O`zgarmas harajatlar
O`zgarmas harajatlar bu ishlab chiqarish hajmi ahamiyatga ega doirada o`zgarishiga bog`liq
bo`lmagan o`zgarmas yoki doimiy harajatlar.
Ahamiyatga ega ko`lam
deganda harajatlar va ishlab
chiqarish (faoliyat yoki hajm doirasi) orasidagi yaqin munosabatni ko`rsatyuvchi ko`lamni tushunish
mumkin. Masalan, 1001-2000 birlik mahsulot bu ko`lam. Bu shuni anglatadi-ki, 2001-4000 birlik
mahsulot ishlab chiqarish ko`lamida o`zgarmas harajatlar boshqa darajada bo`ladi. Bu harajatlat 1001-
2000 birlik mahsulot ishlab chiqarishdagi harajatlar bilan bir xil emas.
Masalan, o`zgarmas harajat ishlab chiqarishni boshqaruvchi hodim maoshiga ta`sir ko`rsatadi. 1-
2000 birlik mahsulot uchun faqatgina bitta boshqaruvchi kerak bo`ladi va bu boshqaruvchi oyiga 5000$
oylik oladi. Agar ishlab chiqarish hajmi 2000 birlik mahsulot ishlab chiqarishdan oshsa, korxona yana bir
3500$ oylik maosh oluvchi boshqaruvchi (yangi bilim) ga ehtiyoj sezadi. Mahsulot ishlab chiqarish 4000
birlikdan oshishi bilan o`zgarmas harajat oyiga 5000$ dan 8500$ (5000+3500) gacha oshadi. O`zgarmas
harajatlarga boshqa misollar qilib asosiy vositalar eskirishi, sug`urta, bino ijarasi, reklama, foiz sarflari va
mulk solig`ini keltirish mumkin.
Na`muna: 10.1
Quyidagi jadval vazalar ishlab chiqaruvchi tomonidan sarflanadigan ijara harajatlarini ko`rsatadi. Ijara
haqi bu o`zgarmas harajat.
22
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014;
192 bet.
168
Mahsulot( vazalar soni) Oylik ijara $
Har birlikka to`g`ri keladigan
o`zgarmas harajat, $
100
3000
30.00
200
3000
15.00
300
3000
10.00
400
3000
7.50
Ishlab chiqaruvchi tomonidan faoliyat yoki ishlab chiqarish darajasi (umumiy vazalar ishlab chiqarish
hajmi) ga ko`ra sarflanishi kerak bo`ladigan oylik ijara haqi quyidagi chizmada aks ettirilgan:
Yuqoridagi chizmadan oylik ijara haqi o`zgarmas, 3000$. Har birlik mahsulotga to`g`ri keladigan
o`zgarmas harajat (umumiy ijar/mahsulot birligi) umimiy mahsulot soniga qarab o`zgaradi. Qanchalik ko`p
mahsulot ishlab chiqarilsa, bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas harajat shunchalik kam
bo`ladi. Bu o`zgarmas harajat ishlab chiqarishning har bir darajasida o`zgarmas degani. Agar mahsulotlar
soni oshsa, bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas harajat o`zgaradi. Bir birlik mahsulotga
to`g`ri keladigan o`zgarmas harajat kam bo`ladi agar ishlab chiqarilgan mahsulot soni ko`p bo`lsa, va
aksincha.
23
Faoliyat va davr darajasiga bog`liq ravishda o`zgarmas harajatlat odatda oshib boradi. Masalan,
oylik ijara haqi 2007-yil 3000$ dan 2008-yil 3500$ ga oshdi va bu miqdor har yili oshib borishi kutiladi.
Tasavvur qiling quyidagi chizmaga mos holda 2007-yildan boshlab 4 yil davomida 3000$, 3500$, 4000$
va 4500$ bo`lib oshib bordi. Yildan yilga oylik ijara haqi (o`zgarmas harajat) oshishi zinalar shaklidagi
chizmadan iborat bo`ladi.
23
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014;
194 bet.
169
Do'stlaringiz bilan baham: |