Sarkazm (achchiq kinoya, piching) - yunon tilidan tarjima qilinganda, “go’shtni sug’uraman” ma’nosini anglatadi. Sarkazm - bu acchiq piching, zaharxandali tanbeh sanaladi.Kulgili taassurot yaratadi, ammo bunda fikriy-hissiy baho yaqqol sezilib turadi. Fantastik xususiyat reallik bilan, oddiylik esa hayotiylik bilan bog’lanadi. San’at asarlaridan biri bo’lgan “sharji” (hazil mutoyabali janr) yumorli, kinoyali, sarkazmli bo’lishi mumkin.
Grotesk – “g’alati”, “jimjimador” ma’nosini anglatadi. Bunday badiiy usul tasvirlanayotgan predmet, voqea, hodisalarning mutanosibligining buzilishi bilan izohlanadi. Adabiyot va san’atda ortiq mubolag’a bilan bo’rttirib tasvirlash uslubi va shunday uslubdagi asar grotesk nomini olgan. M.E. Saltikov-Shedrinning ko’plab asarlari mana shunday nutqning ifoda vositalaridan foydalanish orqali qurilgan. (“Bir shahar tarixi”, “Janob Golovlyovlar” ertaklari). N.N.Gogol va A.P.Chexov hikoyalari yumor, kinoya, sarkazmlarga to’la. Shuningdek, J.Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asari groteskning ishlatilishining o’ziga xos namunasi desak bo’ladi.
Kalamburlar (so’z o’yini, tajnis) - so’zlar yoki so’z birikmalarining ma’nosida farqlanuvchi, ammo tovush jihatidan o’xshashiga asoslanuvchi obrazli ibora sanaladi. Kalambur - atayin yoki beixtiyor yuzaga kelgan ikki ma’nolilikni
o’z ichiga olgan nutqning figurasi bo’lib, so’zning ikki yoki undan ortiq ma’nolarining yoki ular tovushlaridagi o’xshashliklarining ishlatilishi natijasida paydo bo’ladi. Masalan: Ta’sirchan kishi sumalakka o’xshash bo’ladi: bir oz isitsangiz, u erib ketadi. (K.Prutkov). Quyida esa kalamburning bir necha ko’rinishlari bilan tanishamiz:
paronomaziya: Ular endi yo’q, boshqalarni esa davolashmoqda.
yolg’on etimologizatsiya: Haqiqiy turmush, uning tur va mushlaridan tarkib topgan bo’ladi.
zyugma: xaridlar qildim: kumush uzuk va issiq pataklar.
konkretlashtirish: Yakshanba kunlari ichishni tashladim, shanba kunlari icha boshladim.
Kalamburlarda ko’p ma’nolikka va omonimlikka asoslangan so’z o’yinlari yuzaga keladi. Kalamburlardan latifalar paydo bo’ladi. Kalamburlarni V.Mayakovskiyning ijodida, Umar Hayyom, A.P.Chexov, Kozma Prutkovning satirik she’rlarida topsak bo’ladi. Nutqning figurasi (obrazli iborasi) nima? “Figura” so’zi lotin tilidan kirib kelgan bo’lib, “tashqi ko’rinish, obraz, qiyofa” ma’nosini anglatadi. Bu termin badiiy nutq haqida gapirayotganimizda qanday ma’no anglatadi? Figuralarga nutqning sintaktik ifoda vositalari taaluqli: ritorik so’roq gaplar, undovlar, murojaatlar.
Evfemizm - ma’no jihatidan neytral bo’lgan va hissiy jihatdan og’ir so’z yoki tasviriy ifoda bo’lib, ular odatda matnlarda va ochiq jamoatda boshqa beadab va o’rinsiz sanaluvchi boshqa so’z va ifodalarning o’rnini almashtirish uchun qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |