- Ijtimoiy nizolarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha dastlabki urinishlarni italiyalik davlat arbobi va nazariyotchi Nikkolo Makiavelli amalga oshirgan edi. U birinchilardan bo‘lib nizolarning faqat vayronkor emas, balki yaratuvchilik funksiyalari ham mavjudligiga e’tibor qaratdi. Bunda u nizolarga to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra bunday vazifani davlat bajarishi lozim edi.
- Ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimini birinchilardan bo‘lib angliyalik Frensis Bekon nazariy tahlil qildi. U ijtimoiy tabaqalarning fikrlarini mensimaslik, boshqaruv jarayonidagi xatoliklar, mish-mishlar va g‘iybatlarning tarqalishi jamiyatdagi nizolarning paydo bo‘lishiga olib kelishini dalillar bilan ko‘rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |