Samarqand Davlat Tibbiyot instituti Farmatsiya fakultetida
O`zbekiston Respubliksi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 15-noyabr 6 /18-2/3-94 –sonli xatiga asosan “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati
BAYONNOMASI
Samarqand shahri 16-noyabr 2021-yil
1.O`zbekiston Respubliksi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 15-noyabr 6 /18-2/3-94 –sonli xati haqida malumot berish.
2.SamDTI Farmatsiyafakulteti talabalariga “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusi haqida ma’lumot berish.
Qatnashdilar:
Farmatsiya fakulteti 1-2-3 bosqich talabalari va SamDTI Farmatsiya fakulteti Tyutorlari Nurullayeva Dildora O’ktamxonovna va Norqo’lov Zavqiddin Shamshiddin o’g’li
So’zga chiqdi: Samarqand davlat Tibbiyot instituti Farmatsiya fakulteti Tyutori Nurullayeva Dildora O’ktamxonovna so’zga chiqib:
Birinchidan: O`zbekiston Respubliksi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 15-noyabr 6 /18-2/3-94 –sonli xati haqida malumot berdi. Unga ko`ra 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan joriy yil 15-21-noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi”ni barcha Oliy ta`lim muassasalarida yuqori saviyada o‘tkazish kerakligi haqida so`z yuritdi.Shunga asosan bizning Samarqand Davlat Tibbiyot institutida ham “Bag‘rikenglik haftaligi” bo`lib o`tayotganligi haqida ta`kidlab o`tdi.
Ikkinchidan: Bundan tashqri bizning ta’lim muassasamizda ham “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida davra suhbatlari olib borilayapdi. Xammamizga sir emas yurtimizda 135 dan ortiq xar xil millat va ellat vakillari yashab kelmoqda, O`zbekiston Respubliksi ko`p millatli davlatlaridan biri hisoblanadi va qonun bilan ularning huquqiy manfaatlari ximoyalanadi va barcha fuqarolar teng huquqli hisoblanadi. Bundan tashqari O`zbekiston Respubliksida din erkinligi degan tushuncha mavjud bo`lib yani barcha O`zbekiston Respubliksi fuqarolari o`zi xoxlagan dinga e`tiqod qilishi mumkinligi haqida davlatimizning asosiy qonuni O`zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasida ham belgilab qo`yilgan. Biz bir mamlakatda yashayotgan ekanmiz xaqiqatdan ham yagona xalq bo`lib, mamlakatimiz endi mustaqillikka erishgan bo`lib, yaqinda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik tantanali yubileyini mamlakatimiz bo`ylab keng miqiyosda nishonladik, endi rivojlanayotgan davlatda barcha fuqarolar bir tan, bir jon bo`lib vatan ravnaqi yo`lida rivojlanishga o`z hissasini qo`shish har bir vatan farzandi uchun muqqadas burch deb bilishi kerakligini ta`kidlab o`tdi. Misol tariqasida Amerika Qo`shma Shtatlari davlati ham ko`p millatli davlat bo`lib hisoblanadi, bu davlat fuqarolari pasportida amerikalik deb yuritiladi ularda turli millat vakillari bo`lib yagona xalq sifatida mamlakatining taraqqiyot yo`lida o`z hissalarini qo`shganligi bois bu davlat hozirgi kunda barcha sohada eng rivojlangan buyuk davlat hisoblanadi. Biz ham shu kabi rivojlangan davlatlardan rivojlanish mexanizmini andoza qilib olib yurtimiz farovonligi vatan tinchligi yo`lida har bir O`zbekiston Respubliksi fuqarosi keng ko`lamli reja va maqsadlar asosida kelajakda O`zbekiston Respubliksi ravnaqi uchun birlashish kerakligini aytib o`tdi.
Samarqand davlat Tibbiyot instituti Farmatsiyafakulteti Tyutorlari Nurullayeva Dildora O’ktamxonovna va Norqo’lov Zavqiddin Shamshiddin o’g’li o’tkazilgan yig’ilishdan so’ng
QAROR QILADI:
1.Mazkur yig`ilishdan barcha Samarqand Davlat Tibbiyot instituti Farmatsiya fakulteti talabalari tegishli xulosa charishsin.
2. Barcha Samarqand Davlat Tibbiyot instituti talabalari bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz deb O`zbekiston Respubliksi rivojlanishi ravnaqi uchun kelajakda o`z reja va maqsad yo`lini belgilab olishsin.
Bayonlashtiruvchi: Z.SH.Norqulov
Samarqand davlat Tibbiyot instituti Farmatsiyafakultetida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida o’tkazilgan davra suhbatidan lavhalar
Do'stlaringiz bilan baham: |