271
Diversifikatsiyalashgan
kompaniyalarning
raqobat
mavqeini
baholash quyidagi omillarga asoslanadi.
1.
Bozorning nisbiy ulushi. Bozor ulushi katta bo’lgan biznes
birliklarining raqobat mavqei bozor ulushi kichik biznes
birliklarining raqobat mavqeiga
nisbatan mustahkam deb
hisoblanadi.
2.
Tovar narxi yoki sifati bo’yicha raqobatlashish qobiliyati.
Xarajatlar bo’yicha raqobatdosh va taniqli savdo markasiga ega
hamda mahsulot sifati yuqori bœlgan tashkilotlar o’zining savdo
markasini iste’molchilar tomonidan e’tirof etilishi uchun yoki tovar
narxi uchun kurashayotgan tashkilotlarga nisbatan yuqoriroq
mavqyega ega.
3.
Texnologik va innovasiya qobiliyatlari. Texnologik sardorlar o’z
tarmog’ida raqobatbardosh hisoblanadi.
4.
Tarmoqdagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi
omillar biznes birligi
malakasiga va ko’nikmalariga qanchalik mos kelishi. Korxona
muvaffaqiyatining tayanch omillari uning kuchli tomonlariga
qanchalik to’liq mos kelsa, u raqobat
kurashida shunchalik yuqori
bozor mavqeiga ega bo’ladi.
5.
Raqobatchilar bilan taqqoslaganda korxonaning foydalilik darajasi.
Investisiyalardan keladigan foyda me’yori raqobatchilarnikiga
qaraganda qanchalik yuqori bo’lsa, korxona shunchalik mustahkam
bozor mavqeiga ega bo’ladi. Bundan tashqari o’rtachadan yuqori
foyda olish imkoniyati raqobat kurashida ustunlikdan darak beradi.
O’rtachadan past foyda me’yori esa korxonaning bozorda zaif
mavqyega ega ekanligini bildiradi.
Bozorlarni
va xaridorlarni bilish, katta ishlab chiqarish
imkoniyatlariga ega bœlish, yuqori malaka ko’nikmalari, savdo
markasining nufuzli ekanligi hamda boshqaruv sifati va boshqalar
raqobat ustunligining qo’shimcha omillari deb hisoblanadi.
Har bir biznesning raqobat ustunligini
hisoblash ulardan qaysilari
mustahkam, qaysilari zaif bozor mavqeiga ega ekanligini aniqlash
imkonini beradi. Agar ushbu tahlillarni amalga oshirish uchun kerakli
axborotlar yetarli bo’lmasa, har bir biznes birligini vaziyatini «kuchli»,
272
«o’rta» va «zaif» deb baholash mumkin. Ushbu subyektiv mulohazalar
yetarli darajada ishonchli bo’lsa, ular sonli baholashlarni o’rnini bosishi
mumkin.
Kompaniya portfelida qanaqa bizneslar
kuchli raqobat mavqeiga
ega ekanligini menejerlar tomonidan
baholanishi
uning
resurslarini
taqsimlanishida
qo’shimcha
asos
bo’lib xizmat qiladi. Kompaniya
foydali tarmoqda harakatlanadigan
zaif korxonani investisiyalashga qaraganda o’rtacha
jozibador tarmoqda
joylashgan kuchli raqobat mavqeiga ega korxonani investisiyalash orqali
uzoq vaqt davomida yuqoriroq foyda olishni afzal ko’radi. Shu sababli
diversifikatsiyalashgan kompaniya o’z resurslarini muayyan tarmoqqa
yo’naltirishda uning jozibadorligini va korxonaning kuchli tomonlarini
inobatga olishi zarur.
Ko’pchilik diversifikatsiyalashgan kompaniyalar o’z resurslarini
muvafaqqiyatli raqobatlashishi mumkin bo’lgan tarmoqlarga yo’naltiradi
va sardor bo’lish imkoniyati mavjud bo’lmagan tarmoqlardagi
bizneslardan voz kechadi. Masalan, General Elektric kompaniyasining
strategiyasi korxonalarning o’z tarmoqlarida birinchi yoki ikkinchi
bo’lishiga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: