Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hali katta ijtimoiy guruhlar vujudga kelmagan edi. Jamiyat kichik guruhlar (oila va ibtidoiy gala)dan tashkil topgan bo‘lib ularning orasida tez-tez ziddiyatlar paydo bo‘lar edi. Bu ziddiyatlar asosan hudud va tirikchilik manbalarini talashish oqibatida yuz berar edi
Jamiyatning manfaatlari bir-biriga zid bo‘lgan katta ijtimoiy guruhlar: qullar va quldorlar sinfiga bo‘linishi manfaatlar zidligini keskinlashtirib yubordi. Manfaatlar o‘rtasidagi ziddiyatning keskinlashuvi manfaatlari poymol etilayotgan sinf-qullarning stixiyali chiqishlari isyon va qo‘zolonlarga olib keldi. Bunday isyonlarni bostirish uchun quldorlar mirshablar va armiya singari tuzilmalarni tashkil qildi. Quldorlar mafkurasi quldorlarning oliy tabaqa ekanini asoslashga, odamlar o‘rtasidagi mulkiy va huquqiy tengsizlikni ilohiy kuchlar irodasi bilan ifodalashga harakat qilar edi