Самарқанд давлат архитектура қурилиш


 Tashkilotni aylanish orqali boshqarish



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

13.2.1. Tashkilotni aylanish orqali boshqarish. 
Tashkilotda strategiyani qanday amalga oshirilayotganini bilish 
uchun menejer rasmiy va norasmiy axborot manbalari tarmog’ini 
yaratishi lozim. Axborotning asosiy kanallari bu: asosiy ijrochilar bilan 
bevosita muloqotda bo’lish, hisobotlar va faoliyatning oxirgi natijalari 
bilan tanishish, mijozlar bilan suhbatlashish, raqobatchi firmalarni 
kuzatish, tashkilotda norasmiy kanallar orqali tarqaladigan mish-
mishlarni va oddiy xodimlarning ma’lumotlarini tahlil etish, hamda 
vaziyatni shaxsan kuzatishdir. Ba’zi axborot kanallari ishonchli, 
boshqalari esa soxta, noaniq bo’lishi mumkin. Yozma hisobotlardan 
to’liq xaqiqatni bilishga erishib bo’lmaydi. Salbiy yangiliklar to’liq aks 
ettirilmasligi yoki butunlay ko’rsatilmasligi mumkin. Ba’zan ijrochilar 
muvaffaqiyatsizliklar va muammolar vaqt o’tishi o’z-o’zidan yechiladi 
va ijobiy o’zgartirishlar ro’y beradi degan fikrlar asosida noxush 
voqyealar to’g’risida rahbariyatga xabar bermaydilar. Shuning uchun 
strategiyani yurituvchilar o’zlarini kutilmagan favqulodda hodisalardan 
saqlash uchun ishonchli axborot kanallari bilan ta’minlashga majbur 


417 
bo’ladilar. Bunga ish joylarini aylanib ko’rish va har xil boshqarish 
pog’onasidagi xodimlar bilan gaplashish orqali erishish mumkin.
Aylanib ko’rish usuli tajribada har xil qo’llaniladi. 

“Hewlett – Packard” muntazam muloqotda bo’lish uchun har bir 
bo’linmada mansabdor shaxslar va oddiy ishchilarning norasmiy 
uchrashuvlarini tashkil etadi. Kompaniyani asoschilaridan biri Bill 
Xyulett o’z ofisini tark etib, tashkilotni aylanib ko’rib, o’z 
ishchilari bilan suhbatlashib, savollar berishni odat tusiga 
aylantirgan edi. U ushbu usulning foydasini sezdi va 
kompaniyaning boshqa menejerlari uchun me’yoriy holga 
aylantirdi. 

Mc Donald`s kompaniyasining asoschisi Rey Krok korxonalarga 
muntazam ravishda tashrif buyurib, sifatni, xizmat ko’rsatishni, 
tozalikni va narx-navoni shaxsan tekshirar edi. U o’z 
restoranlarining yonida joylashgan yengil mashinalar turadigan 
joyda chiqindilar uyumiga duch kelgani va shaxsan o’zi 
«limuzindan» tushib, axlatni tozalashga kirishgani hamda restoran 
jamoasiga tozalik to’g’risida g’aroyib ma’ruza o’qigani haqida 
afsonalar yuradi. 

Ixchamgina sanoat kompaniyasining prezidenti o’zining ko’p 
vaqtini korxonada o’tkazadi. U ishchilar bilan salomlashadi, 
hazillashadi, ularning fikrlarini va takliflarini eshitadi, 2000 
ishchiga har birini nomini aytib murojaat qiladi. 

Marriott korporasiyasining mehmonxonalarini Bill Mariottning o’zi 
shaxsan tekshiruvdan o’tkazadi. U mehmonxona mijozlaridan 
xizmatlar va servis to’g’risidagi shikoyat va takliflarini shaxsan 
unga jœnatishlarini sœraydi. Shikoyatlar bo’yicha u mehmonxona 
menejerlariga telefon qilib, gaplashadi. 
Ko’pchilik kompaniyalarning menejerlari norasmiy muloqotlarga 
katta ahamiyat beradilar. Ular voqyea va hodisalardan xabardor bo’lish 
kerak deb hisoblaydilar. Ofisdan chiqmaydigan rahbarlar o’z atrofiga 
tanqid qilmaydigan va gap qaytarmaydigan shaxslarni to’plashga harakat 
qiladi. 


418 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish