Самарқанд давлат архитектура қурилиш



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/352
Sana03.03.2022
Hajmi3,21 Mb.
#481083
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   352
Bog'liq
Стратегик Менежмент дарслик

Tayanch vaziyatlar. 
Ko’pchilik kompaniyalar iqtisodiyotning bitta tarmog’ida ildiz 
otgan bo’ladi. Ular boshqa tarmoqlarga diversifikatsiyalashgan bo’lsalar 
ham, tushum va daromadlarning katta qismini o’zlarining tarmoqlaridan 
oladilar. Kompaniya foydani oshirish imkoniyatiga diversifikatsiya 
yordamida erishadigan bo’lsa, ushbu diversifikatsiya jozibador bo’ladi. 
Diversifikatsiyaning vazifasi aksiyalarni birjadagi narxini oshirishdan 
iborat. Diversifikatsiyalashgan bizneslar guruhi bosh kompaniya 
rahnamoligida alohida tarqoq bizneslarga nisbatan yaxshiroq ishlaydigan 
bo’lsa, diversifikatsiya bozor qiymatiga ega bo’ladi. 
Diversifikatsiyaga ikki turdagi fundamental yondashuvlar mavjud – 
turdosh va noturdosh bizneslarga diversifikatsiya. Turdosh biznes 
foydasi uchun dalillar strategik xarakterga ega. Biznes strategik 
muvofiqlikka ega bo’ladi, qachonki:
1) masshtab samaradorligiga ega bo’lsa yoki texnologiyani, ishlab 
chiqarish quvvatlarini, funksional imkoniyatlarni, taqsimot tizimlarini va 
savdo markalarini umumlashtirish natijasida xarajatlarni tejash mumkin 
bo’lsa; 
2) bilimlarni, malakali xodimlarni yoki texnologik tajribalarni 
o’zaro almashtirish mumkin bo’lsa; 
3) diversifikatsiya strategiyasidan foydalanish mumkin bo’lsa. 
Noturdosh diversifikatsiya foydasi uchun asosiy dalil bu qulay 
moliyaviy sharoitda sotib olingan va yaxshi foyda olish potensialiga ega 


244 
har qanday biznes diversifikatsiya uchun to’g’ri keladi. Noturdosh 
diversifikatsiya bu asosan diversifikatsiyaga moliyaviy yondashuvdir. 
Chunki moliyaviy manfaatlarga nisbatan strategik muvofiqlik ikkinchi 
darajali hisoblanadi. Noturdosh diversifikatsiya raqobatbardoshlikning 
strategik muvofiqlik beradigan ustunligidan voz kechadi, chunki
unda quyidagi imkoniyatlar mavjud: 1)tadbirkorlik tavakkalchiligini 
har xil tarmoqlarga taqsimlash; 2) tezkorlik bilan moliyaviy 
muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega bo’lish. Lekin ushbu 
imkoniyatlardan foydalanish uchun tashkilot rahbari yetarli iqtidorga, 
bilimga va tajribaga ega bo’lishi lozim. 
Diversifikatsiya 
nihoyasiga 
yetganidan so’ng korporasiya 
rahbarlarining asosiy vazifasi uzoq muddatli samarali buyurtma 
portfelini yaratishdan iborat. 
Diversifikatsiya kompaniyalarining 
faoliyatini yaxshilaydigan 6 ta yondashuvlar mavjud: 1) yangi ishlab 
chiqarishni sotib olish; 2) kompaniya yo’nalishiga to’g’ri kelmay qolgan 
zaif bizneslarni sotish; 3) kompaniya kelajagi noaniq va uning faoliyati 
qoniqarsiz bo’lsa, buyurtma portfelini tarkibini restrukturizasiya kilish
4) tor diversifikatsiyalashgan bazaga o’tish; 5) ko’p millatli 
diversifikatsiyaga o’tish; 6) istiqboli noaniq va zarar keltiruvchi 
bizneslardan voz kechish. 
Ko’p millatli diversifikatsiya strategiyasi ko’plab milliy bozorlarga 
kirishni nazarda tutadi. Ko’p sonli strategiyalarni yaratilishining va 
boshqarilishining murakkabligiga qaramay, ko’p millatli diversifikatsiya 
raqobatbardoshlik nuqtai-nazaridan muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. 
Ko’p millatli diversifikatsiya bir necha global tarmoqlarda mustahkam 
raqobat mavqeiga ega bo’lish uchun strategik muvofiqlik ustunligidan 
foydalaniladi. 
Ushbu 
ustunliklardan 
yaxshi 
foydalanilsa, 
raqobatchilardan uzib ketish mumkin. Bitta milliy bozorda va tarmoqda 
faoliyat ko’rsatuvchi kompaniya yagona foyda «qo’riqxonasi»ga ya’ni 
mamlakatning milliy bozoriga ega bo’ladi. Bitta tarmoqda faoliyat 
ko’rsatuvchi ko’p millatli kompaniya esa bir necha mamlakatlarda foyda 
«qo’riqxonasi»ga ega bo’ladi. Ushbu kompaniyalar ham o’z navbatida 
o’z «qo’riqxona»larida hujumkor harakatlarni amalga oshirish 
imkoniyatiga ega ko’p millatli diversifikatsiya kompaniyasi oldida zaif 


245 
hisoblanadi. Chunki ko’p millatli diversifikatsiya kompaniyasi masshtab 
samarasi yaratadigan past xarajatlar ustunligidan foydalanib, narxlarni 
pasaytirish orqali bozorlarni egallashi mumkin. Ko’p millatli 
diversifikatsiya kompaniyasi ushbu ustunlikdan foydalanmay ham 
boshqa bizneslardan keladigan foyda hisobiga narxlarni pasaytirish 
orqali bitta tarmoqda ishlaydigan milliy va ko’p millatli kompaniyalarni 
moliyaviy va raqobat vaziyatini mushkul holatga tushirishi mumkin. 
Ko’p millatli diversifikatsiya kompaniyasi katta raqobat potensialiga 
ega. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish