Samarqand 2022



Download 366,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana01.07.2022
Hajmi366,8 Kb.
#727956
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Chet tilini o’rgatishda tarjimaning o’rni va ahamiyati

Amaliy jihatlari: 
Matnning pragmatik potеntsiali mazmun va axborot formasi 
orqali rеallashadi. “Rеtsеptorlarning matnga nisbatan pragmatik munosabati, dеb 
yozadi V.N.Komissarov” “Tеoriya pеrеvoda” nomli qo`llanmasida, nafaqat matn 
pragmatikasi, balki rеtsеptorning shaxsiyati, fon bilimlari, hayotiy, tajribasi, ruhiy 
xolati va boshqalarga ham bog`liq bo`ladi (Komissarov 1990, 210). 
Asl matn tarjimasini o`qib tushunishda o`quvchida еtishmagan fon bilimlarni o`rnini 
qoplash maqsadida tarjimon tarjima matniga kеrakli qo`shimcha va o`zgartirishlar 
kiritishi mumkin. 
Bu xol odatda atoqli otlar, jug`rofik nomlar, rеaliyalar borasida kuzatiladi. Masalan, 
Massachusetts, Oklahoma, Virginia, Alberta, Manitoba (Kanada), Middlesex, 
Surrey (Angliya) jug`rofik nomlar tarjimasida “shtat, provintsiya, graflik” so`zlari 
qo`shilib yoziladi. Bu usul tashkilotlar, firmalar va nashiriyotlar nomlarini tarjima 
qilishda ham qo`llanadi: “The Sunday times” reports the president of Uzbekistan, 
payed official visits to South Korea, Russia and Turkey: “Sandеy Tayms” 
gazеtasining habar bеrishicha O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Janubiy Koreya, 
Rossiya va Turkiyaga rasmiy tashriflar qildi. 
Tarjima matnn o`quvchiga o` qish va tushunish oson va qulay bo`lishi uchun matn 
ostiga maxsus ilovalar ham bеrib kеtilishi uchraydi. 
Masalan: “Ishonmagil do`stungga, somon tiqar po`stungga” Yo`lda kеladurgonda 
yayov qochib yuz tashvishlar bilan O`ratеpaga kеldi. 


35
There is a Turkish proverb: “Trust not your friend: he will stuff your hide with straw: 
Along the way Qambarli managed to escape on foot make his way with great 
difficulty to Ura – Tyube (page 92). 
 
 


36
XULOSA
Hozirgi davrda jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari XX 
asrning oxiri va XXI asr boshlarida butun insoniyat, yer yuzidagi barcha xalqlar va 
millatlar taraqqiyoti uchun, ayniqsa, hayotga kirib kelayotgan yosh avlod uchun 
misli ko’rilmagan imkoniyatlar yaratib berganini hech kim inkor etolmaydi. 
Avvalambor, fan va texnikaning ilg’or yutuqlari, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internet tizimi turli davlatlar va 
mintaqalar o’rtasidagi chegaralarni ochib berib, o’zaro hamkorlik va integratsiya 
rivojiga so’zsiz katta hissa qo’shayotganiga bugun barchamiz guvoh bo’lmoqdamiz. 
Turli davlatlar bilan aloqalarning rivojlanishi shubhasiz o’sha davlatlarning tillarini 
mukammal bilishni taqazo etmoqda. Bu esa tillarni o’rganishga bo’lga e’tiborni 
kuchaytirib tarjimachilikning rivojlanishiga zamin yaratmoqda.
Tarjima insoniyat faoliyatining eng qadimiy turlaridan biridir. Tarjima tufayli 
biz insoniyat taraqqiyoti tarixini barcha tafsilotlari bilan ochiq-oydin tasavvur 
etamiz.
Tarjima pragmatikasining vazifasi - asliyat va tarjima tillari leksik, grammatik 
va stilistik hodisalari o‘rtasidagi uyg‘un hamda tafovutli jihatlarni puxta o‘zlashtirib 
olgan holda, asliyatning shakl va mazmun birligini ona tili vositalari yordamida 
qayta yaratishdan iboratdir. 
Asl nusxa muallifidan voqelikni to‘g‘ri aks ettirish talab etilsa, tarjimondan
asl nusxani bekami-ko‘st talqin etish talab qilinadi va bu bekami-ko’stlik pragmatika 
orqali amalga oshiriladi.
Tillararo muloqotning alohida turi bo‘lmish tarjima turli tillar matnlarining
mazmunan teng qiymatliligini taqazo etadi. Asliyat va tarjima matnlari 
mazmunining o‘zaro mos kelishi, ekvivalentlikni tarjimaning asosiy sharti 
ekanligini ko‘rsatadi. Tarjima amaliyoti sirlarini mukammal egallagan va uning 
nazaryasi bilan puxta qurollangan tarjimongina asliyatga ekvivalent tarjimalar 
yarata oladi. Asliyatga ekvivalent hisoblangan tarjima o’zida asliyatning pragmatik 
xususiyatlarini ham mujassam eadi. 


37
J. Layonz pragmatikaga ta’rif berib shunday deydi: «Pragmatika tinglovchini 
uzatilayotgan axbarotni xuddi so‘zlovchi istaganidek qabul qilishga undash maqsadi 
uchun mos keladigan lisoniy birliklarning kommunikatsiyada qo‘llanishini 
tavsiflaydi. Bu pragmatika lisoniy vositalarning shaxslararo muloqotdagi rolini 
aniqlash bilan shug‘ullanadi deyish demakdir». 
Tarjima - xorijiy tildagi matnni ona tili materiallari asosida qayta yaratish 
bo‘lsa, pragmatika esa - o‘sha qayta yaratilgan matnning asl ma’no-mazmunini 
yetkazib berishdir. Pragmatik xususiyatlar orqali «haqiqiy» ma’noni yuzaga 
chiqarish uchun kontekstda ifodalangan ma’no qo‘llaniladi va tahlil qilinadi. 
Tarjimon tarjimada pragmatik xususiyatlarni ifoda etishda asliyat matniga nisbatan 
pragmatik jihatdan neytral bo‘lishi kerak. 
Matnning pragmatik salohiyati axborotning mazmuni va shakli bilan 
ifodalanadi. Mazmun va shakl avvaldan tilda mavjud bo‘lgan ifoda vositalaridir va 
muallif ulardan faqat o‘rinli foydalanadi xolos. 
Ba’zida tarjimaning o’ziga xos pragmatik xususiyatlarini ifodalsh uchun ba’zi 
bir izohlovchi so’zlardan foydalaniladi. Bunday izohlar asliyat tilida mavjud biroq, 
o‘zbek kitobxoni uchun notanish bo‘lgan asliyat tili xalqiga, ularning turmush 
sharoitiga oid realiyalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Download 366,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish