- ijtimoiy sheriklikning muhim jihatlaridan biri davlatning fuqarolar uchun munosib bo’lgan yashash sharoitini ta’minlashda yangicha faoliyat yuritishi bilan belgilanadi. Chunki, jahon iqtisodiyotidagi berqarorlik tufayli turmush sifatining pasayishi siyosiy tizimning samaradorligi va fundamentiga tahdid solishi mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda bunday muammolarning oldini olish jamiyatning turli qatlamlariga, xususan, ijtimoiy, diniy va etnik guruhlar hamda siyosiy kuchlarning barobar sheriklikdagi harakatiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Bundan ma’lum bo’ladiki, faqatgina mazkur ijtimoiy sheriklik doirasidagina aholiga munosib yashashlari uchun sharoit yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |