240
Akkreditatsiya -
muayyan tashkilot ma’lum ishlarni amalga oshirishga
vakolatli ekanligi yoki muayyan usulni muayyan maqsadlarda qo’llanilishi
mumkinligini tasdiqlash uchun bajariladigan tadbirlar.
Anabioz -
organizmda modda almashinuvining keskin pasayib ketishi va
hayotning zohiriy ko’rinishi mavjud bo’lmagan vaqtinchalik holat. Asosan
umurtqasizlarda yashash muhitining nomaqbul sharoitlariga moslashish tarzida
kuzatiladi.
Bioyoqilg’i -
1) yoqqanda energiya chiqarish xususiyatiga ega har qanday
biomassa (torf, suv o’tlari va sh . o’.); 2) bijg’ish jarayonida issiqxonalarga va
boshqa binolarga issiqlik bera oladigan organik chiqindilar (axlat, go’ng va h.).
Do'stlaringiz bilan baham: