Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi



Download 2,79 Mb.
bet31/89
Sana19.05.2022
Hajmi2,79 Mb.
#604517
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89
Bog'liq
BOLALAR PEDAGOGIKASI Дарслик 2-кисм (24.04.2020)

О‘quv fanlari

BKM

BKMlar mazmuni

1.

Ona tili va o‘qish







2.

Matematika







3.

Tabiiyot







4.

Inson va jamiyat









3-BOB. BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI, INNOVATSIYASI VA INTEGRATSIYASI
Reja:
3.1. Integratsiya kursi va vazifalari. Fan o‘qitishdagi integratsiya asosidagi ta’lim falsafasi.

    1. Ta’lim jarayonini integratsiyalashning nazariy asoslari. Integratsiyaning hozirgi zamon muammolari.

    2. Boshlang‘ich maktabni integratsiya qilish. Integratsiyalangan darslarni samaradorligini oshirish omillari.



Tayanch sо‘z va iboralar: integratsiya, integratsiya kursi, integrativ ta’lim, chegaradosh fanlar, fan evolyusiyasi, integratsiyalangan darslar
Integratsiya kursi va vazifalari. Fan o‘qitishdagi integratsiya asosidagi ta’lim falsafasi
Integratsiya kursi - o‘quv fanlaridan biri bo‘lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun o‘rganiladi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya obektlari asosida tuzilgan. Integratsiya kurslarining sinflarga bo‘linishini turli asoslarda qilish mumkin:
maqsad va muammolar asosida;
maktab tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida;
qo‘shiluvchi fan tarmoqlari asosida;
integratsiya usullari va yo‘llari asosida;
o‘quv rejasidagi o‘rni asosida;
kursni o‘rganishga sarflangan vaqt asosida;
o‘quvchilar uchun qiyinlik darajasi asosida va h.k.
Shuni e’tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflari odatda o‘z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni yechish masalasini qo‘yadilar, shu sababli kurslar ko‘p maqsadli, turli vazifali bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarni ko‘rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo‘nalishlarini ajratishimiz va ularni mohiyatiga qarab sinflarga bo‘lishimiz mumkin.
Integrativ ta’limning sinflarga bo‘linishi (klassifikatsiya). Ko‘p fanlar integratsiyasi. Ularni yana universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o‘qish, tabiat, rasm darslarini bitta umumiy darsga birlashtirish.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma’lum tizimga keltirishadi va o‘z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich ta’lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to‘g‘ri ketma-ketlikka faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba’zi e’tiborli olimlar ta’kidlaydilarki, bu an’anaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o‘rganish yo‘li bilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang‘ich ta’limga ham darslarga ajratib o‘qitish an’analari tarqalgan deb hisoblaydilar.
Tabiiy fanlarni o‘qitishning tizim bo‘yicha davom ettirishni bekor qilish va soddalashtirish uchun ko‘pgina mualliflar gumanitar sinflar uchun umumlashtirilgan kurslar (darslar) taklif qiladilar. Bularga umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli ko‘rinishda hikoya qiluvchi boshlang‘ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, boshlang‘ich sinflardagi «Tabiatshunoslik») kiradi.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish