231
-
foizlarni to’lash sanasi;
-
obligatsiya chiqarilgan rasmiy sana.
Obligatsiyalarni sotishda qarzdor kompaniya (emitent) obligatsiyani so’ndirish sanasida investorga
to’lanishi lozim bo’lgan summani "To’lanadigan obligatsiyalar" schyoti kreditida aks ettiradi.
Qimmatli
qog’ozning butun muomala davrida qarzdor kompaniya balansida mazkur summa majburiyat sifatida
hisobga olinadi.
Misol.
900 ming so’m nominal qiymatga ega ikki yillik obligatsiya sotildi:
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti"
900
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar"
900
Investor obligatsiyani sotib olayotib, foizlar ko’rinishida daromad olish huquqiga ega bo’ladi
(foiz stavkasi obligatsiya chiqarilayotgan paytda belgilangan bo’lib, uning butun muomala davrida
o’zgarmaydi). Ta’kidlash joizki, yangi schyotlar rejasida majburiyatlar bo’yicha foizlarni hisoblab yozish
alohida 6920-"Hisoblangan foizlar" schyotida ko’rsatiladi.
Qarz majburiyatining bozor qiymatini to’g’ri baholash uchun obligatsiyada ko’rsatilmaydigan va
fond bozorida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan ayrim muhim ma’lumotlarni ham bilish shart.
Qator holatlar tufayli obligatsiyalar rasmiy sanasidan ancha keyinroq ham chiqarilishi mumkin. Bu esa
chiqariladigan zayomni
rasmiy ro’yxatdan o’tkazish taomili kechikishi, kompaniyada yoki butun iqtisodiyotdagi ahvolning
o’zgarishi, texnikaviy ishlar bilan bog’liq. Kompaniya bozorda amal qilayotgan
foiz stavkalarini
kamaytirish sharti bilan o’z obligatsiyalari realizatsiyasini atayin orqaga tashlashi mumkin.
Oxirgi sabab kompaniya obligatsiyasining bozor qiymatiga ta’sir ko’rsatmaydigan, unga bog’liq
bo’lmagan omillardan eng muhimi hisoblanadi. E’lon qilingan va bozor foiz stavkalarini tenglashtirishda
fond bozorida obligatsiyalar nominal qiymat bo’yicha sotiladi. Biroq umumiy iqtisodiy vaziyatning
tasiri ostida bozordagi foiz stavkalarining harakati, kompaniyalar oxirgi sababni aniqlashda uni zayom
joylashtirilgan paytda amal qilgan bozor foiz stavkasiga yuqori darajada yaqinlashtirishga harakat qilishiga
qaramay, ko’pincha e’lon qilingan stavkadan farq qiladi. Bozor foiz stavkasi va zayomning bozor qiymati
o’zgarishi qaytar bog’likdiqtsa bo’ladi. Agar bozor stavkasi e’lon qilinganidan yuqori bo’lsa,
obligatsiyalarning bozor bahosi obligatsiya xarid qilayotgan investor bozor stavkasi bo’yicha olinadigan
daromadga teng baravar daromad olishi uchun nominal qiymatidan kamayib ketadi.
Shunday qilib, agar bozor foiz stavkasi e’lon qilin-ganidan yuqori bo’lsa, joylashtirilayotgan
obligatsiyalar chegirma bilan sotiladi, qaytar holatda esa ularning qiymatiga mukofotlar qo’shiladi.
Obligatsiyalarni chegirma yoki mukofotlar bilan sotish deganda, joylashtiriladigan
zayomning sifati
haqida gapirilmaydi, balki obligatsiya egasiga keladigan daromad shunga o’xshash obligatsiyalarning
bozor darajasidagi daromadiga mos kelishi uchun yo’naltirilgan, ularning narxlariga bozorga doir
tuzatishlar kiritish jarayoni aks ettiriladi. Zayom joylashtirilgandan keyingi bozor foiz stavkasiga
tuzatishlar hisobga olinmaydi.
Uzoq muddatli qarzlar va ular bo’yicha foizlar qarzdor va kreditorga tegishli schyotlarda teng
baravar summalarda aks ettiriladi. Umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq
mazkur summa quyidagi omillardan kelib chiqib anikdanadi:
- uzoq muddatli qarz summasi, bu qarz evaziga olingan sarmoya (pul mablag’lari), tovarlar va
xizmatlar sof (bozor) qiymatiga teng;
- uzoq muddatli qarz bo’yicha davriy foiz to’lovlari qarz va hisobot davri boshidagi qarz qoldig’i
joylashtirilgan sanadagi bozor foiz stavkasi
asosida aniqlanadi;
- uzoq muddatli qarzning balans summasi qarz joylashtirilgan sanada amal qilgan bozor foiz
stavkasi bo’yicha mazkur to’lovlar summasini diskontlash yo’li bilan olingan qolgan barcha pul
mablag’lari to’lovlarining joriy qiymatiga teng. Uzoq muddatli qarzning balans qiymatini hisob-kitob
qilish uchun foydalaniladigan foiz stavkasi mazkur qarzni joylashtirish muddati mobaynida o’zgarmaydi.
232
AQShda va bir qator G’arb mamlakatlarida uzoq muddatli qarzni joylashtirish deganda, amalga
oshiruvchi kompaniyalarning kapital qo’yilmalarini moliyalashning asosiy manbai tushuniladi.
Qimmatli qog’ozlarni (qarz majburiyatlarini) xarid qilishda kreditorlarga, aktsiya egalariga berilgani kabi
ovoz berish huquqi berilmaydi, bu esa kompaniyalarga ularning hozirgi rahbarlari qo’l ostida muhim
xo’jalik qarorlarining qabul qilinishi ustidan nazorat qilishni saklagan holda investitsiyalarni jalb etishga
imkoniyat yaratadi.
Bundan
tashqari, dividendlardan farkdi o’laroq, uzoq muddatli qarzlar bo’yicha foizlarni to’lash
ko’pchilik G’arb mamlakatlarida kompaniya xarajatlariga kiritiladi hamda uning foyda solig’i olinadigan
daromadi summasidan chegiriladi.
Malumki, O’zbekistonda o’zgacha tartib amal qiladi:
«Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq uzoq muddatli bank kreditlariga oid
xizmatlar ko’rsatish bo’yicha to’lovlar daromad (foyda) solig’i olinadigan bazaga kiritiladi.
Agar sub’ektlar tomonidan mablag’larni jalb etish obligatsiyalarning nominal qiymatidan
yuqori narxda sotish yo’li bilan amalga oshirilgan bo’lsa, obligatsiyalarning sotish narxi va nominal
qiymati o’rtasidagi farq 6220-"Mukofot (ustama) ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar" va 7220-
"Mukofot (ustama) ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotlari kreditida aks
ettiriladi.
Misol.
700 ming so’m nominal qiymatiga ega ikki yillik obligatsiya 720 ming so’mga sotilgan:
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti" 720
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar"
700
Kt
6220
"Mukofot
(ustama)
ko’rinishidagi
kechiktirilgan
daromadlar"
10
Kt
7220
"Mukofot
(ustama)
ko’rinishidagi
uzoq
muddatli
kechiktirilgan daromadlar"
10
Ustamaning bir qismini joriy davrdagi (yaqin yildagi) daromad sifatida aks ettirish, boshqa qismini
esa kelgusi davrda hisobdan chiqarish lozimligi tufayli ustama bir yo’la ikki schyotda aks ettiriladi.
Agar obligatsiya (yoki istalgan boshqa qarz majburiyat-lari) bosqichma-bosqich qisman so’ndirish
sharti bilan chiqarilgan bo’lsa, sub’ektlar balansida majburiyat quyidagicha:
joriy tarzda - joriy davrda
so’ndiriladigan summada, uzoq muddatli holda bo’lib - qoldiq summasida ifodalanishi kerak.
Misol.
Dt 5110 "Hisob-kitob schyoti"
700
Kt 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy
qismi"350
Kt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar"
350
Qarzning joriy qismini so’ndirishda uzoq muddatli majburiyatlarning boshlang’ich summasini
kamaytirish lozim, bunda qisqa muddatli majburiyatlar balansda doim uzoq muddatlidan alohida
ifodalangan holda joriy qism qaytadan ajratiladi:
Dt 7830 "To’lanadigan obligatsiyalar"
Kt 6950 "Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi".
Asosiy qarzni to’lash va obligatsiyalarni so’ndirishda ob-ligatsiyalarni hisobga olinadigan schyotlar
debetlanadi, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar esa kreditlanadi.
Xulosa qilinayotganda zayomni joylashtirishga doir xarajatlarni hisobga olish masalasiga to’xtalib
o’tish lozim. Ular zayomni chiqarish va uni joylashtirish xarajatlarini, ro’yxatdan o’tkazish, vositachilik va
boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Mazkur xarajatlarni zayom beruvchi kompaniya o’z zimmasiga oladi, bu
esa zayom bo’yicha haqiqiy foiz stavkalarining oshishiga olib keladi. Biroq, buxgalteriya hisobining
xalqaro tamoyillariga muvofiq, bunday xarajatlar alohida hisobga olinadi hamda muddati kechiktirilgan
233
xarajatlar deb atalgan xarajatlarga kiritiladi. Zayomni joylashtirishga doir xarajatlarga bunday
yondashuv, ular kelgusida
daromad keltirishga qodir uzoq muddatli mablag’ ko’yilmalari sifatida ko’rib
chiqilishi bilan
asoslanadi. Bu xarajatlar zayomning amal qilish muddati davomida bir maromda hisobdan chiqariladi.
O’zbekistonda «Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizom-ga muvofiq, qimmatli qog’ozlarni
chiqarish bilan bog’liq xarajatlar moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga kiritiladi, yuzaga kelishiga qarab
hisobdan chiqariladigan hamda daromad (foyda) solig’i bazasini kamaytirmaydi.
Qarz oluvchi sub’ektlarda 6840 va 7840-"To’lanadigan veksellar" schyotlarida qisqa muddatga va
uzoq muddatga berilgan veksellar hisobga olinadi.
Uzoq muddatli veksellardan, odatda, muayyan aktivlar xaridiga oid to’lovlar yoki boshqa aniq
maqsadlar uchun foydalaniladi. Ularning obligatsiyalardan farqi aynan shundan iborat, chunki ular
yordamida jalb etiladigan mablag’lardan qarz oluvchi turli xo’jalik vazifalarini hal etish uchun
foydalanadi. Bundan tashqari, veksellar institutsionallashtirilgan sarmoya
bozorlarida muomalaga
kiritilmaydi (ochiq savdo uchun qo’yilmaydi) hamda obligatsiyalarga nisbatan ancha uzoq amal qilish
muddatiga ega bo’ladi.
Veksellar obligatsiyalar singari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: