275
korxonalari naqd pul hajmini yetarlicha ta’minlaydimi, buyurtma portfeli
mavsumiy omillarga ta’sirchanmi, buyurtma portfelida raqobat mavqei
zaif korxonalarning ulushi oshib ketmaganmi, kompaniya buyurtma
portfeli istiqbolni ta’minlaydimi? degan savollardan iborat bœladi.
Ushbu savollarga javob kompaniya buyurtma portfelini qayta tashkil
etish imkonini yaratadi.
8.11.1. Samaradorlik mezoni.
Diversifikatsiyalashgan
kompaniya
portfelini
strategik
va
moliyaviy jozibadorligining ishonchli
mezoni bu mavjud tuzilma
yordamida o’z maqsadlariga erishishi imkoniyatidir. Agar javob ijobiy
bo’lsa, strategiyani o’zgartirishga ehtiyoj qolmaydi. Agar maqsadga
erisha olmaslik ehtiyoji mavjud bo’lsa, quyidagi harakatlar amalga
oshiriladi:
1. Portfel tarkibidagi ba’zi (yoki hamma) korxonalarning strategik
rejalarini muvofiqlashtirish. Ushbu variant mavjud biznes birliklar
asosida yaxshi natijalarga erishishni nazarda tutadi.
Kompaniya
menejerlari birlik biznes menejerlaridan natijalarni yaxshilashni talab
qilishi mumkin. Lekin qisqa muddatlarda natijalarni yaxshilash uchun
qilinadigan keskin harakatlar korxonaning ko’rsatkichlarini xavf ostida
qoldiradi. Korxonaning uzoq muddatli raqobatdoshligini oshiradigan
xarajatlardan qisqa muddatli moliyaviy ko’rsatkichlarni yaxshilash
uchun voz kechish xavfli strategiya hisoblanadi.
2. Kompaniya portfelini yangi biznes birliklari bilan to’ldirish.
Kompaniya yangi bizneslarni sotib olishi yoki o’z tarkibida tashkil etishi
bilan yangi strategik muammolarga to’qnash keladi. Kompaniya
portfelini kengaytirilishi quyidagilarni jiddiy tahlil etishni taqozo etadi:
a) hozirgi faoliyat turiga mos keladigan
yoki mos kelmaydigan
korxonalarni sotib olish kerakmi; b) qanaqa o’lchamdagi korxonalarni
sotib olish kerak; v) yangi biznes birliklari kompaniyaning
shakllangan tuzilmasiga qanday moslashadi; g) sotib olish uchun yangi
nomzodning qanaqa xususiyatlari
muhim ahamiyatga ega; d) mavjud
bizneslarni kamsitmasdan yangilarini moliyalash mumkinmi: yangi
bizneslarni sotib olish – bu muhim strategik variant hisoblanadi.
276
Daromadlarni
pasaytirmaslik
uchun
diversifikatsiyalashgan
kompaniyalar tez-tez ushbu usuldan foydalanadilar.
3.
Qoniqarsiz
natijalarga
ega
bo’lib, zarar keltiradigan
korxonalardan voz kechish. Zaif raqobat mavqeiga ega bo’lib, nisbatan
jozibasiz tarmoqlarda yoki kompaniya strategiyasiga mos kelmaydigan
tarmoqlarda faoliyat ko’rsatadigan korxonalar yo’qotilish
uchun asosiy
nomzodlar hisoblanadi. Ushbu korxonalarni sotilishidan keladigan
mablag’larni yangi biznesni sotib olishga, qarzlarni to’lashga yoki
kompaniyaning
yangi
yo’nalishdagi tashabbuskorlikni qo’llab-
quvvatlashga yo’naltirish lozim.
4. Qoniqarsiz natijalar an’anasini o’zgartirish uchun alyanslarni
shakllantirish. Bir qator vaziyatlarda milliy yoki xorijiy firmalar,
tarmoqdagi assosiasiyalar, ta’minotchilar,
manfaatdor guruhlar bilan
alyanslar tuzish kompaniya istiqbolini yaxshilaydi.
5. Kompaniya maqsadlarini natijalarga nisbatan muvofiqlashtirish.
Bir yoki bir necha biznes yo’nalishlarda noqulay bozor vaziyati paydo
bo’lishi bilan bog’liq kompaniyaning maqsadlari bajarilmay qoladi.
Ushbu vaziyat dastlabki maqsadlarni haddan tashqari yuqori belgilanishi
oqibatida ham vujudga kelishi mumkin. Vaziyatni tartibga solish uchun
maqsadlar bilan imkoniyatlar bir-biriga muvofiqlashtiriladi. Odatda bu
boshqa variantlar natija bermaganda «oxirgi vosita» hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: