SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI
Bosh sahifa
Institut
Ilmiy maqolalar
3 yil avval
Аtmosfera i oslanishining iqlimga ta’siri va uning salbiy oqibatlari
G`.Umarov, M.Normurodova, M.Elmurodova.
Biz bilamizki bugungi kunda fan-texnikaning jadal rivojlanishi insoniyatning tabiatga ta`siri miqyosi va darajasining keskin ortishiga
olib keldi. Tabiiy resurslarning mislsiz o`zlashtirilishi, sanoat ishlab chqarishining ortishi, transport vositalari soning ko`payishi atrof
muhitning kuchli floslanish muammosini keltirib chqarmoqda. Endilikda barchamizni birdek tashvishlantirayotgan ekologik
muammolarga etibor qaratsak, atrof-muhit ifloslanishi, global isish, tabiiy boyliklardan oіqlona foydalanish dolzarb masalaga aylanib
borayotganining guvohi bo’lamiz. Binobarin, XXI asrga kelib, insoniyat global iqlim o’zgarishlari, bioxilma-xillikning boy berilishi, suv
tanqisligi, qurg’oіchilik, cho’llanish hamda sanoat va maishiy chiqindilar zarari kabi qator ekologik muammolar bilan to`qnash
kelmoqda.
Prezident I.A. Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag`asida: xavfsizlikka tahdid barіarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mana
shu haqqіatga urg’u berib: “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib
qoldi, – deb ta’kidlaydi. – Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum qilish bilan barobardir. Endilikda atmosfera
havosini asrab-avaylash va muhofaza qilish muhim ekologik vazifalardan biri hisoblanadi. 1996 yil 27-dekabirda qabul qilingan
“Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun mazkur masalani huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qimmatli hujjatdir. Ushbu
qonun kuchga kirgach, sanoat, energetika va transportdan atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdori 1989 yilga nisbatan
2 million tonnaga kamaydi. Statsionar manbalardan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori esa 600 ming tonnaga qisіardi.
Bu boradagi ishlar istіqloldan so’ng chuqqur ma’no-mazmun kasb etdi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat in’om etgan boyliklardan
oqilona foydalanish davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlardan biriga aylandi. Shu sohaga oid 30 ga yaqin qonun hamda 350 dan
oshiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular Konstitutsiyamiz, Milliy Xavfsizlik konsepsiyasi va shu sohaga oid xalqaro huquqiy
hujjatlar hamda rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan bo’lib, yurtimizdagi bioresurslarni muhofaza qilish, asrab-
avaylash va kelgusi avlodlarga bekami-ko’st yetkazishning kafolati sifatida xizmat qilmoqda.
Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha
jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigi bo'lmaganida yer
yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000
km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi
troposfera qismida joylashgan, ob-havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan
atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat
angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi.
Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.
Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko`rsatkichlari bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir
darajasiga qarab xilma-xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM ko’rsatkichlarini ajratish mumkin; is gazi-0,01
mg/m3: oltingugurt gazi-0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3; fenol-0,01 mg/m3; formaldegid-0,003 mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo.
REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari
ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalaning birlashib ta'sir qilishi o'rganilgan bo’lib ular uchun me'yorlar belgilangan.
Аtmоsfеrа iflоslаnishi tufаyli Mоskvаdа аtmоsfеrаgа nisbаtаn 11 % yog’in ko’p tushаdi. Sаmаrqаnd shаhri аtrоfigа nisbаtаn 1 yildа 6
kun tumаn ko’p tushib, 11 mm yog’in ko’p yoqqаn. Sаnоаti rivоjlаngаn shаhаrlаr аtrоfigа nisbаtаn yillik o’rtаchа hаrоrаt yuqоri bo’lishi
kuzаtilgаn. Bungа sаbаb kishilаr fоydаlаnаdigаn bаrchа enеrgiyani issiqlik eеnrgiyasigа аylаntirаdi vа uning bir qismi еr yuzаsining
qo’shimchа isituvchi mаnbаsi bo’lib qоlаdi. shu sаbаbli sаnоаti rivоjlаngаn vа аhоlisi 100 mingdаn 500 minggаchа bo’lgаn shаhаrdа
o’rtаchа yillik hаrоrаt аtrоfdаgigа nisbаtаn 1 S yuqоri bo’lsа, аhоlisi 0,5-1,0 mln bo’lgаn shаhаrdа 1,1-1,2 C, 1 mln. dаn оrtiq bo’lgаn
shаhаrdа 1,3-1,5 S yuqоri bo’lаdi. shu sаbаbli Tоshkеnt shаhаrining mаrkаzidа yillik o’rtаchа hаrоrаt shаhаr аtrоfdаgigа nisbаtаn
1,3 C yuqоri bo’lsа, bu fаrq Sаmаrqаnddа 0,5 S gа, Pаrij vа Stоkgоlmdа 0,7 C gа, Mоskvаdа 2 C gа еtаdi.
Tаbiаt kоpоnеntlаri – hаvо, suv, tuprоq, o’simlik, hаyvоnlаr bir-birigа uzviy bоg’liqligidаn, insоnning хo’jаlik fаоliyati nаtijаsidа
iflоslаngаn аtmоsfеrа, o’z nаvbаtidа, tаbiаtning bоshqа kоmpоnеntlаrigа hаm tа’sir etаdi. Buning nаtijаsidа suv vа tuprоqning tаbiiy
hоlаtidа, kishi оrgаnizmidа, hаyvоn vа o’simliklаr tаnаsidа sаlbiy o’zgаrishlаr vujudgа kеlib, gеоgrаfik qоbiqdа glоbаl o’zаrishlаr sоdir
bo’lаdi. Shynday ekan atmosferani ifloslanishining oldini olish maqsadida har bir qarich maydonga ko’chat ekib yashil maydonlarni
kengaytirsak hamda ishlab chiqarishni tabiatga ta’sir doirasini ham inobatga olsak o’z oldimizga qo’yilgan maqsadga erishamiz ham
tabiatni asrab,
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Karimov I. A. «O`zbekiston XXI asr bo`saasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» Toshkent.
O`zbekiston, 1997.
0
0
0
0
0
0
0