Ma’ruza № 11 - Qirqquloqsimonlar.
- Yuksak o’simliklar evolyusiyasi. Ochiq urug’lilar.
Qirqbo`g`im toifa o`simliklar (Equiesetophyta) - Qirqbo`g`im toifa o`simliklar (Equiesetophyta)
- Qirqbo`g`im toifalar bo`limi qirqbo`g`imsimonlar ajdodi qirqbo`g`imnomalar, qabilasi va qirqbo`g`imdoshlar oilasi qirqbo`g`im turkumidan iborat. Bo`limning 20ga yaqin turi mavjud. Bo`limning daraxtsimon vakillari paleozoy erasining devon, trias davrlarida yashab toshko`mir va yura davrlariga kelib yo`qolib ketgan. Bo`limning shu kunda mavjud bo`lgan vakillari ko`p yillik o`tsimon organizmlardir.
- Avstraliya va Yangi Zenlandiya oblastlaridan tashqari hamma joyda uchraydigan qirqbo`g`imlar mazkur bo`limning vakili hisoblanadi.
- Dala qirqbo`g`imi (Equisetum arvense) qishqi qirbo`g`im (E. humile) shoxlangan qirqbo`g`im (E. ramosissmum) kabi vakillari Markaziy Osiyoda uchraydi.
- Qirqbo`g`imlarning mayda, tangachasimon barglari poyada halqa hosil qilib joylashgan, xatto poyadagi yon novdalar ham halqa shaklida joylashgan bo`ladi.
- Dala qirqbo`g`imi ekin maydonlarida, ariq bo`ylarida yo`qotish qiyin bo`lgan parazit begona o`t. Tibbiyotda dala qirqbo`g`imi novdalari siydik xaydovchi, qon to`qtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Qirqbo`g`imlar yer ostki suvining yuza joylanishii joylanishi ko`rsatib beradigan indikator o`simliklar hisoblanadi.
- Dala qirbo`g`imi:
- (Equisetum arvense)
- А-bahorgi novdasi, B- kuzgi novdasi.
Qirqquloqtoifa o`simliklar (Polypodiophyta) - Qirqquloqtoifa o`simliklar (Polypodiophyta)
-
- Qirqquloqlar hozirgi vaqtda keng tarqalgan yuksak sporali o`simliklar guruhi bo`lib, 10 000 gacha yaqin turni o`z ichiga oladi. Nam tropik o`lkalarda daraxtsimon va o`tsimon shakillari uchraydi.
- Qirqquloqlarning sporofiti yaxshi rivojlangan, ko`p yillik va yirik bargli (makrofilliya). Barglari patsimon, ayrim hollardagina butun bo`lishi mumkin. Boshqa o`simlik barglaridan farqi shuki, ularning barglari har doim uchidan o`sadi. Ularning barglari «vayya» deyiladi.
- Bo`lim vakillarining ko`pchiligi teng sporali, har xil sporali turlar ozchilikni tashkil etadi. Barglarning pastki tomonida sporangiylar to`plami, ya’ni jigarrang soruslarni hosil qiladi. Soruslar alohida parda bilan qoplangan. Sporalar yetilishi natijasida sporangiylar yorilib, sporalar shamol yordamida tarqaladi.
- Qulay sharoitda ulardan o`simta rivojlanadi. Teng sporali qirqquloqlarning o`simtalari juda kichkina, yashil plastinkasimon yoki ipsimon, ikki jinsli bo`lib, ular uzog`i bilan bir necha hafta yashaydi. Har xil sporali qirqquloqlarning erkak o`simtasi juda reduktsiyalanib, mikroskopik o`lchamda mustaqil oziqlanish xususiyatini yo`qotgan (sporangiy ichida rivojlanadi). Urg`ochi o`simta unga nisbatan yirik.
- O`simtadan arxegoniy va anteridiylar hosil bo`ladi. Arxegoniydagi tuxum hujayraning otalanishidan murtak rivojlanadi, keyinchalik u o`sib, voyaga yetgan sporafitga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |