Qo’mitaning vazifalari
«Yergeodezkadastr» davlat qo’mitasining vazifalari:
-
Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini tartibga solish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tashkil qilish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo’yicha yagona davlat siyesati amalga oshirilishini ta’minlash;
-
Tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-
Yerlardan oqilona foydalanilishi va ular muxofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
-
Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshqarish;
-
Davlat geodeziya nazoratini tashkil etish;
-
Davlat boshqaruvi organlari va maxalliy davlat xokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish soxasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
-
Davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, shuningdek davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |