O’ZBEKISTON RESPUBLIKSI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI ROMAN-GERMAN FILOLOGIYASI
FRANSUZ TILI VA ADАBIYOTI KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: FRANSUZCHA ANTROPONIMLAR VA ULARNING ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI
Tekshirdi : MIRZAYEV I. K.
Bajardi : ZUVAEV D.
Samarqand – 2022yil.
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………….3
BOB I. TARJIMA ILMI VA TARJIMA QILISH MOHIYATI………………….5
1.1. Xalqlar orasidagi madaniy aloqalarning tarjimaga ta'siri…………………………5
1.2. Tarjima nazariyasida antroponimlarning oʻrni……………………………………8
BOB II. OʻZBEK VA FRANSUZ ISMLARINING ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI………………………………………………………………….13
2.1. Kishi nomlarining va familyaning turli tillardagi talqini………………………..13
2.2. Ba'zi fransuz ismlari va ularning etimologik tahlili……………………………..20
XULOSA…………………………………………………………………………….26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI……………………………..27
KIRISH
Tarjima ilmi va amaliyotida oʻgirish qiyin boʻlgan soʻzlar bir talay. Ularning asosiylari milliy oʻziga xos soʻzlar boʻlib, xalqaro terminda realiyalar deyiladi. Realiyalar deganda maʼlum bir millat va elatga xos narsa-hodisalarni ifodalovchi soʻzlar va tushunchalar anglashiladi. Ularni boshqa tilga oʻgirishda tarjima tilining taraqqiyot darajasiga qarab katta-kichik muammolar paydo boʻladi. Bu muammolarning yechimi, ularning tasnifi va tavsifi tarjima nazariyasida oʻrganilmoqda. Umumiy qonun-qoidalar bilan birga har bir til juftligida maxsus qoidalar ishlab chiqilmogʻi lozim.
Chet tillardan oʻzbek tiliga oʻgirilayotgan asarlarda ana shu muammolar hanuzgacha tarjimonlar va muharrirlarning boshini qotirib kelmoqda; bir nomning oʻzini bir necha xil yozish va talaffuz qilish hollari har qadamda uchramoqdaki, bu yakdillik talab qiladi. Ushbu maqolada asosan boshqa tillardagi atoqli otlar toifasiga kiruvchi kishi nomlari tarjimasi va oʻzbek tilida yozilishi haqida fikr yuritamiz.
Ozodlik xalqimizga barcha sohalarda mustaqil va dadil qadam tashlash, rivojlanish imkonini berdi. Yangiliklar osongina amalga oshirilmaydi, albatta.
Biz nafaqat oʻzimizga, balki boshqa xalqlar va ellarga, ularning qadriyatlari va oʻzliklariga ham yangicha qarashni, oʻrganishimiz kerak. Jahon xalqlari qadriyatlarini yangicha idrok va eʼtirof etsakkina, bizni ham ular etirof etadi, yangidan kashf qiladi va ana shu maʼnaviy eʼtiroflar siyosiy eʼtiroflarga quvvat boʻladi; bu esa, oʻz navbatida, chet elliklarga yurtimizga nafaqat mehmon yoki sayyoh koʻzi bilan, balki iqtisodiy hamkor va istiqbolli investor koʻzi bilan ham qarashga yoʻl ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |