Kayfiyat. Shaxsning xatti-harakatlariga va ayrim ruhiy jarayonlariga muayyan vaqt davomida tus berib turuvchi emotsional holat kayfiyat deb ataladi. Shaxsning hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, umidsizlik, jur’atsizlik, zerikishlik, qayg‘urishlik singari his-tuyg‘ular uning ruhiy holatini umumiy tizimga aylanadi. Ushbu vaziyat ba’zi emotsional taassurotlarning vujudga kelishiga qulay zamin hozirlaydi, boshqasi uchun esa qiyinchilik tug‘diradi. Kayfiyat nihoyatda xilma-xil, uzoq va yaqin manbalar negizidan vujudga keladi. Uni barqarorlashtirib turadigan asosiy manbalardan biri shaxslarning ijtimoiy jamiyatda hukmronlik qilayotgan umumiy nuqtayi nazarlari, hayotning turli jabhalarida aks etuvchi ta’sirlar, chunonchi, mehnat muvaffaqiyati va ta’lim yutug‘i, rahbar va xodim, ituvchi va saboq oluvchi o‘rtasidagi munosabatlari, oiladagi shaxslararo muomala maromi, har xil vaziyatlarda paydo bo‘lgan turmushdagi qarama-qarshiliklar, shaxsning ehtiyoj lari, qiziqishlari, mayllari va ta’blarining qondirilishidan qanoat hosil qilish yoki qanoat hosil qilmaslik kayfiyatning manbalari bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning ma’lum muddat ruhi tushib, noxush, zaif kayfiyatda yurishi uning turmushida muammolar yuzaga kelganligidan halovat, tinchlik buzilganligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatlar namoyon bo‘lganida shaxsga oqilona mulohaza mahsulidan kelib chiqqan holda xushtavozelik bilan ijobiy ta’sir o‘tkazish, ruhini tetiklashtiruvchi vositalami qo‘llash, kayfiyatini buzib turgan omillami batamom bartaraf etish maqsadga muvofiq.
5. Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.
Psixologiya fanida iroda kategoriyasi kishilik jamiyati ijtimoiytarixiy, ijtimoiy-psixologik taraqqiyotining har bir bosqichida muayyan darajada o‘rganilgan. Chunki,taraqqiyotning har bir davri uchun shaxs kamoloti alohida ahamiyat kasb etgan, uning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan irodaviy sifatlar, ularning turmushdagi o‘mi qat’iy ta’kidlangan.Jamiyat farovonligini harakatlantimvchi kuchi sifatida shaxsning yuksak darajada ulug‘lanishi va baholanishi unga nisbatan diqqat-e’tibor sira pasaymagan. Shuning uchun iroda falsafa va psixologiya fanlarining tadqiqot predmetida puxta o‘rin egallagan ligi uning dolzarb mavzu ekanligini bildiradi.Hozirgi davrda mamlakatimizda barkamol avlod shakllanishiga munosabat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi tufayli mazkur muammo keng ko‘lamda tadqiq qilinmoqda. «Iroda» tushunchasi psixiatriya, psixologiya, fiziologiya va falsafada keng qo‘llaniladi. Adabiyotlarda iroda o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadga erishish vositasi deb qaraladi.Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qilish, muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklami yengish harakatlar yordam bilan ro‘yobga chiqadi.Aynan shu harakatlar irodani aks ettiradi.Iroda odamning o'z xatti-harakatini ongli suratda tartibga solishdir, bu esa ko'zlangan maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqni bartaraf qilishda ifodalanadi.Odamning o‘z faoliyatini va xatti-harakatini tartibga solish, umuman, shunda ifodalanadiki, u lozim bo‘lib qolgan holda harakat va amalni ishga solishi, bu harakat va amalni kuchaytirishi yoki susaytirishi, tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, vaqtincha to‘xtatishi, keyin yana davom ettirishi, maqsadga erishilgandan so‘ng esa butunlay to‘xtatishi mumkin. Xatti-harakatlarni tartibga solish va to‘siqlarga qarshi kurashish protsessida yuz beradigan har qanday o‘zgarish kishida irodaviy zo‘r berish hissini tug‘diradi.Odam irodasi butun ong bilan bog‘langandir, shuning uchun ham irodaviy nazorat bo‘lmagan biror-bir ongli harakatini uchratish qiyin. Lekin bu nazorat har xil tipdagi ish-harakatlarda bir xilda ifodalanavermaydi.Bir xil ish-harakatlarda, ayniqsa ular qiyin va yangi ishharakatlar bo‘lsa, bu nazorat ravshan namoyon bo‘ladi (ayni shunday ish-harakatlar asli irodaga taalluqli bo‘ladi); ikkinchi bir xil, o‘rganib qolingan ish-harakatlarda, ayrim operatsiyalarning avtomatlashganligi sababli, nazorat kuchsiz bo‘ladi;uchinchi bir xil,affekt harakatlarda nazorat uzilgan yoki butunlay buzilgan bo‘ladi.
Kuchli iroda egasi bo‘lishning olti yo‘li:
1.Boshlagan ishingni oxirigacha yetkaza bil.
2.Qiyinchiliklarni va to‘siqlarni nolimay yeng.
3.Hatto o‘n marta qaytadan buzib ishlash, o‘n marta qaytadan boshlash kerak bo‘lsa ham, hamma ishni “a’lo ” bahoda bajar.
4.Bugun qilish mumkin bo‘lgan ishni ertaga qoldirma.
5.Qiziqqan hamma narsalaringga bir yo‘la kuch sarflama, avval birini bajar, keyin ikkinchisini boshla.
6.Iroda hosil qilish uchun havasni keltiruvchi narsa va harakatlardan o‘zini tiyish, injiqlikni y qilish noma’qul istakni bajarishdan ko‘ra muhimroqdir.
Psixologiyada yetarli darajada qat’iy fikr qaror topgan bo‘lib, iroda - bu insonning qo‘yilgan maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan ong faolligidir. V.I.Selivanov irodani tadqiq etish negizida ba’zi xulosalarni chiqaradi: a) Iroda - bu shaxsning o‘z faoliyatini va tashqi olamdagi o‘zini o‘zi boshqarilish shakllarining anglanish tavsifidir; b) Iroda - inson ongining bir tomoni bo‘lib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; d) Iroda - bu amaliy ong, shaxsning o‘zini ongli iroda qilishlikdir; e) Iroda - bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatdir. S.L.Rubenshteyn irodaning tanlovchanlik funksiyasini tan olib, irodaviy ongning to‘rt bosqichini ko‘rsatib o‘tadi.
1.Maqsad qo‘yish-xohish-istaklarning (aktuallashuvi) dolzarbligi.
2.Motivlar kurashi va muhokamasi.
3. Harakatga o‘tishga qaror qabul qilish.
4.Qarordan harakatga o‘tish.Har qanday irodaviy harakat deb yozadi S.L.Rubenshteyn, o‘zida ongli tanlov va qaromi aks ettiruvchi tanlovchanlik akti hisoblanadi.
Umumiy psixologiya predmetiga daxldor ta’lumotlarni umumlashtirish irodaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat ekanligiga imkon yaratdi:
1)irodaviy harakatlarni shaxs doimo ularning sub’yekti sifatida amalga oshiradi;
2)irodaviy akt, harakat shaxs tomonidan to‘la-to‘kis mas’ullikni olgan ish, amal, akt sifatida ichdan (ruhiy dunyosida) kechiriladi;
3) irodaviy faoliyat tufayli inson ko'p jihatdan o'zini o ‘zi shaxs sifatida anglaydi (o ‘zlikni anglash bosqichi yuzaga keladi);
4) irodaviy faoliyat ta sirida shaxs o‘zining hayot yo ‘lini hamda taqdirini o‘zi belgilashi shart ekanligini tushunib yetadi. Shu bilan birga irodani faollashtiruvchi va uni jilovlab turuvchi (tormozlovchi) funksiyalari birgalikda, uyg ‘unlikda hukm sursagina, muvofiqlik yuzaga kelishi mumkin, faqat ana shundagina shaxsni o‘z maqsadiga erishish yo ‘lida uchraydigan to ‘siqlarni, qiyinchiliklarni yengishni kafolatlashi to‘g‘risida mulohaza yuritsa bo‘ladi.“Iroda” deyilganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga sportchilarning xatti-harakati, o‘zini tutishi keladi. Shu o‘rinda bolgar psixologi F.Genov tomonidan taklif etilgan sportchilarning irodaviy sifatlari klassifikatsiyasi diqqatga sazovordir.Bu klassifikatsiyaga sportning hamma turi uchun umumiy bo‘lgan Z ta irodaviy sifat: intiluvchanlik, intizomlilik, ishonchlar kiritilgan.Qolgan irodaviy sifatlar quyidagicha bo‘linadi:
1) ma’lum sport turi uchun eng muhim jihat,
2) «eng muhim»ga yaqin jihat,
3) keyingisi.
Shaxs tomonidan xulq-atvorini irodaviy tartibga solinishi ixtiyoriy regulyatsiyaning oliy shakli bo‘lib, bunda regulyatsiya intellektual (aql-idrok), hissiy-axloqiy va ijtimoiy qadriyatlar mezoni asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |