Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi


Biosferadagi o‘simlik va hayvonlar biomassasi (Akimova, 1998)



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189
Bog'liq
ekologiya

Biosferadagi o‘simlik va hayvonlar biomassasi (Akimova, 1998)
 
O‘simliklar va 
hayvonlar
 
Biomassa 
mlrd t 

Quruqlik biotasi
 
O‘simliklar  
1341,3 
98,62 
Hayvonlar 
10,9 
0,81 
Jami 
1352,2 
99,43 
Okean biotasi
 
O‘simliklar  
0,7 
0,05 
Hayvonlar 
7,1 
0,52 
Jami 
7,8 
0,57 
Hammasi
 
1360,0 
100 
 
V.I.Vernadskiy  aylanma  harakatda  ishtirok  etadigan  tirik  moddaning 
quyidagi besh asosiy funksiyasini ajratadi: 

 
gaz  funksiyasi-atmosferadagi  asosiy  gazlar  tirik  organizmlar  faoliyati 
natijasida vujudga kelgan va yangilanib turadi; 


79 
 

 
biogen  moddalarni  to‘plash  funksiyasi-organizmlar  tanasida  ko‘plab 
kimyoviy elementlarni to‘playdi; 

 
oksidlanish  –  qaytarilish  funksiyasi  temir, oltingugurt,  marganets, azot 
va  boshqa  elementlarning  biogen  migratsiyasini  ta’minlaydi.  Tirik  hujayralar 
ishtirokida  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  millionlab  marta  katta  tezlikda 
amalga oshadi; 

 
biokimyoviy funksiya-tirik moddaning ko‘payishi, o‘sishi va ko‘chishi, 
o‘lgan organizmlarning parchalanishi va chirishi bilan bog‘liqdir; 

 
insonning  biogeoximik  faoliyati  -  oraliq  moddalarni  (ko‘mir,  neft,  gaz 
va boshqalar) ko‘plab chiqarish va ishlatish. 
Yer  yuzida  tirik  moddaning  asosiy  sayyoraviy  funksiyasi  fotosintez 
jarayonida quyosh energiyasini bog‘lash va uni zahiraga o‘tkazishdir. 
Organizmlar  tog‘  jinslarining  nurashida,  tuproq  hosil  bo‘lishida,  relyef 
shakllarini o‘zgarishida, qazilma boyliklarning paydo bo‘lishida va atmosferaning 
hozirgi tarkibini vujudga keltirishda katta rol  o‘ynaydi. 
To‘xtovsiz  davom  etadigan  va  tirik  organizmlar  faoliyati  tufayli  tartibga 
solinib  turadigan  moddalarning  doimiy  aylanishi  biosferaning  o‘ziga  xos 
belgisidir.  Atmosferada  sarf  bo‘ladigan  kislorod  o‘rnini  fotosintez  va  boshqa 
jarayonlar  natijasida  to‘ldirib  turiladi.  O‘simliklar  karbonat  angidridni  yutib, 
organik mahsulot yaratadi.  
Biosferada  suvning  almashinuvida  tirik  moddalar  katta  rol  o‘ynaydi. 
Biosferadagi  organizmlar  azot,  kaliy,  kremniy,  fosfor,  oltingugurt  va  boshqalarni 
aylanib yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda to‘xtovsiz 
aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati juda katta.  
Biotik  aylanishda  million  tonnalab  fosfor  va  azot,  katta  miqdordagi  kaliy, 
kalsiy, temir hamda juda ko‘p miqdorda suv ishtirok etadi. 
Suvning  aylanishida  bug‘lanish,  transpiratsiya  jarayonlari  muhim  rol 
o‘ynaydi.  O‘simliklarning  yer  ustki  qismlari  tomonidan  suvning  bug‘lantirilishi 
ko‘tarish  kuchini  hosil  qiladi,  tuproqdan  eritmalarni  oladi.  Ular  o‘simlikni  suv 
bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham ta’minlaydi. Suv tuproqdan bug‘ holatida 


80 
 
atmosferaga  ko‘tarilib,  soviydi,  keyin  kondensatsiyalanib,  yomg‘ir  holida  u  yana 
quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi. 
Biosferada  CO
2
  ham  davriy  aylanadi.  Atmosferada  0,03  %  CO
2
  bor. 
Fotosintez jarayonida o‘simlik atmosferadan CO
2
 ni yutadi va organik modda hosil 
qiladi  hamda  oziq  zanjirlari  orqali  hayvonlarga  o‘tadi.  Uglerod  o‘simliklar  va 
hayvonlarning nafas olishi va boshqa jarayonlarda ajralib chiqadi. 
V.I.Vernadskiyning  ko‘rsatishicha,  tirik  organizmlar  biosferada  kimyoviy 
elementlar  migratsiyasi  (ko‘chib  yurishi)  ning  asosiy  omillaridir.  Bu  migratsiyani 
ikkita  qarama-qarshi,  ammo,  o‘zaro  bog‘langan  jarayon  keltirib  chiqaradi:  1) 
quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib 
topishi;  2)  organik  moddalarning  energiya  ajralib  chiqishi  bilan  birga  davom 
etadigan  yemirilishi.  Bunday  yemirilish  jarayonida  organik  moddalar  mineral 
moddalarga aylanadi. 
Turli moddalarning migratsiya qobiliyati mutlaqo bir xil emas. Lekin davriy 
sistemadagi  kimyoviy  elementlarning  ko‘pchiligi  biosferada  faol  ravishda 
migratsiyalanish  qobiliyatiga  ega.  Bunday  faol  migrantlarni  ikki  guruhga  bo‘lish 
mumkin: 
1.  Havo    migrantlari  -  ular  migratsiya  jarayonida  gazsimon  fazani  bosib 
o‘tadi (kislorod, azot, uglerod, vodorod).  
2.  Suv  migrantlari  -  oddiy  yoki  kompleks  ionlar,  yoki  molekulalar  tarzida 
migratsiyalanuvchi  elementlar.  Bular  jumlasiga  Na,  F,  S,  Cl,  K  kabi  elementlar 
kiradi. 
Tabiatdagi 
organik 
moddalarning 
paydo 
bo‘lishida 
havodagi 
migratsiyalanuvchi elementlar muhim ahamiyatga egadir, ular orasida CO
2
, O
2
, N
2
 
98,3 % ni tashkil qiladi. 
Biosfera  juda  katta  makonni  egallagani  tufayli  va  sayyoraning  turli  xil 
mineral qobiqlariga kirib borish imkoniyatlariga ega bo‘lganligi uchun organizmlar 
tarqalgan muhit, ya’ni yashaydigan sharoitlar nihoyatda har xil bo‘ladi. 
Shunday  qilib, biosfera  Yerda  hayot  vujudga  kelgandan  keyin  va  uning bir 
necha  milliard  yillar  davomida  rivojlanishi  hamda  evolyutsiyasi  natijasida  hosil 


81 
 
bo‘lgan juda murakkab va bir-biri bilan uzviy bog‘liq strukturadan tashkil topgan 
tizim,  Yer  kurrasining  noyob  qobig‘idir.  Global  miqyosda  biosferani  ekotizimga 
qiyoslasa bo‘ladi. Bu ekotizimning har bir struktura elementi biror sabab bilan o‘z 
funksiyasini bajara olmay qolsa, u vaqtda biosferaning normal hayotiy jarayonlari 
buzilib,  biogeokimyoviy  muhitning  buzilishiga,  va  hatto  ba’zi  bir  biologik 
turlarning mutlaqo yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. 
Shuni  alohida  ta’kidlab  o‘tish  kerakki,  hozirgi  fan  va  texnika  taraqqiyoti 
davrida  insonning  ta’siri  birinchi  navbatda  biosferaning  mahsuldorligiga,  uning 
energiya balansiga qaratilgandir. 
Biosfera mahsuldorligining kamayishiga asosan quyidagilar sabab bo‘ladi:  
1) gidromelioratsiya ishlarini amalga oshirish;  
2)  oqova  va  sizot  suvlari,  shuningdek  tuproqning  turli  mineral  o‘g‘itlar, 
kimyoviy moddalar, har xil zaharli moddalar bilan ifloslanishi;  
3) sanoat chiqindilari bilan muhitning ifloslanishi. 
Biosferada  hayotning  taqsimlanishi  nihoyatda  murakkab  va  xilma-xildir. 
Tabiiy  ekotizimlar  qanchalik  rang-barang  bo‘lsa  biosferaning  barqarorligi  yuqori 
bo‘ladi va aksincha.  Biosfera uchun toza birlamchi mahsulotning mumkin bo‘lgan 
sarflanish  ulushi  1  %  dan  katta  emas.  Bu  «1  %  qoidasi»  deb  yuritiladi  va  undan 
chetlashish  biosferadagi  tabiiy  energetik  jarayonlarning  buzilishi  va  chuqur 
ekologik inqirozga olib keladi. 
V.I.Vernadskiy  ta’limoti  bo‘yicha  biosferada  tirik  modda  yaxlitlik 
xususiyatiga  egadir.  Bu  biosferaning  yaxlitlilik  tamoyili  (tamoyili)  deb  yuritiladi. 
Ushbu  tamoyil  tirik  moddaning      fizik-kimyoviy  birligi  qonunidan  kelib  chiqadi. 
Biogeokimyoviy farqlar bo‘lishi mumkin. 
Biosferadagi 
tirik 
moddaning 
miqdori 
o‘zgarmas 
hisoblanadi. 
Atmosferadagi kislorod miqdori tirik moddaning miqdoriga teng keladi (1.5x10
21

va  10
20
-10
21
g).  Tirik  moddaning  miqdori  «Quyosh-Yer»  tizimidagi  energetik 
bog‘lanish  bilan  belgilanadi.  Tirik  organizmlar  sekin-asta  biosferani  hozirgi 
chegaralarda egallagan va hayotning tarqalishi davom etayapti.    

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish