Samadova Dilorom Qalqon qizi



Download 2,07 Mb.
Sana22.06.2022
Hajmi2,07 Mb.
#693107
Bog'liq
Ziyorat odobi uslubiy qo`llanma


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


XALQ TA`LIM VAZIRLIGI

SURXONDARYO VILOYATI


XALQ TA`LIM BOSHQARMASI

Muzrabot tuman Xalq ta`limi bo`limi


Muzrabot tumani 30-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Samadova Dilorom Qalqon qizining tarbiya fanidan «Mening havo sharim» mavzusidan


USLUBIY TAVSIYA

Mazkur mеtodik tavsiya boshlang`ich sinflarda o’qish darsida mеtodik qo`llanma sifatida kam tajribali, yosh mutaxassislar uchun foydalanishga mo`ljallangan va barcha boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun ommalashtirildi.


Muallif: D.Samadova


Muzrabot tuman 30-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Taqrizchi: M.Narziyev
Muzrabot tuman XTBga qarashli 30-maktabning oliy toifali boshlang`ich sinf o`qituvchisi
J.Jabborov
Muzrabot tuman XTBga qarashli 30-maktabning oliy toifali huquq va tarbiya fani o`qituvchisi
Ushbu dars ishlanma Muzrabot tuman xalq ta`limi muassasalari faoliyatini mеtodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi ta’limi bo’limi mеtodik kеngashining 2022 yil «___»____________ _____-sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etiladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


XALQ TA`LIM VAZIRLIGI

SURXONDARYO VILOYATI


XALQ TA`LIM BOSHQARMASI

Muzrabot tuman Xalq ta`limi bo`limi


Muzrabot tumani 30-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Samadova Dilorom Qalqon qizining tarbiya fanidan «Mening havo sharim» mavzusidan


USLUBIY TAVSIYA

Bugun pedagoglarimizning eng muhim vazifasi nima degan savolga bir so‘z bilan “Komil insonni tarbiyalash”, deb javob berish mumkin. Biz o‘quvchilarimizni har tomonlama “Komil inson” qilib tarbiyalashimiz uchun ularga mustaqil fikrlashni shakllantirishda yangicha manbalardan foydalanishimiz kerak. Bunga misol qilib “Mening havo sharim” metodidan foydalandim. Bu orqali o’quvchi har bir to’g’ri javob uchun yuqoriga parvoz qilayotganini anglaydi. Havo shari aka-uka Mongolfyelarning tarixiy ixtirosi. 5-iyun – ilk havo shari osmonga uchgan sana.

Bugungi kunda ko‘kda uchayotgan havo sharlarini ko‘rganda deyarli hech kimda hayrat uyg‘onmaydi. Lekin tarixda bu odamzodning azaliy orzusi edi.
Afsuski, uzoq asrlar mobaynida qush kabi uchmoqchi bo‘lganlarning birortasi ham maqsadiga erisha olmagan. Sun’iy qanotlar yasab uchib ko‘rishga hatto Leonardo da Vinchi ham uringanini yaxshi bilamiz. Lekin bunday dovyuraklarning ko‘pchiligi baribir oxir-oqibatda muvaffaqiyatsizlikka yo‘liqib, hatto mayib bo‘lib qolganlari ham bo‘lgan. Xususan, 1781-yildayoq Kavello ismli Italyan fizigi vodorodni pufakchalar ko‘rinishidagi biror hajmga qamalsa, u tepaga yuk ko‘tarib chiqishi mumkinligini tajribalar orqali ko‘rsatib berdi. Bu ko‘plab havaskorlar uchun parvoz qilish orzusini alangalatib yubordi. Go‘yoki endi vodorodni odamni ko‘tara oladigan miqdorda biror katta shar ichiga to‘plasa va unga savatcha bog‘lab qo‘yib, ichiga o‘tirib olinsa, osmon-falakka parvoz qilish mumkin edi!

Vaziyat o‘zgarishiga, albatta, ilm-fan poydevor qo‘ydi. XVI–XVII asrlar mobaynida kimyogar olimlar ayrim yengil gazlarni kashf etdi va olish usullarini ishlab chiqishdi. Xususan, 1766-yilda Genri Kavendish vodorodni kashf qildi. Vodorod havodan 14 marta yengil bo‘ladi. Vodorod va u singari yengil gazlar yengil jismlarni havo bo‘ylab yuqoriga ko‘tarish xususiyatiga ega edi. Albatta, bu jihat endi yasama qanotlardan voz kechib, odamlarning yengil gazlar yordamidan balandlikka ko‘tarilish haqidagi yangi orzulariga sabab bo‘ldi.
Tarixda birinchi marta aka-uka Mongolfyalar tomonidan qurilgan havo sharida ximik Jan Fransua Pilatr de Rozye do‘sti markiz Fransua de Arlando bilan uchishga otlandilar. Issiq havo bilan to‘ldirilgan shar Parijning g‘arbida joylashgan shaharchadagi de la Myuet qal'asining bog‘idan 1783 yil 21 noyabrda havoga ko‘tarildi. Havoda suzuvchilar 915 m balandlikka ko‘tarildilar va 25 minutda 9 km masofani bosib o‘tdilar, keyin esa Fontenblo yo‘li yaqinidagi ochiq maydonga muvaffaqiyatli qo‘ndilar. Uchish o‘ziga yarasha ajoyib voqyea edi, bundan tashqari ximiklarni ilgari surayotgan nazariyalarini to‘g‘ri ekanligini isboti sifatida ham katta ahamiyatga ega edi. Havo sharini boshqaruvchisiz va boshqaruvchi bilan uchishi to‘rtta taniqli ximiklar-Djozef Blek, Genri Kavendish, Djozef Pristli va Antuan Lavuazyelar bilan chambarchas bog‘liq. Keyingi yillarda Yevropada havo sharida ko‘plab uchishlar amalga oshirildi. Insoniyat shunday qilib uchishga o‘rgandi.
Lekin hali tashqarida insonni havoga ko‘tarish fikri aka-uka Mongolfyalarga tegishli. Ular shu maqsadda uchish apparatini yasash g‘oyasini ilgari surdilar. Bunday apparatni ya'ni issiq havo bilan to‘ldirilgan havo shari boshqaruvchisiz 1783 yil 5 iyunda uchirildi. Ular tomonidan qurilgan yirik shar balandligi 22.7 m, diametri 15 m edi. Uning quyi qismiga ikki kishiga mo‘ljallangan aylana ayvon mahkamlanadi. Lekin Fransiya qiroli Lui XVI qurilma avtorlariga uchishda o‘zlari ishtirok etishlariga ruxsat bermadi. Havo sharining yaratilishi kabi o’qituvchilar har bir o’quvchilarga fikrini aniq bayon qila olishga, ularni kundalik hayotda qo’llashga, natijaga erishishga o’rgatish.

Dars jarayonida “Mening havo sharim” metodini qo’llash uchun dastlab tayyorlangan havo sharining maketlari kerak bo’ladi. Maketlar o’quvchilarga tarqatilib chiqiladi. Har bir havo sharida bir nechta savollar yozilgan kartochkalar joylangan bo’ladi. Har bir o’quvchi o’zining havo sharidagi savollarga javob berishiga ko’ra parvoz qiladi. Har bir savolga bergan javobi uchun shuncha pog’ona yuqorilaydi.

“Mening itoatimdagi bittasi ham qanot yasab uchmoqchi bo‘lgandi, keyin men uni poroxli bochkaga o‘tqazib qo‘ydim! Bir uchib ko‘rsin...”.
Bu dialogni siz, albatta, yaxshi esladingiz. “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” nomli mashhur komediyada shoh Ivan Grozniy injener Timofeyev bilan suhbatda shunday deydi. Yoki o‘zimizning “Abdullajon” filmimizda ham rahmatli To‘ychi Oripov “Men uchamaaaaan!” deb ketmon bilan sakragan sahnani yodga olaylik. Bizga kulgili tuyuladigan bu gaplar aslida odamzotning juda uzoq asrlar, ming yillar davomida orzu qilib kelgan narsasi – parvoz qilish orzusining in’ikosidir.

O‘quvchi yoshlarni “Komil inson” qilib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilingan.
Biz o‘quvchilarimizni “Komil inson”lar qilib tarbiyalash uchun ularning qalbida quyidagilarni shakllantira olishimiz kerak:
– fikrlash, ya’ni tafakkur madaniyatini shakllantirish, mushohadaga o‘rgatish;
– chuqur bilim va dunyoqarashga ega bo‘lish;
– mustaqil fikrlay olish;
– ezgulik va yovuzlik, sog`lom bunyodkor va buzg`unchi g`oyalarni ajrata olish;
– buyuk ajdodlarimizni tarixiy - ma’naviy merosini bilish, ijtimoiy hayot va Vatan ravnaqi yo‘lida ulardan foydalanish;
– o‘quvchilarda mardlik, g`ayratlilik, shijoatli bo‘lish, jasurlik, fidoyilik, vatanparvarlik, bunyodkorlik kabi fazilatlarini kamol toptirish va ularni qatiyat bilan amalda qo‘llay olish;
– bezorilik, jangarilik, axloqiy tubanlik, yolg`onchilik, o‘g`rilik illatlariga keskin kurasha olishga o‘rgatishimiz lozimdir.
”Tushunchalar tahlili” metodidan bir darsning o’zida dars boshida o’tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash yoki yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning dastlabki bilimlari, qanday tushunchalarni egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin
Bizga ma’lumki ba’zan darsda qiziqmasdan zerikib o’tirgan o’quvchiga ko’zimiz tushadi.Men “Mening havo sharim” metodi orqali bu muommoga yechim topishga harakat qildim.Bunda o’quvchilar diqqatini tortish maqsadida “Havo shari” maketini ko’rsatamiz. Har bir bola maketni ushlashga harakat qiladi.
O’qituvchi tomonidan savol beriladi.Qani kim havo sharida uchishni xohlaydi.Kimki savollardga javob bersa,o’sha o’quvchining havo shari yuqoriga ko’tariladi.
1-savolga javob bersa 10sm
2-savolga javob bersa 20-sm
Shu tariqa savol-javob davom etadi.Bu metod orqali o’tgan mavzu va yangi mavzu mustahkamlanib olinadi,hamda matematika va ona tili fanlari bilan o’zaro bog’lanadi.Qolaversa bu metod guruh qilib bajarilganda qaysi guruhning “havo sharlari” eng yuqori ko’tarilsa, o’sha guruh rag’bat kartochkalari bilan taqdirlanadi.Darsning boshqa qismlarida esa tarbiyaviy tadbirlar orqali o’quvchilar ongida kasb-hunar va mehnat ko’nikmalarini hosil qilish.Umummadaniy bilimlarni,milliy va umumbashariy qadryatlarga asoslangan yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlarni tarbiyalash bilan o’z vatani va xalqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish,atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo’lish tuyg’usini,huquqiy ongni tarbiyalash zarur.
Dars jarayonida teatrlashtirilgan sahnadan foydalanish orqali o’quvchilarni o’ziga bo’lgan ishonchi ortadi,o’zini ichki fikrini yuzaga chiqara oladi va tasavvur olami kengayadi.Qiyin vaziyatlarda ham o’zini qatiyatli va tetik tutishga o’rganadi.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish