Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   189
Bog'liq
ekologiya

aql
  va 
ong
  mavjuddir. 
Aynan aql unga eng muhim hayotiy omillardan biri 
oziq ovqat yetishmovchiligi
ga 
qarshi  chora  topishga  yordam  berdi.  Inson  dehqonchilik  va  chorvachilikni 
rivojlantirdi.  Bu  hodisa  10  ming  yil  oldin  ro‘y  berdi. 
Inson  o‘zining  ekologik 
muhitini  yaratishni  boshladi.
  Insonning  aqli,  ongi,  fikrlash  qobiliyati  zarur 
bo‘lgan 
mehnat  qurollari
ni  yaratish  imkonini  berdi.  Bu  esa  unga  vaqtinchalik 
bo‘lsa  ham,  atrof  muhitning  oddiy  abiotik  va  biotik  omillarini  yengishga  yordam 
berdi. 
Inson  quyidagilarga  erishdi:
    Oziq  ovqatni  mo‘l  ko‘l,  ko‘p  miqdorda 
yetishtirdi  (garchi  oziq  ovqatni  taqsimlashda  hali  ham  muammolar  mavjud 
bo‘lsada);  suv  omborlarini  qurdi,  yashash  joylariga  va  dalalarga  suvni  olib  keldi; 
yirtqich  hayvonlar  va  kasallik  qo‘zg’atuvchi  ko‘pgina  organizmlarga  qarshi 
kurashish  uchun  vositalar  yaratdi;  yashash  uchun  uy  joylar  qurib,  o‘zi 
hohlaganicha  uni  isitish  yoki  sovutishni  o‘rgandi;  boshqa  turlar  bilan 
raqobatlashib,  yutib  chiqdi.  Inson  muhitning  chegaralovchi,  ya’ni  limitlovchi 
omillar  ta’sirini  yengib  o‘tolgan  bo‘lsada,  muhit  ustidan  mutloq  g’alabaga 
erishmadi.  Yu.  Odumning  fikricha,  odam  o‘zining  uyini,  o‘qish  va  ish  joylarini, 
transport  vositalarini  kondistioner  bilan  ta’minlagan  bo‘lsada,  o‘zining  hayoti 
iqlim ta’sirida ekanini yaxshi tushunib yetadi. Sababi, inson dalalarni, yaylovlarni 
va b. kondistioner bilan ta’minlay olmaydi. Demak, inson iqlimga qaramdir, uning 
qor  va  yomg’irlari,  suv  toshqinlari,  qurg’oqchilik  kabi  hodisalari  uning  hayotiga 
ta’sir ko‘rsatadi.  
        Shunday  qilib,  garchi  odam  ijtimoiy  hilqat  bo‘lsada,  tabiat  doimo  uning 
yashashiga sabab bo‘luvchi omili bo‘lib qoladi. Insonni tabiiy muhit, u tomonidan 
yaratilgan  ekologik  muhit  va  ijtimoiy  munosabatlar  (sostium)  o‘rab  turadi.  Inson 
tomonidan  yaratilgan  sun’iy  muhit  ham  insoning  o‘ziga  ta’sir  qiladi,  ya’ni 
insoniyatning biologik va ijtimoiy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.  


234 
 
Homo sapiens turining biologik tur sifatida paydo bo‘lishiga genetik dastur 
sabab  bo‘lgan.  Genetik  dastur  DNK  molekulalariga  yozilgan  bo‘lib,  yetarli 
darajada  konservativ,  ya’ni  o‘zgarmasdir  va  u  tabiiy  resurslarning  eng 
qimmatlisidir.  Shunga  qaramay,  insonning  DNK  molekulasi  avloddan  avlodga 
o‘tib, turli tuman genetik jarayonlarga jalb etilib turadi.  Amalda bunday jarayonlar 
hayvonlarning molekulalarida ham ro‘y berib turadi: 1) mutastiya jarayonlari, ular 
DNK  strukturasini  o‘zgartiradi;  2)  genlar  migrastiyasi  —  genlarni  boshqa 
populyastiyalardan  o‘tib  kelishi  yoki  boshqa  populyastiyalarga  o‘tishi;  3) 
genlarning dreyfi — genlar chastotasining tasodifiy qalqishlari; 4) tabiiy tanlash — 
genetik belgilarni yo‘naltirib o‘zgartiradi. 
       Populyastiyalarning  mutastiya  jarayoniga  tabiiy  radiatsiya  ta’sir  eta 
olmaydi. 
Lekin  odamning  o‘zi  o‘zini  o‘rab  turgan  atrof  muhitiga  yadroviy 
energiyani kiritdi. Bu energiya mutloq mutastion faol faoliyatga egadir.   Odamlar 
o‘z maishiy hayotlarida va sanoatda yuz minglab kimyoviy birikmalarni qo‘llaydi. 
Ular  orasida  tabiatda  uchramagan  kimyoviy  mutagen  birikmalar  ham  paydo 
bo‘lgan.  

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish