Ota-onalar bilan hamkorlik.Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan о‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish; ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; ota-onalarni о‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qо‘llab-quvvatlash [12].
MTTning oila bilan ishlash shakllari. Alohida ehtiyojga ega bо‘lgan bolalar uchun mо‘ljallangan ta’lim faoliyati О‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya tо‘g‘risida”gi qonunining 45-moddasida maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bolalarga qarab turish va ularni ta’minlash berilgan. Davlat maktabgacha bо‘lgan yoshdagi bolalarning, ayniqsa yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bо‘lgan bolalarning, sog‘lig‘ining holatini tuzatishga, uzoq vaqt davolanishga hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bо‘lgan bolalarning, shuningdek kam ta’minlangan va kо‘p bolali oilalardagi bolalarning ijtimoiy himoya qilinishi va qо‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida turli nuqsonlar bо‘lgan bolalarga qarab turish qisman yoki tо‘liq davlat ta’minoti asosida amalga oshiriladi. Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bо‘lgan bolalar tо‘liq davlat ta’minotida bо‘ladi. Yetim bolalarga va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bо‘lgan bolalarga qarindoshlik munosabatlarini saqlash, shuningdek ularning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.
Kо‘rish, eshitish qobiliyatini, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj bо‘lgan bolalar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan harakatlanish, protezlash, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari, shuningdek boshqa individual tuzatish vositalari bilan ta’minlanadi [3].
Alohida ehtiyojga ega bо‘lgan bolalar uchun mо‘ljallangan ta’lim faoliyati. Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bо‘lgan bolalarni qо‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bо‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun о‘quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi [12].