Irodaviy sifatlar – bu qiyinchiliklarni yengishda shakllanadigan harakter bilan bog‘liq, aniq vaziyatlarda namoyon bo‘luvchi va shaxs xususiyatlariga aylangan irodaviy boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatidir.
INTIZOMLILIK IRODAVIY SIFATLAR MAQSADGA INTILUVCHANLIK TASHABBUSKORLIK DADILLIK QAT`IYATLIK PRINTSIPIALLIK MUSTAQILLIK O’ZINI TUTA BILISH MATONATLILIK Irodaviy sifatlarni 3 guruhga ajratish mumkin va bu quyidagi jadvalda keltirilgan: IRODAVIY SIFATLAR
Sobitqadamlik
Dadillik
Irodaviy-axloqiy
Chidamlilik
Sabr-toqatlilik
Qaxramonlik
-
-
Fidokorlik
Qaysarlik
Keskinlik (jur’tlilik)
Prinsipiallik
Qat’iyatlilik
Jasurlik
Intizomlilik
Sabr-toqatlilik – bu shaxsning o‘zini salbiy emotsiyalarini barqaror ravishda ushlab turishi, impulslarni, o‘ylanmagan emotsional reaksiyalarni, nizoli vaziyatlarda agressiv xatti-harakatlarga bo‘lgan istaklarni bosib turishdir Jur’atlilik- aynan shubha va ikkilanishlarni bartaraf etish uchun namoyon bo‘ladigan irodaviy kuchdir.
Ikkinchidan, jur’atlilik – bu o‘z vaqtida qaror qabul qilishdir. Uchinchisi jur’atlilik mavjud vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish sifatida tushuntirishdir, lekin bunga ishonish qiyin. Jur’atlilik – bu shaxsning o‘zi uchun muhim bo‘lgan vaziyatda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatidir. Keskinlikning asosiy harakteristikasi natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘ylab ko‘rilgan qarorni qabul qilishdir Jasurlik (mardlik)-bu qo‘rquv holatida yuzaga kelga keluvchi shaxsning himoya reaksiyasi va o‘z xulq-atvori va xatti-harakatlarini samarali boshqarish qobiliyatidir. Chidamlilik – bu ma’lum vaqt maqsadga intiluvchanlik davomida salbiy omillarga uzoq vaqt fiziologik jihatdan asoslangan holda qarshilik ko‘rsatishdir. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub’ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emotsional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi.
U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir
I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi: a) iroda–bu shaxsning o‘z faoliyatini va olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish shakllarini anglashning tavsifidir; b) iroda-inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; v) iroda-bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o‘zini ongli idora qilishlikdir; g) iroda-bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatining motivi, turtkisi hisoblanadi . P.M.Yakobson irodaning muҳim sifatlariga quyidagilarni ajratib ko‘rsatadi:
Mustaqillik;
Qat’iylik;
Tirishqoqlik;
O‘zini uddalash.
Insonda namoyon bo‘ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: