O‘yinchoq-ovutmachoqlar harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan bo‘ladi. Ular bolalami o‘zlarining ajoyib xatti-harakatlari bilan quvontiradilar, sujetlari esa vaqtichog‘lik bag‘ishlaydi.
Qo‘Ibola o‘yinchoqlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalami sahnalashtiradilar.
0‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra hunarmandchilik, qo‘Ibola usulda, fabrikada tayyorlanadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko o‘yinchoqlaming uch turini ajratib ko‘rsatgan edi: tayyor o‘yinchoqlar, yarim tayyor o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari. Birinchi tori bolalami buyumlar va narsalaming rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasawurini o‘stiradi. Ikkinchi tori boladan aktiv faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi tori bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi [13; 74-b.].
О‘zini-о‘zi nazorat qilish va muhokama qilish uchun savollar
O‘yin bog‘cha yoshidagi bolalarning qanday faoliyati hisoblanadi?
Syujetli-rolli o‘yin qanday о‘yin hisoblanadi?
Didaktik o‘yinlar qanday о‘yin hisoblanadi?
Milliy xalq o‘yinlari qanday о‘yin hisoblanadi?
O‘yinchoq deganda nimani tushunasiz?
О‘yinchoqlarga qanday talablar qо‘yiladi?
О‘yinchoqlami turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha qanday turkumlarga ajratiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |