Yopishqoq malhamli (leyqoplastir) bog’lovlari
katta bo’lmagan yara
bog’lovi bir parcha yopishqoq matoh bilan tutib turilishi mumkin. Matoh bog’lovga
ko’ndalang ikki-uch joydan tasma shaklida qo’yilib bog’lov va uning atrofidagi
sog’lom teriga mahkam yopishtiriladi. Yopishqoq matoh bilan bog’lashnin no-
qulayligi matoh ostidagi terida qittiqlanish paydo bo’lishi, tuk bor joylarga
yopishmasligi, xo’l bo’lganida tushib ketishidan iborat. Ko’pincha bu bog’lovlar yara
chetlarini yaqinlashtirish uchun ishlatiladi. Yopishqoq mato yara chetlarini
yaqinlashgan holda tutib turishi yaraning sog’ayishini tezlashtiradi.
92
Yelimli bog’lovlar.
Jarrohlik bo’limlarida bog’lash maqsadida keng
ishlatiladigan yelim - kleol deb ataladi. Uning tarkibida kanitol 50,0 skipidar1,0 efir
100,0 mavjud. Bunday bog’lamlarni qo’yish usuli juda oddiy. Yarani ustiga bir necha
qavat doka yopiladi, atrofiga kleol surtiladi va bir oz qurigach yara ustidagi bog’lovni
va atrofidagi terini qoplaydigan bir qavat doka tortilib mahkam yopishtiriladi. Kleol
bilan bog’lash, bog’lov materiallari siljib ketmasligi hamda yaraga infeksiya
tushmasligi uchun ishlatiladi. Kleol terini tortmaydi, uni qitiklamaydi va bir necha
marta ishlatsa bo’laveradi.
93
Uchburchak ro’mol bilan bog’lash.
Ro’molning eng uzun cheti asosiy qism,
bu chet qarshisidagi burchak - yuqorigi uchi, boshqa ikki burchagi esa uchlari deb
ataladi. Uchburchak ro’mollar ko’pincha qo’llarni bosib qo’yish uchun qo’llaniladi.
Bunday bog’lov bir muncha yiringli kasalliklarda, qo’l panjasi bilak, yelka va o’mrov
suyaklari singanda qo’llaniladi. Ro’molning o’rtasiga to’g’ri burchak hosil qilib,
egilgan bilak qo’yiladi, uning asosiy qismi tananing o’rta chizig’iga joylashadi, uning
yuqorigi uchi esa gavda bilan qo’l o’rtasida tirsakka qarab yo’nalgan. Ro’molning
uchlari bo’yinda bog’lanadi: bilak va gavda o’rtasida kelayotgan uchi odatda og’riq
yelka orqali o’tkaziladi, bilak oldida joylashgan ikkinchi uchi esa sog’lom yelka
orqali o’tadi. Bundan keyin ro’molning yuqorigi uchini orqadan oldinga qaratib
tirsagidan aylantirib o’rab, bog’lovning oldingi qismiga to’g’nag’ich bilan
mahkamlab qo’yiladi. Boshni uchburchak ro’mol bilan bog’lashda buning asosiy
qismi ensa sohasiga qo’yiladi, yuqorigi uchi yuk ustiga tushiriladi, uchlari peshonada
bog’lanadi, undan keyin yuqorigi uchi bog’langan uchlari orqali aylanib o’tib, tepa
ustiga olib kelinadi va shu yerda mahkamlanadi (3-rasm)
Yelka sohasini ikkita ro’mol bilan bog’lash juda qulay bo’ladi. Bunda bitta
ro’mol tasmasimon qilib taxlanadi va og’rigan yelka o’mrov suyagi ustidan hamda
sog’ tomondagi qo’ltig’idan o’tkazilib bog’lanadi. Ikkinichi ro’molning asosiy qismi
og’rigan yelkaga o’ralib uchlari bog’lanadi. Yuqorigi uchi esa birinchi ro’molning
tagidan o’tkazilib to’g’nag’ich bilan mahkamlanadi.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |