Mavzuning dolzarbligi. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, ushbu mavzu fransuzcha ismlar, ularning etimologik xususiyatlari va tarjimasi haqida maʼlumotlar beradi.
Mavzuni o’rganilganlik darajasi. Bu kurs ishini yozishda men turli saytlardan foydalangan holda chet tilini oʻrganishning turli tizimlarini yoritib berishga harakat qildim.
Mavzuning maqsadi. Oʻzbekistondagi chet tillarini oʻrganishning turli tizimlari haqida maʼlumot berish va fransuz tilida soʻzlashuv uchun kerakli shart-sharoitlar haqida ham maʼlumot berish.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining vazifasi shundan iboratki, ushbu kurs ishi til oʻrganuvchilariga ularning bilimlari qay darajada ekanligini aniqlashga yordam beradi va ularning soʻzlashuv qobiliyatlarini oshirishlari uchun kerakli manbalarni topishga yordam beradi.
Kurs ishining predmeti. Kurs ishida talabalarni o'z ustida mustaqil ishlash shakllarini nazariy dastaklari belgilab olingan.
Kurs ishining obyekti. Kurs ishida etnik qatlamdagi ikki tillilik taraqqiyotini tashkil etuvchi barcha elementlar obyekt qilib olingan.
Kurs ishining ilmiy-uslubiy jihatlari. Kurs ishida Ozbekiston Respublikasida meyoriy huquqiy hujjatlardan, ilmiy adabiyotlardan gazeta va jurnallardan, internet malumotlaridan foydalanilgan.
Kurs ishini hajmi va tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob 4 qism bilan, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
BOB I. TARJIMA ILMI VA TARJIMA QILISH MOHIYATI.
1.1. Xalqlar orasidagi madaniy aloqalarning tarjimaga ta'siri.
Olmon va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yigirmanchi yillarda madaniy hayotimizning muhim omili boʻlmish tarjima jarayoni boshlab bergan boʻlsa, hozirgi kunda bu aloqalar, albatta, tillarimizda oʻz aksini topmoqda. Jumladan, ona tilimizda 300 dan ortiq olmoncha soʻzlar faol isteʼmolda ekanini olimlar isbot qilishgan ( O. Jumaniyozov). Ammo ana shu borada – chet el, jumladan, olmon xalqiga xos milliy koloritni oʻzbek tilida qayta yaratishda jiddiy muvaffaqiyatlar bilan birga juzʼiy kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilmoqda.
Shunday muammolardan biri olmonlarning ism-familiyalarini oʻzbek tiliga toʻgʻri “tarjima qilish” va “imloviy oʻzlashtirish” bilan bogʻliq.1
Oilada tugʻilgan har bir goʻdakka ota-onasi shirin orzular, yorugʻ niyatlar bilan yaxshi ism qoʻyishga harakat qiladi. Goʻdak ismini taniy boshlar ekan, faqat oʻz ismini aytib chaqirganlaridagina qayrilib qaraydi. Oʻz ismini minglab ismlar orasida ajratib oladi. Yaʼni, u oʻz ismi orqali oʻzligini – oʻz olamini kashf etadi. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashadigan boʻlsak, tarixdan munosib oʻrin olgan barhayot siymolarning ismlari boshqa xalqlar tillari va dillarida aynan oʻz xalqi tilida jaranglaganday yangrashi – Yohain Volfgang Gyote, Haynrih Hayne, Haynrih Mann, Hermann Kant, Friydrix Hegel, Ludvig Foyerbax, Artur Shoppenhauyer, Albert Aynshtayn, Ernest Hemengvay, Gi doʻ Mopassan shaklida oʻzbek imlosiga uygʻunlashishi ayni muddao boʻlur edi. Biroq chet elliklar, jumladan, olmonlarning nomini toʻgʻri aytish va yozish tarjimachiligimizda hanuzgacha muammoligicha qolmoqda.
Maʼlumki, bir tildagi ism-shariflar va joy nomlari ikkinchi tilga asosan ikki usul – transliteratsiya yoʻli bilan (yaʼni oʻz tilida qanday yozilsa) va transkripsiya usuli bilan (yaʼni qanday talaffuz qilinsa) oʻzga tilga shundayligicha oʻtkaziladi, iloji boricha asliyatga yaqin shakl va ohangda oʻtishiga harakat qilinadi. Bunda chet tilining tovush tizimi, alifbosi, imlo qonuniyatlarini ona tili tovush tizimiyu imlo imkoniyatlari asosida adekvat (muqobil) tarzda qayta tiklash muammosi paydo boʻladi. Mushkullik, avvalo, shundan iboratki, dunyodagi bir-biriga fonetik va orfoepik jihatdan toʻla mos keladigan ikkita bir xil til yoʻq. Masalan, olmon tilidagi ch tanglayoldi tovushi boshqa koʻp tillarda, xususan, rus va oʻzbek tillarida yoʻq. Demak, ismlarda uchrovchi va ularning oxirgi boʻgʻinini yakunlovchi shu yumshoq tanglay undoshini rus tilida qattiq “x”, oʻzbek tilida yumshoq “h” tovushi bilan qayta tiklashdan oʻzga chora yoʻq: Heinrich – Xaynrix – Haynrih. Rus va oʻzbek tillaridagi tarjimalarda esa bu ismning birinchi boʻgʻini butunlay oʻzgarib, negadir Genrixga aylanib qolgan. Muammoning ikkinchi muhim va qiyin, ammo hal qilsa boʻladigan tomoni hammaga maʼlum quyidagi fakt bilan bogʻliq: deyarli koʻpchilik olmoncha ismlar rus tiliga oʻtayotganda shu til tovushi va alifbosi imkoniyatlari va imlo xususiyatlariga bir karra moslashib, til osha uchinchi til – oʻzbek tilida paydo boʻlganda, koʻpincha xuddi oʻrischaday koʻrinishi yoki yana bir bor “oʻz toʻnini yangilash”i kerak boʻlmoqda.
Shu oʻrinda professor I. Mirzayevning quyidagi fikri masalaga oydinlik kiritishga yordam beradi: “Bizga rus tili orqali kirib kelgan G. de Mopassan, O. de Balzak, F. de Sossyur kabi familiyalarni istiqlol bergan imkoniyatdan foydalanib, toʻgʻri talaffuz kilish va yozish vaqti yetdi. Ruslar bu familiyalarni oʻzlaricha, yaʼni shunday oʻqish va yozishni xohlaganlari uchun emas, balki obʼyektiv sabablarga koʻra – tillarida “oʻ” tovush-harfining yoʻqligi uchun yozib keladilar. Bizning tilimizda esa bunday tovush, harf bor”. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, faqat bevosita tarjima orqaligina ikkinchi “filtr”ni bartaraf etish mumkin. Bugungi kungacha olmon-oʻzbek tarjimachiligida deyarli barcha badiiy asarlar rus tili (tarjimasi) orqali oʻgirilgan.2
Do'stlaringiz bilan baham: |