1-2 yoshli bolalar bilan o ‘ynaladigan o "yin turlari. «Barmoqqabarmoq», «G‘oz-g‘oz», «G‘oz tursin», «Bo‘p-bo‘p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o‘yinlari go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar bilan o ynaladigan о‘yin turlari: «Ot o‘yini”,
«Kesak qo‘ydi», «Ko‘z boylagich», «Choriy chambar», «Awalakam», «Tayoq irg‘itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».
4-5 yoshli bolalar bilan o ynaladigan о‘yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‘yin», «Ko‘pkari», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan».
Katta yoshdagi bolalar uchun о‘yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do‘ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi ko‘k terak».
Bu o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‘zo‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko‘nikmalari shakllanadi, fikrlashga o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hoziijavob bo‘lishga tayyorlanib boriladi. Xalq harakatli o‘yinlarini tashkil etish va bolalarga o‘rgatishda
quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
Bolani ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlash.
O'yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va yosh
xususiyatlariga e’tibor berish.
Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik.
0‘yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog‘lagan holda
hayotga tatbiq etish.
0‘yin davomida o‘zaro munosabatlami yanada mustahkamlash.
Jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga
hurmat va e’tiborli bo‘lish.
0‘zbek xalqining ermak va ovutmachoq o‘yinlari bilan, asosan,
bolaning ilk yosh davridan boshlab shug‘ullanib boriladi. Bu o‘yinlar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so‘zlaming uyg‘unlashuvi bilan o‘ynatiladi. Masalan, «Barmoqlar», «Sichqon-sichqon» o‘yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasawurlari o‘sib boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri» degan ibora bor. Bu hikmat bola hali qo‘rqish hissini bilmaydigan davrida, ya’ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo‘llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqon-sichqon» o‘yini qo‘l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro‘moldan yasalgan «sichqon»ning
harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. «Sichqon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go‘dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to‘g‘risida tasawur hosil qilishga ko‘mak lashadi [13; 69-b.]. Ermak o‘yinlardan «Oymoma», «Bog‘ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka» orqali bolalarni muloqotga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning
eshitish, ko‘rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari
faollashadi. Bolalarning nutq faolligini o‘stirish maqsadida aytishma o‘yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o‘yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mundi», «Bulbulim-bulbulim», «Ko‘zboylog‘ich», «Oq sholi, ko‘k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana, xalqimizda azal-azaldan o‘ynab kelinadigan so‘z o‘yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-hanuzgacha bolalar orasida «tinchlik-yarashuv» timsoli sifatida qo‘llaniladi. Bu o‘yinlar bolalar tilidan
ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog‘imni kim olsa,
Men u bilan chin o‘rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq,
Pista po‘choq.
Qilichmi, to‘qmoq, qirq yilgacha o‘rtoq,
To‘qmoq, to'qson yilgacha o‘rtoq.
Bolalarning matematik tasawurlarini o‘stirishga yordam beradigan o‘yin turiga «Sanamalar» kiradi. Bu o‘yin jarayonida bolalar she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tarzida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasawurlari, fikrlash doiralari kengayib, she’riy ohangda to‘g‘ri javob qaytarishga o‘rgatilib boriladi. Asosan, bu o‘yinlar quyidagicha jaranglaydi:
Dadam-u oyim,
Bor ikkita singlim.
Bahodir, Dildor,
Bog‘chaga ketar,
Sanab ko‘r chaqqon,
Bizlar nechta jon.
O‘zbek xalqi nihoyatda so‘zga chechan, topqir bo‘lib, o‘zining
alyor-u qo‘shiqlariga boydir. Bu fikrimizning isboti sifatida xalq
orasida mashhur bo‘lgan «Qiqillamalar»ni misol sifatida keltirish
mumkin. Bu so‘z o‘yinlarida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar,
kechinmalar she’riy ohangda ijro etiladi. Masalan [13; 70-b.]:
Shov-shov etadi ariq,
Karim ekadi tariq.
Yoki:
Echki keladi ma’rab,
O‘z egasiga qarab.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yinlarni ertalab va kechki soatlarda o‘ynash mumkin [13; 71-b.].
Do'stlaringiz bilan baham: |