Samarqand davlat tibbiyot instituti


Trombositlar konsentrantini transfuziyasiga



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/165
Sana19.06.2023
Hajmi2,04 Mb.
#952248
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   165
Bog'liq
Qon komponentlari---- K-M-Abdiyev

11.2. Trombositlar konsentrantini transfuziyasiga 
ko’rsatmalar va qarshi ko’rsatmalar. 
Trombositopeniyaning va uning qon ketishi bilan asoslanuvchi 
sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin;
 
-
suyak
 
iligida trombositlarning yetarli miqdorda hosil bo’lmasligi 
- amegakariositar trombositopeniyalar (leykozlar, gematosarkomalar va 
boshqalar, onkologik kasalliklar, suyak iligining zararlanishlari, aplastik 
anemiya, nur yoki sitostatik davolash natijasida kelib chiquvchi 
mielodepressiya, o‘tkir nur kasalligi, suyak iligi transplantatsiyasi);
 
-
tromobotsitlarni ko’p iste’mol qilinishi (o‘tkir TITQIS-sindrom, 
massiv qon yo‘qotilish, massiv transfuziyalar sindromida dilutsiyali 
trombositopeniya, sun’iy qon aylanish apparatini qo’llagan holda 
operatsiyali aralashuvlar). Kam bo’lmagan shunday holatlarda nafaqat 
trombositlar miqdori kamayadi, balki ularning funksional qobiliyati 
buziladi, bu qon ketishi og’irligini oshiradi:
 
-
trombositlarning tezlik bilan buzilishi (immun va boshqa 
trombositolitik kasalliklar, bu kasalliklarda qoida kabi megakariositlar 
miqdori suyak iligida normal bo’lishi yoki hatto ortgan bo'lishi mumkin). 
Patologik qon ketishlar trombositlarning sifat jihatidan to’laqonli 
bo’lmagan holatida, ya'ni, odatda trombositlar soni normal miqdorda yoki 
zararlangan hujayralar umrining qisqarishi natijasida me’yoridan 
kamaygan holatdagi irsiy yoki orttirilgan trombositopatiya paytida ham 
kuzatilishi mumkin. 
Trombositlarning 50x10
9
/1 miqdori gemostaz (ulaming normal 
funksional faoliyati saqlangan sharoitida) uchun yetarli bo’ladi. Shunday 
holatlarda qon ketishi davri norma (joy bo‘yicha 2-8 minut) miqdorida 
bo’ladi, yengil operatsiyalarini amalga oshirish paytida ham trombositlar 
konsentratini quyish zaruriyati yo‘q. 
Trombositlarning 20x10
9
/l miqdorigacha kamayish holati ko‘pincha 
o‘z-o‘zidan paydo bo’ladigan trombositopenik gemmorragiyalar 
belgilarining klinik ko‘rinishlari - petexial toshmalar va tananing pastki 
qismlarida (oyoq uchlarida) terining ko’karishi, o‘z- o‘zidan paydo 
bo’ladigan og‘iz va burun bo‘shlig‘i shilliq qavatida qon ketish 
holatlarida kuzatiladi. Shunday holatlarda trombositlar konsentratini 
quyish zarur, gavdaning yuqori yarmida gemorragik mayda nuqtalar 
paydo bo’lganda, konyuktiva va ko‘z tubiga qon quyilganda, lokal qon 


O’quv qo’llanma 
178 
ketishlarda (oshqozon ichak trakti, bachadon, buyrak va siydik qopidan) 
esa trombositlar konsentratini quyish shoshilinch va hayotiy zarur 
muolaja hisoblanadi. 
Yuqori darajada immun genezli trombositlarining buzilishi holatida 
trombositlar konsentratini quyish ko'rsatilmagan, chunki retsipiyentda 
aylanayotgan trombositga qarshi antitanachalar juda tez (bir necha 
minutda) donor trombositlarini eritib yuboradi. 
Trombositopatiyalarda trombositlar konsentratini quyish faqat 
urgent vaziyatlarida - ko‘p qon ketganda, operatsiyada, tug‘ruq jarayonida 
ko‘rsatilgan. Ushbu toifadagi bemorlarga profilaktik maqsadda trombosit 
konsentratini 
quyish 
og’ir 
holatlarda 
trombositlarni 
quyishga 
refrakterlikni keltirib chiqaruvchi alloimmunizatsiyani tez rivojlanib 
ketishi ehtimoli borligi uchun tavsiya etilmaydi. Trombositlar konsentrati 
transfuziyasini tayinlash uchun aniq ko‘rsatmalar davolovchi shifokor 
tomonidan kasallikni klinik manzarasini va trombositopeniya sabablarini, 
uning namoyon bo’lishini va qon ketishining lokalizatsiyasi, qilinadigan 
operatsiyaning hajmi va ogirligini tahlil qilish natijalariga ko'ra 
belgilanadi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish