Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Kichik yoshdagi o‘quvchilarda xotira va xayol



Download 5,72 Mb.
bet83/171
Sana12.07.2022
Hajmi5,72 Mb.
#782921
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   171
Bog'liq
Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogika va psixologiya

Kichik yoshdagi o‘quvchilarda xotira va xayol
Bilimning mustahkam va ishonchli bo‘lishi avvalo xotira jarayoniga tayanuvchi psixologik omildir. Xotira – esda qoldirish, esda saqlash, ilgarigi o‘rganilgan materialni qayta yesga tushurishdan iborat jarayonlar bilan xarakterlanuvchi murakkab aqliy faoliyat hisoblanadi. Xotira idrok jarayonlariga tayangan holda idrok qatoriga kiradi, o‘zi esa idrokning asosi sifatida namoyon bo‘ladi. I.M.Sechenov xotirani psixik hayotning asosiy shartidir deb hisoblaydi. Xotiraning o‘sishi va takomillashishi kishining maktabdagi ish yillariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ituvchi xotiraning nimaligini bilib qolmay, balki xotiraning yoshiga qarab o‘zgarishni, ayniqsa kichik yoshdagi o‘quvchilarning xotirasidagi xarakterli xususiyatlarni ham bilishi kerak. Bolaning maktabga kirishi bilan xotira taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. O‘quvchilarga birinchi sinfdan boshlab o‘qish materialni o‘zlashtirishning eng yaxshi usullarini o‘rgata borish zarur. Bolalar esda saqlab qolish maqsadida dars materialni kitobdan takror-takror o‘qiydilar. Ba’zan o‘qituvchining o‘zi bunday usulni afzal ko‘rib, o‘quvchilarga materialni o‘n, o‘n-besh marta o‘qishni tavsiya qiladi. Yesda qoldirishning bu usulini K.D.Ushinskiy qoloq takrorlash deb hisoblagan. Materialni o‘zlashtirish, esda qoldiriladigan materialni qayta-qayta ish bilangina emas, gapirib berish yo‘li bilan ham takrorlanib turilsa, ancha samarali bo‘ladi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning idroki
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda anglash jarayonining rivojlanishi
Idrok rivoji. Jismoniy jarayonlar rivojlanishi butun kichik maktab yoshi davomida amalga oshadi. Garchi bolalar maktabga yetarli rivojlangan idrok bilan kelishsa-da (ularda ko‘rish, yeshitish o‘tkirlashadi, ular turli shakllar va ranglarni yaxshi farqlaydilar), ularning uv faoliyatidagi idroki faqat shakl va ranglarni o‘rganish va anglashdan iborat bo‘ladi. Birinchi sinfda qabul qilingan fanlar tarkibiy qismi va xususiyatlarining tizimli tahlili mavjud emas. Bolaning idrok yetilgan fanlarni tahlil qilish va farqlash imkoniyati unda shunchaki his yetishdan ko‘ra murakkabroq faoliyat turining shakllanishi bilan bog‘liq. Kuzatish deb atalgan faoliyat turi maktabda o‘qish jarayonida juda intensiv ravishda shakllanib boradi, keyinchalik idrok biror maqsadga qaratila boradi.
Bola kuzatuvchanligi haqida shaxsning alohida xususiyati sifatida gapirish mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich ta’limda kichik yoshdagi uvchilarning barchasida bu muhim xislatni sezilarli rivojlantirish mumkin.
Maktabdagi ta’lim jarayonining o‘zi bolalarning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq va diqqatlariga yangi talablar qo‘yadi. Maktabdagi ish muayyan maqsadga qaratilgan ancha ixtiyoriy aqliy jarayonlarni talab yetadi.
O‘quvchilarga dars paytida o‘z diqqat e’tiborini o‘zoqdagi narsalardan yaqindagi narsalarga doimiy ravishda ko‘chirib turishga to‘g‘ri keladi. Idrok ham bilim manbaidir. Idrok murakab aqliy jarayonidir. Idrok reseptiv, peseptiv va apperseptiv tomonlarni ajratish mumkin. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda idrokning o‘sishi yuqoridagi ko‘rsatilgan reseptiv, perseptiv, apperseptivdan iborat barcha tomonlarning qayta tuzulishi va o‘sishi demakdir.
O‘quvchilar narsalarni, ularning tasvirini va nutqni idrok qiladilar. Bolalarning narsalarni idrok qilishning xususiyati ularni batafsil aniq aks yettirishlari bilan harakterlanadi. Bular diqqatning xususiyati bilan tushuntiriladi. O‘quvchilar diqqati asosan tashqi diqqat xarakterida bo‘lib, ichki diqqat ulardan ham taraqqiy yetmagandir. Shuning uchun yaxshi tanlangan ko‘rgazmali qurol kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitishda foydalidir. O‘quvchilar nutqni idrok qiladilar. Ona tilining fonetik tomoni tilda qanday bo‘lsa xuddi shunday idrok qilinadi. Idrokning fonetik tomonidan to‘g‘riligi, albatta o‘quvchilarning tovushlarini – fonemalarni talaffuz qilishlarida ham katta ahamiyatga egadir. Ammo bu yetarli emas.
Agar boshlangich sinf o‘quvchilari so‘zlarni, ayrim fonemalarni noto‘g‘ri talaffuz qilsalar, bu e’tiborsizlik oqibatidir. O‘quvchi ayrim so‘zlargina emas, balki jumlada ifodalangan fikrlarini, ayniqsa konkret fikrlarini idrok qiladilar. Agar jumla oddiy tuzulgan bo‘lsa, kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘sha jumlada aks yettirilgan fikrlarni to‘la, to‘g‘ri va tez idrok qiladi, ko‘pincha ma’nosi o‘ziga tanish bo‘lmagan ayrim belgilarni boshqa tushunchalardan foydalanadi. Bola bog‘chaga og‘zaki nutqni yaxshi egallab olgan holda keladi.
Agar bog‘cha yoshida bolalar nutqni amaliy ravishda egallasalar va bunda nutq bola hayotida faqat muomala vositasi sifatida namoyon bo‘ladi, maktabda til alohida itish narsasi bo‘lib qoladi, shu sababli bunga juda katta ahamiyat beriladi. Maktabdagi o‘qish o‘quvchilar nutqining mazmuniga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning lug‘ati yangidan-yangi so‘zlar va tushunchalar bilan boyib, nutq esa atamalar va yangi iboralar bilan to‘lib boradi.
Har xil uv narsalari o‘quvchi nutqi oldiga yangi talablar qo‘yadi. Matematikada aniq nutq kerak bo‘lsa, ish darslarida o‘quvchilarga keng, obrazli iboralar bilan to‘ldirilgan gaplar kerak bo‘ladi. Bolalar monologik nutqdan foydalanishda katta qiyinchiliklarga duch keladilar. Bolalarning og‘zaki va yozma nutqlari o‘rtasida farq borligini ko‘ramiz. Bu farq shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalar, bir-biri bilan og‘zaki nutq yordamida munosabatda bo‘ladilar, yozma nutq esa, kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun yangi notanish sohadir. Shu sababli yozma nutqni o‘quvchilar qiyinchilik bilan egallaydilar. O‘quvchilar nutqini takomillashtirish uchun faol nutq bilan doimiy ravishda mashq qilish talab yetiladi. Buni ta’lim jarayonida har doim esda tutish kerak.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ixtiyorsiz diqqat ustun turadi. Lekin maktabdagi o‘qish faoliyatining birinchi yilidayoq o‘quvchilarda ixtiyoriy diqqatning vujudga kela boshlashiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Diqqatning bu turi, Annayevning yozishicha: katta odamlar bilan bolalarning birgalikdagi faoliyati va tarbiyaning mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatning yanada yaxshiroq o‘sishi maktab yoshidagi bolalarda iroda va tafakkurning tarbiyalanishiga bog‘liqdir. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning ixtiyoriy diqqati to‘g‘risidagi masala bilan K.D.Ushinskiy ko‘p shug‘ullangan. U ba’zi pedagoglarning, kichik yoshdagi o‘quvchilarda ixtiyorsiz diqqatning afzalligiga tayangan holda maktabdagi barcha o‘qish jarayonini faqat qiziqarli va maroqli qilib tashkil etish kerak, degan fikrlarga qo‘shilmagan. O‘qish faoliyatining birinchi davrlaridayoq o‘quvchilarning ixtiyoriy diqqati butunlay o‘quvchilarning hukmronligida bo‘ladi.
O‘quvchilarning darsdagi ixtiyoriy diqqatini birinchi sinf o‘quvchilarning o‘zlari emas, balki o‘qituvchining o‘zi tashkil qiladi va yo‘lga soladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin:
- birinchi davr - bu 3-4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emosional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir;
- ikkinchi davr - bu 4-5 yoshni tashkil qilib, axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish;

Download 5,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish