3. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati taraqqiyotida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari - Bugungi kunda esa “ijtimoiy sheriklik” tushunchasi keng ma’noni anglatadi. Xususan, aholi turli qatlamlarining huquq, manfaat, erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ekologik muammolarni hal etish, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish, tarixiy-madaniy yodgorliklarni himoya qilish, ma’naviy an’ana va urf-odatlarni, milliy madaniy o’ziga xoslikni saqlab qolish va uni rivojlantirish, xayriya faoliyatini taraqqiy ettirishda nodavlat tashkilotlari bilan davlat tashkilotlarining o’zaro hamkorlik munosabatlarida ko’rish mumkin. Shu bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda ijtimoiy sheriklik muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |