Samarqand davlat chet tillar instituti


Fransuz ma'rifatparvarlari va ularning ta'limotlari



Download 68 Kb.
bet5/6
Sana06.07.2021
Hajmi68 Kb.
#110980
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
falsafa 3

2. Fransuz ma'rifatparvarlari va ularning ta'limotlari.

Yangi davr falsafiy fikrining muhim yo‘nalishlaridan birini ma'rifatchilik falsafasi tashkil etadi. U G‘arbiy yevropaning ilg‘or mamlakatlarida, xususan Fransiya, Angliya, Germaniyada shakllandi va rivojlandi.Fransuz ma'rifatparvarlarining dunyoqarashi asosan XVII asr fransuz materializmiga asoslangan, jamiyatni tubdan qayta qurish uchun bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi ijtimoiy qarashlar majmuasidan iborat bo‘lgan falsafiy ta'limotdir.O‘sha paytda yevropa ijtimoiy muhitida keskin burilishlar davri boshlangan edi. Bu bir tomondan, xristian katolik cherkovining jamiyat ustidan hukmronligini yo‘qotgan; ikkinchi tomondan esa, xristian cherkovi mafkurasining o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan, ko‘pchilik tomonidan e'tirof etilgan izchil ta'limotning shakllanib yetilmagan davriga to‘g‘ri keladi. Jamiyatning ilg‘or ziyolilari oldida jamiyatni qanday qilib aqlga muvofiq tarzda qayta ko‘rsa bo‘ladi?, degan savol ko‘ndalang turgan edi. Bunga ular jamiyatning barcha a'zolarini dunyoviy fanlarni o‘qitish orqali erishish mumkin, degan javob berishdilar. Ma'rifatparvarlar fikricha, qurilishi zarur bo‘lgan jamiyat: 1) dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borishi kerak; 2) davlat ko‘pchilik fuqarolarning xohish-irodasini qonunlashtirib, uni amalga oshiruvchi siyosiy tashkilot bo‘lishi kerak; 3) davlatni dindan, maktabni cherkovdan ajratish prinsiplariga amal qilinishi kerak; 4) jamiyatning bosh tamoyili gumanizm g‘oyalariga mos kelishi kerak edi.Ularning falsafiy ta'limoti bo‘yicha inson – tabiatning bir bo‘lagi. Tabiat o‘z-holicha yashaydi, ya'ni uni hyech kim yaratmagan va uni hyech qanday qudrat yo‘q qila olmaydi.Materiya – tabiatning qurilish materialidir. Tabiatda uning ichki qonuniyati hukmronlik qiladi. Tabiat mexaniq harakat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va rivojlanadi. Inson tabiatning mahsuli bo‘la turib, moddiy bo‘lmagan ruh bilan materiyani o‘zida jo qilishi mumkin emas. U to‘la moddiy va tabiat qonunlariga muvofiq harakat qiladi va faoliyat ko‘rsatadi. Insonda moddiy xususiyatlarga hos his qilish qobiliyati mavjud bo‘lib, u tabiatning qolgan qismi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishini, hayotda o‘z o‘rnini topishini ta'minlaydi. Aql xissiyot bilan aynanlashtiriladi (Gelvetsiy) yoki umumiy his qilish jarayoni (Didro) sifatida namoyon bo‘ladi, deb ta'kidlanadi.Inson o‘zi erishgan yutuqlarni saqlab qolish uchun azob-uqubatdan qochishi, lazzat va roxatga intilishi zarur– bu tabiatning umumiy qonuniyatidir, deyiladi.Xristian mafkurasida ta'lim berilganidek inson tabiatan yomon yoki yaxshi bo‘lib tug‘ilmaydi. Insondagi barcha yaxshi yoki yomon xislatlar ijtimoiy muhit ta'siri ostida va bevosita tarbiyaning natijasi ularoq shakllanadi, deb qayd qilinadi. Ularning mafkurasiga muvofiq to‘g‘pi tarbiya topgan kishi a) ma'rifatli, b) me'yor darajasida xudbin bo‘lishi kerak. Unday kishilarda «Yashashni bil, o‘zgalarga ham yashashga imkon ber» tamoyil amal qiladi.Demak, bu tamoyillarga amal qilgan holda, barcha xalqlar va elatlar, ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, umuman barcha fuqarolarning xuquqiy tengligini ta'minlaydigan tuzum barpo qilishga intilib yashash kerak. Ana shunday jamiyatgina har bir fuqaro uchun kam miqdordagi azob uqubat va kerakli darajadagi poxat-farog‘atda yashashni ta'minlashi mumkin. Kishini yaxshi yoki yomon odam qilib tarbiyalash mumkin, deb hisoblaydi Gelvetsiy. Yana bir ma'rifatparvar D.Didro (1713-1784) esa kishida tug‘ma ravishda boshqalarga yordamga intilish mavjud bo‘ladi, o‘z navbatida, bu intilish pirovardida o‘ziga foyda olib keladi, deb hisoblaydi. Didro ta'limoti bo‘yicha, inson tabiatan yaxshi bo‘lib tug‘iladi. Tarbiya faqat yaxshi bo‘lishga tabiiy moyillik prinsipini jamiyat uchun yaxshi odam qilib shakllantirishi mumkin.Fransuz ma'rifatparvarlarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari XIX, XX asrda dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan qator mamlakatlar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Fransuz ma'rifatarvarlarining o‘lmas ta'limoti dunyoning gumanizm va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borib, demokratik tuzumning g‘alaba qilishida g‘oyaviy-nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Bu ma'rifatparvarlarning falsafiy-ijtimoiy qarashlari asosida Butun jahon inson huquqlari deklaratsiyasi BMTda (1948) qabul qilindi. Ezgulikka yo‘g‘pilgan ma'rifat – ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, adolatli, erkin, farovon hayotni ta'minlab beruvchi kuch ekanligi va yer yuzida, Zardusht bashorat qilganidek, ezgulikning qabohat ustidan g‘alaba qozonishini ta'minlab bera oladigan yagona ilinj ekanligini insoniyatga sistemali bayon qilib bergan kishilar fransuz ma'rifatparvarlar edilar.


Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish