Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   189
Bog'liq
ekologiya

             Inson 
-  tiriklikning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  biosferadagi  tabiiy  sharoitdan 
tashqarida  va  evolyustion  rivojlangan  ma’lum  turdagi  tirik  moddalarsiz  yashay 
olmaydi.  Odam 
Gominidlar  oilasi
ga  mansub  bo‘lib,  Yerning  ekvatorial  qismida, 
ya’ni  Afrikaning  sharqiy  va  Osiyoning  janubiy  qismida  paydo  bo‘lgan.    Eng 
qadimgi  davrlarda  Yerda  bir  qancha  gominidlar  oilasiga  mansub  bo‘lgan  turlar 
yashagan. Bu gominidlar quyidagi ikki oilalarga tegishli bo‘lgan: 
avstralopitek va 
oddiy  odamlar
,  bulardan  faqat  bir  turdagi  odam,  ya’ni 
Homo  sapiyens  —
  aqlli 
odam  saqlanib  qolgan.    Yerda  bir  vaqtning  o‘zida  neandertal  odamlar  va  oddiy 
odamlar yashaganligini tasdig’i sifatida “qor odamlar” yoki devlar haqida saqlanib 
qolgan afsonalarni eslash kifoya. Ko‘pgina olimlar Homo sapiens ikki turga, ya’ni 
neandertal  odam  va  oddiy  odam  turiga  ajralib  qolgan  deb  hisoblaydilar. 
Sayyoradagi  tirik  moddalarning  evolyustiyasida  burilishlar  ro‘y  bergan  bo‘lib, 


232 
 
oxirgi evolyustion sukstessiya jarayonida odam  Homo sapiens paydo bo‘lgan deb 
hisoblanadi.      
         Bu hodisa yaqin o‘tmishda, 3,5—5 mln yil avval ro‘y bergan. Yaqin o‘tmish 
deganimizning  sababi  Yer  sayyorasining  rivojlanish  davri  4  mlrd  yil  deb 
hisoblanadi. Yerda insonning paydo bo‘lish vaqtini yaqqol ko‘rsatish uchun odatda 
quyidagi  usuldan  foydalaniladi:  Yerdagi  organik hayotning  rivojlanish  davrini bir 
yil  deb  olamiz,  unda,  insonning  Yerda  paydo  bo‘lishi  bir  sutkalik  vaqtga  teng 
bo‘lib qoladi, bu sana “31 dekabrdir, ya’ni yilning 365-kuni ”.  Dehqonchilikning 
rivojlanishi 2 daqiqa (o‘n ming yil avval), sanoat revolyustiyasi esa 2 sekund avval 
(200 yil oldin) avval—ya’ni sanoat revolyustiyasi 31 dekabrda soat 23 59 minut va 
58  sekundda  ro‘y  berdi.  Agar  odamning  paydo  bo‘lish  va  yashash  davomiyligini 
dinozavrlarning  Yerdagi  yashagan  davri  bilan  solishtiradigan  bo‘lsak, dinozavrlar 
odamlarga nisbatan 14 marta ortiqroq yashagan (ikki hafta).  
         Bularning  hammasi  odam  ham  huddi  Yerdagi  boshqa  biologik  tur  kabi 
o‘tkinchi  ekani,    inson  “evolyustiyaning  eng  rivojlangan  cho‘qqisi”  emasligi 
haqida  fikr  uyg’otadi  (garchi  insonlar  shunday  deb  o‘ylasalar  ham).  Shunga 
qaramay,  V.  I.  Vernadskiyning  fikricha,  tabiat  insonni  yaratib  “qisqa  davrda” 
yashab  mavjud  bo‘lishi uchun  bejiz  milliardlab  yillarni  sarflamagan  bo‘lsa kerak, 
insonlar  tufayli  Yerda  uzoq  vaqt  davom  etadigan  yangi  geologik  era  boshlanish 
ehtimoli mavjuddir.   
       Ibtidoiy  odam  yaqin  vaqtlargacha  (dehqonchilik  paydo  bo‘lgunicha)  tabiiy 
ekotizimlarning  hamma  turdagi  ozuqalarini  iste’mol  qiluvchi  oddiy  konsument 
bo‘lib  kelgan.  Ovchilik  qilish  va  o‘simliklarni  terish  maqsadida  odamlar  joydan 
joyga  ko‘chib,  ozuqa  mo‘l  bo‘lgan  hududlarda  vaqtinchalik  yashash  joylarini 
tashkil  qilishgan.  Bu  va  bundan  ham  avvalgi  davrlarda  insonlarning  atrof  tabiiy 
muhitga  ta’siri    kam  bo‘lgan.  Masalan,  1.5  mln  yil  avval  insonlarning  umri 
o‘rtacha 20 yoshdan oshmagan, butun Yerdagi odamlar soni esa 500 mingga yaqin 
bo‘lgan.  
          Odamlarning 
bunday 
qisqa 
umr 
ko‘rishining 
sababi 
tabiatning 
o‘zgartirilmagan  muhitida  o‘z  o‘zini  boshqaruvchi  kuchlarning  hukmron 


233 
 
bo‘lganligi  deb  hisoblanadi.  Tabiatning  bunday  kuchlariga  inson  xuddi  boshqa 
jonzotlar singari bo‘ysunib yashagan. Lekin inson atrof muhitga qaram bo‘libgina 
qolmay, xuddi boshqa tirik organizmlarga o‘xshab unga ta’sir ham qiladi.  Hayvon 
va  boshqa  tirik  organizmlardan  farqli  ravishda  insonda 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish