Samarqand davlat tibbiyot instituti. Mavlyanov f. Sh., MAVLYANOV Sh. X., Xayitov u. X. Tibbiyot kasbiga kirish



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/63
Sana16.07.2022
Hajmi3,15 Mb.
#810292
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
Bog'liq
Tibbiyet (5)

h a y o t i y
ko'rsatma, ya'ni operatsiya vaqti 
orqaga surilsa, bemor vafot etishi mumkin; masalan katta qon tomirlardan qon 
ketishi to'xtamaganida, ichki a'zolar o'tkir yallig'lanishi, yumshoq to’qimalarda
rivojlangan yiringli jarayonlar;
m u t l a q
ko’rsatma – operatsiya qilish
davolashning yagona samarali uslubi bo’lganida – o’tkir ichak tutilishi, tug’ma 
nuqsonlar;
n i s b i y
ko’rsatma – bemor, hayoti uchun xavfli bo’lmagan, boshqa
uslublar bilan ham davolanish mumkin bo’lgan kasalliklar - kindik churrasi ,
moyak pardasi istisqosi, varikotselle.
Bolalarni operatsiya qilish uchun ota-onasi yoki vasiylarini yozma roziligini 
olish shart. Ularga og’ir - yengilligini, xavfi qanday natija bilan tugashi mumkinligini 
tushuntirish lozim. Ota-onasi yo’qligida shoshilinch yoki kechiktirib bo’lmaydigan 
operatsiyaga zarurat tug’ilsa, bu qoidaga amal qilinmaydi. Bunday hollarda uchta 


54 
shifokor operatsiya qilish qilmaslik to’g’risida qaror chiqarib, bo’lim boshlig’i yoki 
bosh vrachga xabar qiladilar va operatsiyani o’tkazishlari mumkin. 
Bolalarda qo’shimcha tekshirishlar soni iloji boricha kamaytiriladi, ko’pincha 
umumiy tekshirishlarni o’zi kifoya qiladi. 
Kasallikning turlarga qarab bemorlarni ikki guruhga bo’lish qulaydir: 
birinchidan shoshilinch operatsiya talab qiladigan bemorlar, ikkinchidan, rejali 
ravishda operatsiyaga tayyorlanayotgan bemorlar. Masalan, ichakni tug’ma tutilishi, 
chuvalchangsimon o’simtasining yallig’lanishi kabi kasalliklarda bemor o’z vaqtida 
operatsiya qilinmasa kasallik asoratlaridan o’lishi mumkin. Lekin churra chiqishi, 
tug’ma kindik oqmasi kabi kasalliklarda bolalar 1-2 yoshli bo’lganidan keyin, rejali 
ravishda operatsiyaga tayyorlanib davolanadilar, chunki bu kasalliklar bola hayotiga 
xavf tug’dirmaydilar.
Bemor ahvoliga to’rt xil baho beriladi. qoniqarli, o’rtacha og’irlikdagi, og’ir 
ahvol va terminal holatdir. Bemor ahvolini aniqlash, tegishli davolash va parvarish 
tadbirlarini buyurish shifoqorning vazifasi.
Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash jarayonida jarrohlik bo’limida 
ishlayotgan barcha tibbiy xodimlarining bemor bolalarga g’amxo’rlik qilib, uni qunt 
bilan parvarish qilishlari bola tez sog’ayib ketishining muhim omilidir. Bolalar 
yotadigan xonalarning havosi tez-tez almashib turishi va sof bo’lishi zarur. Bemor 
bolaning o’rni toza va quruq bo’lishi kerak, choyshablar dazmollangan va burma 
hosil qilmasdan xafsala bilan yoyilishi kerak hamda zaruratga ko’ra, o’z vaqtida 
almashtirilishi kerak. To’shak ustidan kleyonka qoplab keyin choyshab yozilsa kichik 
bolalar va beixtiyot tabiiy hojatlarini chiqaruvchi bemorlar uchun qo’layroq bo’ladi. 
Bemorni har kuni qo’l - yuzini yuvish, hojat chiqargandan so’ng albatta yuvintirish 
zarur. Аgar bola qusayotgan bo’lsa, uni o’tqazish va boshini ushlab turish lozim. Bola 
o’tirishga qiynalsa, uni o’rinda yonboshga yotqizib kleyonka yozish yoki tog’ora 
tutish kerak. Qusib bo’lgandan so’ng, bemor og’zini chayish va 1-2 qultum suv 
ichishi lozim. Qusayotgan bolaga yaxshi qaralmasa qusuq nafas yo’llarini bekitib 
bola bug’ilib o’lishi mumkin. 
Bolaga tutiladigan tuvakni har gal ishlatilgandan so’ng tozalab yuvib 
antiseptik eritma bilan ishlov berish kerak (2% xloramin, 0,5 % xlor ohak).
Bemor bolalar ko’pincha injiq bo’ladilar. Gigiyenik va davo muolajalarini 
o’tkazish, ovqatlantirishda ko’pincha qarshilik ko’rsatadilar, bunda ularni qiynamay 
zarur bo’lgan tadbirlarni sabr-toqat va shirin suxanlik bilan bajarish kerak. 
Bemorning ovqati to’yimli va ba’zi ovqatlardan parxez qilinishiga qaramay 
yetarli miqdorda vitaminli va lazzatli bo’lishi kerak, ovqatni ko’p miqdorda berish 
mumkin emas. Uni shoshilmay, sekin bola oz-ozdan yutadigan qilib yedirish kerak. 
Bemor tanasining harorati odatda soat 6 dan 18 da o’lchanadi. Bundan ko’proq 


55 
o’lchashga zarurat bo’lsa shifokor maxsus ko’rsatma beradi. Chaqaloqlarga 
termometrni qo’ltig’iga emas, balki chov burmasiga qo’yish qulay, tibbiy hamshirasi 
barcha kuzatish natijalarini maxsus harorat varaqasidagi tegishli joyga yozib boradi. 
Xonada osoyishta sharoit yaratish lozim, bola kunduzi ham tunda ham tinch 
uxlashi kerak. Davolash tadbirlardan bola ko’pincha qo’rqadi. Shuning uchun barcha 
zarur tayyorgarlik ishlarini bolaga ko’rsatmay bajarish, muolaja o’tkazilayotganda 
esa uni tinchlantrishga harakat qilish kerak. Katta yoshdagi bolalarga noxush 
muolajalar o’tkazish zarurligini tushuntirish kerak. 
O’yinchoqlar va kitoblardan foydalanib bolalar uchun o’yinlar hamda 
qiziqarli mashg’ulotlar tashqil etish ham zarur. 
Operatsiyaga tayyorlash uning xarakteriga, kasallikka, bemorning yoshi va 
umumiy ahvoliga bog’lik. Murakkab operatsiyalardan oldin funksional diagnostika 
usullaridan foydalanib tekshiruvni batafsil o’tkazish zarur. Bemorni operatsiyaga 
tayyorlashda ruhiy omilning ahamiyati katta. Bu masalada ota-onalar, tarbiyachilar va 
bemorning do’stlari yordam berishi kerak. Ko’krak yoshidagi bolalar operatsiyadan 
bir kun oldin kech soat 22 gacha odatdagidek ovqatlantiriladi. Kattaroq yoshdagi 
bolalarga yengil kechki ovqat yeyishga ruxsat beriladi. Operatsiyadan 3 soat oldin 
bemorga shirin choy berish mumkin. U ikki soatda so’rilib ketadi va qusishga sabab 
bo’lmaydi. Bemorni operatsiyaga tayyorlash uchun surgi dorilari tayinlanadi. 
Tozalash huqnasi bir kun avval kechqurun va operatsiya kuni qilinadi. 
Shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik qisqa vaqt ichida olib boriladi. Odatda 
bemor kasalligini aniqlash va operatsiya qilishda zarur bo’ladigan tekshirishlar 
bajarilib bemorning umumiy holatini yaxshilash uchun zarur choralar ko’riladi va 
bemor operatsiyaga olinadi. Operatsiyadan oldingi zaruriy tekshirishlarga qon guruhi 
va rezusi, qon ivish vaqti, bemorning nafas olish va qon aylanish tizimlarining 
holatini aniqlash kiradi. Zaruriy choralar esa bemorning me’dasini yuvish, nafas 
olishni yaxshilash, qon bosimi va yurak urishini mo’tadil holatga keltirish, qon 
tomiriga kerakli suyuqliklarni yuborib, modda almashish muvozanatini bir muncha 
yaxshilashdan iborat. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish