Al- Buxoriy, B. Mashrab, So’fi Olloyor va M.Behbudiy kabi qomusiy olimlarning
falsafiy ta’limotlari haqida ma’lumotlar berilgan.
F.Bekon, T. Gobssning falsafiy qarashlari
Reja:
1. Kirish
2. XVI asr oxiri va XVII asrda G‘arbiy yevropada falsafiy fikrning rivojlanishi.
3. Fransuz ma'rifatparvarlari va ularning ta'limotlari.
4. XVI-XX asr boshlarigacha O‘rta Osiyoda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy qarashlar.
5. Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
KIRISH
G‘arb falsafasida yangi zamondan boshlab sifat jihatidan bir biridan farq qiladigan ikkita davr: klassik (yangi davr falsafasi) va postklassik (hozirgi zamon falsafasi) farq qilinadigan bo‘ldi. Bu davrlar falsafiy ta'limotlari o‘zlarining kelib chiqishi bo‘yicha yagona asosga ega bo‘lgani va o‘zaro bog‘liq tarzda rivojlangani holda, maqsadi va ideallari, falsafiy tafakkur tarzi bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklarga ega. Klassik falsafaning xronologik chegaralari XVII – XIX asrning birinchi uchligidan iborat.U Bekondan boshlanib, Gegel bilan yakunlandi va uning muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Prinsipial, qat'iy ratsionalizm. Aynan ana shu xususiyati bilan antik davr kosmotsentrizmi, o‘rta asr teotsentrizmi, uyg‘onish davri antropotsentrizmidan farq qiladi. Fikrlovchi individ, uning aqlining muqaddaslashtirilishi, borliqning etaloniga aylantirilishi klassik ratsionalizmning mohiyatini tashkil etadi.
2. Epistemologik optimizm, insonning bilish qobiliyatiga nisbatan cheksiz ishonch. Bilib bo‘lmaydigan narsalar yo‘q, hatto xudoni ham bilish mumkin, haqiqatga to‘la hajmda erishsa bo‘ladi, degan fikr ana shu optimizmning asosida yotadi.
3. Progress g‘oyasining asoslanishi. Bu g‘oyaga muvofiq aql-zakovatga ega inson ijtimoiy hayotni o‘z maqsadlarini tashkillashtirish va shu asosda baxt-saodatga erishishga qodir. Tarix insonparvarlik, adolat, erkinlik sari harakatlanadi; bu ayniqsa XVIII asr fransuz ma'rifatparvarlari ijodida yaqqol ifodalangan.
4. O‘z-o‘zini anglash g‘oyasining ilgari surilishi. Bu g‘oyaga muvofiq, inson aql kuchi ila o‘z mohiyatini, borliqda tutgan o‘rnini tushunib yetadi, (nemis mumtoz falsafasida bu markaziy falsafiy masalalardan biri sifatida tahlil etiladi). Gollandiyada (1566-I609) va Angliyada (I640-I688) bo‘lib o‘tgan ilk burjua revolyusiyalari, ularning G‘arbiy yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy jihatdan taraqqiy etishiga ko‘rsatgan ta'siri yangi davrning muhim voqealari hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, yirik mashinali ishlab chiqarish fan va texnikaning taraqqiy etishini taqazo qilardi. London va Parijda fanlar akademiyasining tashkil qilinishi, tabiyotshunoslik va matematikaning tez sur'atlar bilan rivojlana borishi, mukammal soatlar va tegirmonlarning yaratilishi va shu kabilar davr amaliy ehtiyojini qondirishga qaratilgan javob bo‘ldi. Tabiyotshunoslik bilan uzviy aloqada, o‘rta asr sxolastikasiga qarshi keskin kurash jarayonida yangi davr falsafasi shakllandi. Bu falsafa mexanistik va metafizik xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi, o‘zida davr bilishi xususiyatlarini ifoda qiladi. Kepler va Galileyning kashfiyotlari, Nyuton tomonidan mexanikaning asosiy qonunlari va prinsiplarining yaratilgani, mexanikaning nazariy fan sifatida to‘liq shakllanishiga, mexanitsizmning esa, ilmiy bilish va falsafada hukmron dunyoqarash va metodologiyaga aylanishiga olib keldi.Tabiat hodisalarini tushuntirishda mexanika qonunlarning mutloqlashtirilishi, tarixiy yondashishning yo‘qligi eksperimentlar qo‘yish, faktlar to‘plash bilan ovora bo‘lib, predmetlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni e'tibordan chetda qoldirishga, o‘z navbatida, tabiyotshunoslik va falsafada metafizik fikr yuritish usulining shakllanishiga va uning keng qo‘llanilishiga sabab bo‘ldi. Ilk burjua revolyusiyalari davrida qator yangi ilm sohalarining vujudga kelganligini, ilmiy va falsafiy tadqiqotlarning bir-biridan aniqroq chegaralana borganligini, falsafada bilish metodi masalasining keng muhokama qilinganini alohida ta'kidlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |