K.M. Abdiyev, U.D. Dadajanov, A.G. Madasheva
29
majmu-alari hosil bo’lishi kuzatiladi. Qon
ivishi mohiyati flbrinogen
oqsilining fibringa aylanishi va qattiq fibrin trombi hosil bo’lishidan
iboratdir. Qon ivish jarayoni ketma-ket davom etuvchi 3 ta davrdan iborat.
Birinchi davr
eng murakkab va davomlidir. Bu davrda protrombinni
faollovchi fermentlar kompleksi - protrombinozalar hosil bo‘ladi. Bu
majmuaning hosil bo’lishida to’qima va qon ivish omillari ishtirok etadi.
To’qima protrombinazasi jarohatlangan tomir va uni o‘rab turgan
to’qimada hosil bo’lgan tromboplastinning faollashuvi bilan boshlanadi.
Keyin, tromboplastin VII va IV omillar bilan birgalikda Xa omil va
to’qima yoki plazma fosfolipidlariga ta’sir etib, to’qima protrom-
binazasini hosil qiladi. Bu jarayon 5-10 sekund davom etadi. Qon
protrombinazasi hosil bo’lishida XII omilning
jarohatlangan tomir
kollagen tolalariga tegishib IIa omilni faollashuvi boshlanadi. XII
omilning faollashuvida yuqori molekulali kininogen (XV omil) va
kallikrein (XIV omil)lar qatnashadi. So’ngra faollashgan XII omil XI
omilni faollashtirib u bilan majmua hosil qiladi. Faollashgan XI omil IV
omil bilan birgalikda IX omilni faollashtiradi,
mazkur birlik esa VIII
omilni faollashtiradi. Faollashgan X va V omil, IV omil bilan majmua
hosil qiladi va qon protrombinazasi hosil
bolishi bilan bu jarayon
yakunlanadi. Bu jarayonda trombotsitlarning 3 omili ishtirok etadi. Bu
jarayon davomiyligi 5-10 minutni tashkil qiladi.
Ikkinchi davr
. Bu davrda protrombinaza ta’sirida protrombin
trombinga aylanadi. Bu jarayonda IV, V, X omillar qatnashadi.
Uchinchi davr
. Bu davrda qonda
eriydigan fibrinogen oqsili
trombin asosini tashkil qiluvchi erimaydigan fibrin ipchasiga aylanadi.
Trombin ta’sirida dastlab fïbrin-monomer, keyin IV omil ta’sirida
eruvchan fibrin-polimer (fibrin «S» solible) hosil bo‘ladi. XIII fibrin
stabillovchi omil ta’sirida fibrinolizga chidamli erimaydigan fibrin -
polimer (fibrin «I», insoluble ) paydo bo‘ladi. Fibrin ipchalariga qonning
shaklli elementlari (eritrotsitlar) o’tirib qoladi va qon laxtasi yoki tromb
shakllanadi. Qon laxtasi hosil bo’lgandan keyin retraksiya jarayoni, ya’ni
jarohatlangan tomirga yopishgan trombning zichlashishi boshlanadi. Bu
jarayon trombotsitlarning trombostenin oqsili va kalsiy ioniari ishtirokida
amalga oshadi. Quyqa 2-3
soat ichida zichlashib, dastlabki holatga
nisbatan 25-50% hajmni egallab oladi, undan zardob ajralib chiqadi.
Retraktsiya natijasida tromb qotadi va jarohat
yuzasidan qon ketishi
to’xtaydi.