Dekart falsafiy dunyoqarashiga umumiy baho berib, uning dualistik xarakterga ega
ekanligini hamda falsafiy fikrning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir o‘tkazganligini aytish lozim. Ingliz faylasufi Gobbs (1588-1679) Angliyada burjua revolyusiyasi amalga oshirilib, burjuaziya siyosiy jihatdan mustahkam pozitsiyaga ega bo‘lgan davrda yashagan. Burjuaziya bilan yaqinlashib olgan aristokratiya ham mamlakatning ma'naviy hayotida sezilarli rol o‘ynardi. Gobbsning qarashlarida shu davrdagi mamlakatda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, burjua davlati va tartiblarini mustahkamlashga bo‘lgan urinishlar o‘z ifodasini topgan.Gobbsning asosiy asarlari: “Fuqaro haqidagi ta'limotning falsafiy elementlari”, “Leviafan”. Gobbs Bekon falsafasini sistemaga solgan mutafakkirdir. Uning ta'limotiga ko‘ra, olam moddiy predmetlar yig‘indisidan iborat. Moddiy bo‘lmagan substansiya yo‘q, barcha harakat va o‘zgarishlarining asosi materiyada. Harakat tashqi turtki natijasida hosil bo‘lali.Gobbs bilishning asosini tajribada deb biladi. Bilish g‘oyalar yordamida amalga oshiriladi. Dekartdan farqli o‘laroq, Gobbs goyalarni tug‘ma emas, balki predmet va hodisalarning ongimizda bevosita aks etishidan iborat deb biladi, ya'ni sensualizm ruhida talqin qiladi. Uning fikricha, faqat g‘oyalarning emas, balki butun bilishimizniig manbaini tashqi sezgilar tashkil qiladi. Predmetlar ta'siri natijasida ongimizda boshlangich g‘oyalar hosil bo‘ladi. Ular, o‘z navbatida, aql tomonidan qayta ishlanib (taqqoslash, qo‘shish, ayirish usullari yordamida), predmetlar haqida bilim hosil qilinadi.Gobbs bilish nazariyasida nominalizm pozitsiyasida turadi. Uningcha, g‘oyalar ayrim faktlarni ifoda qiladi. Umumiy xususiyatlar va aloqalar til orqali aks ettiriladi, ular ob'ektiv xarakterga ega emas. Gobbs falsafasida uning davlat va huquq haqidagi ta'limotining ustun turishiga e'tibor berish ham lozim. “Leviafan” asarida u jamiyat taraqqiyotida 2 ta holatni: tabiiy va fuqarolik holatini farq qiladi. Kishilar dastlab tabiiy holatda yashaganlar va tabiatning o‘z-o‘zini saqlash qonuni asosida hayot kechirganlar. Ular kuch ishlatib, zo‘ravonlik qilib, barcha narsalarni bosib olish xuquqiga ega edilar. Buning natijasida, Gobbs fikricha, odamlar bir-birlari bilan to‘qnasha boshlaydi, hammaning hammaga qarshi urushi holati vujudga keladi. Kishilar tinchlikni istab, o‘zaro kelishishiga, shartnomalar tuzishga, o‘zlarining ba'zi xuquqlaridan voz kechib, shaxsiy irodasini bitta kishi yoki bir guruh kishilar ixtiyoriga berishga majbur bo‘ladilar. Shu tariqa, Gobbs ta'limoticha, davlat va huquq vujudga keladi va jamiyatning fuqarolik holatiga o‘tiladi. Uning fikricha, davlatning zng maqbul va mukammal shakli absolyut monarxiyadir. Din va cherkov, ilmiy va axloqiy qarashlar – barchasi davlat hokimiyatining ixtiyoriga bo‘ysungan bo‘lishi lozim.Gobbsning jamiyat haqidagi qarashlari, ayniqsa davlatni, uning kelib chiqishini tabiiy asosda tushuntirishi shu davr uchun progressiv hodisa edi. Gobbsning ijtimoiy-siyosiy va psixologik qarashlari fan va falsafaning keyingi taraqqiyotiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Jon Lokk (I632-I704) ning hayoti va ijodiy faoliyati Angliyada ikkinchi burjua revolyusiyasi va undan keyingi davrda kechgan. Bu revolyusiya ingliz burjuaziyasi va yangi dvoryanlarning siyosiy kelishuvi bilan tugab, uning natijasida feodalizm qoldiqlarini tugatish, kapitalizmni taraqqiy ettirish uchun qulay sharoit vujudga kelgan edi. Lokk liberal burjuaziyaning ideologi bo‘lib, o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Angliyada revolyusiyadan keyin o‘rnatilgan konstitutsion davlat tuzumini yoqlab chikdi. U XVII asrda keng tarqalgan “tabiiy xuquh” nazariyasini rivojlantirdi. Uning ta'limotiga ko‘ra, tabiiy holatdan grajdanlikka o‘tishga va davlatning vujudga kelishiga sabab, tabiiy holatdagi huquqning mukammal emasligidir. Davlat kishilarning o‘zaro kelishuviga muvofiq vujudga kelgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi – inson erkinligi va mulkchilikni himoya qilishdan iborat.Asosiy falsafiy asari “Inson aqli to‘grisida tajriba” bo‘lib, unda Lokk Bekon va Gobbsning bilish haqida ilgari surgan
prinsiplarini rivojlantiradi, bilimlar va g‘oyalarning tajribadan kelib chiqishini asoslaydi. Bilish nazariyasida u sensualistik pozitsiyada turadi.Lokk tajribaning 2 ta turini: ichki va tashqi tajribaning mavjudligini aytadi. Tashqi tajriba predmet va hodisalarning inson sezgi organlariga ta'sir qilishidan iborat bo‘lib, uning natijasida sezgi g‘oyalari hosil bo‘ladi. Bu g‘oyalar aql tomonidan qayta ishlanib, murakkab g‘oyalar, tushunchalar hosil bo‘ladi (masalan, go‘zallik, do‘st, butun olam g‘oyalari va shu kabilar). Ichki tajriba (refleksiya) insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini bilishga qaratilgan. Bu tajribani talqin qilishda Lokk insonning tashqi olam bilan bo‘lgan o‘zaro ta'sirini hisobga olmaydi.Tashqi tajriba asosida sezgi g‘oyalari orqali inson predmetlarning sifatini biladi. Ularni Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarga bo‘ladi. Birlamchi sifatlar (fazo, zichlik, harakat, son, figura kabilar) sezgilarimizda qanday bo‘lsa, predmetlarda ham shunday, ya'ni ular predmetlarning real xususiyatlaridir. Ikkilamchi sifatlar esa (rang, tovush, ta'm va shu kabilar) predmetlarga xos emas, ular sub'ektiv xarakterga ega.Lokk metafizik metodni yaratishda sezilarli rol o‘ynagan. Bekon bilan birgalikda bu metodni tabiyotshunoslikdan falsafa sohasiga olib o‘tgan. Bulardan tashqari ushbu davrda Jon Toland (I670-I722), Spinoza. (I632-I677), Leybnits (I646-I7I6), Jorj Berkli (1685-1753) va David Yum (1711-1776) kabi buyuk faylasuflar o’z faoliyatlarini olib borganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |