
biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalligi hisoblanadi. Bular psoriaz, 
atopik dermatit, angiitlar, dermatomiozitlar, gangrenoz piodermiya, 
o‘choqli sklerodermiya va boshqalar. Plazmaferezning samarali 
ko‘rsatkichi kasallik susayishi va teridagi o‘zgarishlarning kamayishi. 
Akusherlik va ginekologiyada ham plazmaferez keng miqyosda 
qo‘llaniladi va quyidagi hollarda tavsiya etiladi: homiladorlar gestozi
oraliq infeksiyalarning kompleks davosida, surunkali avj oladigan 
salpingooforitlarda, bachadonning surunkali yallig‘lanish kasalliklarida, 
klimakterik sindromda, akusherlik sepsisida, homiladorlarni rezus 
nomunosibligida va boshqalarda (V. N. Serov, T. A. Fedorova). 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy davolash 
dasturlari bilan birgalikda plazmaferez muolajasi o‘tkazilishi kasallikni 
tezroq yengishga va insonlar sog‘lom hayotga kirib kelishlariga yana bir 
turtki bo‘ladi. So‘nggi yillarda plazmaferez qo‘llaniladigan kasalliklar 
soni kamayganligiga qaramasdan, ularning qo‘llanilishi samarali olib 
borilmoqda. Hozirgi kunda respublikamizning 6 ta – Toshkent, Farg‘ona, 
Samarqand, Qarshi, Buxoro va Nukus shaharlarida faoliyat boshlagan 
mintaqaviy qon markazlari AQSHning Gemopetiks kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqilgan eng zamonaviy PCS 2-plazmaferez va MCS+-
gemotsitoferez apparatlari bilan jihozlangan. PCS 2 apparati plazmaferez 
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, MCS+ apparatida terapevtik plazma 
almashinuvi o‘tkazish, donorlardan trombotsitlar konsentratini ajratib 
tayyorlash mumkin. Jarayon uchun sarf etiladigan anjomlar to‘plami bir 
marotabalik, steril bo‘lib, har bir muolaja uchun alohida ishlatiladi. Bu 
to‘plam murakkab tizimdan iborat bo‘lib, ularni ajratib qayta yig‘ib 
bo‘lmaydi. Bu esa sarf etiladigan anjomlar to‘plamlari ikkinchi marta 
ishlatib bo‘lmasligini kafolatlaydi. Yuqorida keltirilgan kasalliklarning 
ba’zilarida bemorlarda PCS 2 apparatida plazmaferez o‘tkazildi, natija 
mutaxassislar tomonidan ijobiy baholanib, bemorlarning holati 
yaxshilangani qayd qilinmoqda. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish