Samarqand davlat tibbiyot instituti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

Ilmiy davr
. Qon va qon о‘rnini bosuvchi preparatlarni quyish 
tarixida ilmiy davr tibbiyot fanining keyingi rivojlanishi, immunitet 
haqidagi ta’limot paydo bo‘lishi, immunogematologiyaning paydo 
bo‘lishi bilan bog’liq. Bu fanning o‘rganish mavzusi esa odam qoni 
antigen strukturasi, uning fiziologiya va klinik amaliyotda ahamiyatli 
hisoblanadi. 
Bu davrning muhim voqealari: 
• 1901 - yilda venalik bakteriolog Karl Landshteyner tomonidan 
odam qonining uch guruhi (A, B, C) kashf etildi. U barcha odamlar 
qonidagi 
eritrositlar 
va 
zardobning 
izogemagllyutinatsiyalash 
(eritrositlarni bir-biriga yopishishi) hodisasini bajara olish xususiyatiga 
qarab uchta guruhga ajratdi. 

1902-yilda K. Landshteyner xodimlari A.Dekastello va A.Shturli 
yuqorida qayd etilgan uchta guruhda ko’rsatib o‘tilgan eritrositlar va 
zardobdan qon guruhi bo‘yicha farqlanuvchi odamlarni aniqlashadi. Bu 
guruhni ular K. Landshteyner sxemasidan chetga chiqish sifatida 
baholashdi. 

1907-yilda chex olimi Y.Yanskiy yangi qon guruhi mustaqil 
guruh ekanligini va barcha odamlar immunologik xususiyatlari bo‘yicha 
uchta emas, to‘rtta guruhga bo'linishini isbotladi va bu guruhlarni rim 
raqamlari bilan belgiladi (I, II, III va IV). 

1910-1915-yillarda qonni stabilizatsiyalash usuli kashf etildi. 
V.A.Yurevich va N.K.Rozengart (1910), Yusten (1914), Levison (1915), 
Agote (1915) izlanishlarida qonni limon-nordon natriy bilan 
stabilizatsiyalash usuli ishlab chiqiladi, bunda limon- nordon natriy kalsiy 
ionlarini bog‘laydi va shu bilan qon ivishiga to‘sqinlik qiladi. Bu qon 
quyish tarixidagi muhim voqea bo‘ldi, chunki donor qonini 
konservatsiyalash va saqlash imkonini yaratdi. 

1919-yilda V.N.Shamov, N.N.Yelanskiy va I.R.Petrov qon 
guruhlarini aniqlash uchun birinchi standart zardoblarni olishdi va donor 
hamda retsipiyentning izogemagglutinatsiyalash xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda birinchi qon quyish amaliyotini bajardilar. 

1926-yilda Moskvada dunyoda birinchi Qon quyish instituti 
(hozirda Gematologiya milliy tibbiyot ilmiy-tekshirish markazi) tashkil 
etildi. Shundan so‘ng boshqa ko‘plab shaharlarda shu turdagi institutlar 
ochildi, qon quyish stansiyalari paydo bo‘ldi va qon xizmati tizimi va qon 


O’quv qo’llanma 
38 
banki (zaxirasi) yaratilishi, qonning sinchkovlik bilan tibbiy tekshirilishi 
va donor uchun ham, retsipiyent uchun ham xavfsizligini ta'minlovchi 
donorlik tizimi yaratildi. 

1940-yilda K.Landshteyner va A.Vinner tomonidan rezus 
omilning immunogematologiyada muhim rol o‘ynovchi, mohiyati 
bo‘yicha ikkinchi antigen tizimning kashf etilishi bo‘ldi. Deyarli mana 
shu vaqtdan dunyoning barcha davlatlarida odam qoni antigen tizimi jadal 
o’rganila boshlandi. Ma’lum bo’lgan eritrositar antigenidan tashqari, 
1953-yilda trombositlar antigenlari, 1954-yilda leykositlar antigenlari, 
1956-yilda esa qon globulinlarining antigen farqlari aniqlandi. 

XX asrning ikkinchi yarmida qonni konservatsiyalash usullari 
ishlab chiqila boshlandi, amaliyotga maqsadli ta’sirga ega, qon va 
plazmani fraksiyalash usulida olingan preparatlar joriy etiladi. 

Shu bilan birga qon о‘rnini bosuvchi preparatlar yaratish ustida 
ham jadal ish olib boriladi. O‘rindoshlik funksiyalari bo’yicha yuqori 
samarali, antigen xususiyatlaridan holi preparatlar olindi. Kimyo fanining 
yutuqlari tufayli plazmaning alohida tarkibiy qismlari va qonning shaklli 
elementlarini modullovchi birikmalar sintezi imkoni paydo bo'ldi, chunki 
qon va plazma yaratish masalasi yuzaga keldi. Transfuziologiya 
rivojlanishi bilan klinikada operatsiyalar, shok, qon yo‘qotish, 
operatsiyadan keyingi holatlarda organizm funksiyalarini boshqarishning 
yangi usullari ishlab chiqiladi va tatbiq etiladi. 

Zamonaviy transfuziologiya qon tarkibi va funksiyalarini kor- 
reksiyalashning ko‘plab samarali usullariga ega, bemorning turli organlari 
va tizimlari funksiyalariga ta’sir etishga qodir. 

Qon yo'qotilishi va uning o’rnini to’ldirish usullarining paydo 
bo‘lishi jarrohlikning imkoniyatlarini juda ham kengaytirdi. Bu nafaqat 
bemorlarni salmoqli qon ketishidan qutqarish, balki ko‘p jarohat 
yetkazishi mumkin bo’lgan jarrohlik amaliyotlarini ham o‘tkazish 
imkonini yaratdi. Hozirgi paytda qon, uning tarkibiy qismlari va о‘rnini 
bosuvchi suyuqliklar quyishning turli tomon- larini o’rganuvchi, ilm -fan 
tarmog‘i - transfuziologiya vujudga kelgan. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish