Kichik yoshdagi o‘quvchilarda xayol. Xayol qilish xotiramizdagi bor tasavvurlar asosida ularni qayta tuzish va shu asosida yangi obraz yaratish demakdir. O‘quvchilar bu faoliyatda o‘zlarida mavjud bo‘lgan tasavvurlarga ham tayanadilar. Xayol hammadan oldin ko‘rgan va bilganlarini tez yesga tushirishga tayanadi va shunda samarali bo‘ladi. Agar nimani esga tushirish ma’lum bo‘lsa, demak xayol qilish uchun qulay zamin bor deb hisoblash zarur.
Xayol ijodiy jarayon bo‘lib, uning mazmuni boy va xilma-xildir. O‘quvchi bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi, uvchilarning qaysi bilim zapaslariga tayanish kerakligini mavjud tasavvur va boyliklardan qaysi birini tanlab olish va undan foydalanish kerakligini hamda ularning xayol oqimini qaysi tomonga qarab o‘zgartirish maqsadga muvofiq bo‘lish maqsadida bilish kerak.
Ma’lumki xayol faoliyati tafakkur bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Fikrlash jarayonlari xayol tasavvurlariga tayanadi. Ba’zan fikrda ma’no ochilmagan bo‘lsa u tushunarli bulmaydi. Jumladan, bolalar masallarni tinglashni va ishni yaxshi ko‘radilar, ammo 7-8 yoshli bolalar masallarning ma’nosiga tushunib yetmaydilar.
A.Krilovning masallarini o‘qiganda o‘qituvchi ularni anglab olishiga o‘quvchiga yordam bermasa, o‘quvchi masalaning mohiyatini anglab yetmaydi. Bu xususiyatni o‘quvchi dasr kitobidagi hikoyalarga nisbatan emas, balki o‘zining bolalarga berayotgan darslariga nisbatan ham esda tutishlari lozim. Shunday qilib, kichik yoshdagi o‘quvchi tafakkurining o‘sishi, ongining tobora yangidan-yangi bilimlar bilan boyib borishi xayol obrazlarining o‘zgarishiga ham yordam beradi.
Xayol obrazlari bog‘cha yoshidagi bolalardagiga qaraganda boyroq, murakkabroq, to‘laroq, butunroq va shu bilan birga differensiallashgan bo‘ladi. Obrazlarning boyishi va murakkablashishi butun kichik yoshdagi o‘quvchida davom yetaveradi. Kichik yoshdagi uvchining xayoli haqiqatga tobora moslashgan holda o‘sib boradi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda tafakkur
Tafakkur faoliyati kichik yoshdagi davrda alohida ravishda qayta tuzuladi. Bu qayta tuzulish nimadan iborat? O‘quvchilarga 1-sinfdayoq tovush, harf, gap, qo‘shish, ayirish kabi ko‘plab mavhum tushunchalarni bilib olish to‘g‘ri keladi. Bolalar bu tushunchalarni bilishda tayyor mantiqiy ta’riflardan foydalanadilar. Ilmiy tushunchalarni bilishda egallash oson emas. Gap shundaki, 1-2 sinf uvchilari tushunchalarni musaqil ravishda ta’riflaganlarida ko‘pincha bu tovush tushunchalarni musaqil ravishda tushunchalarning muhim belgilarigina emas, balki unga ahamiyatli bo‘lmagan narsalarni ko‘rsatadilar. Maktabda ta’lim esa aniqlikni talab yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |