Saitxodjayev


§. Hozirgi zamon fani yutuqlari



Download 441,4 Kb.
bet72/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

§. Hozirgi zamon fani yutuqlari


Oldingi ikki asrda juda katta miqdorda bilimlar yig‘ildi. Bu bilimlarni fan oldin umumlashtirdi, tizimlashtirdi va yangi vazifalarni yechishga kirishdi. Ya’ni u bilimlarni amaliyotga tatbiq qila boshladi.

Amaliyot ham fanga ta’sir qila boshladi. Buning natijasida termodina- mika vujudga keldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qishloq xo‘jaligidagi muammolarni yechishga organik ximiya fani kirishdi. Uning yordamida yangi dori-darmonlar, bo‘yoqlar yaratildi. Ximiyaviy texnologiya elementlari ishlab chiqarishga tatbiq qilina boshladi.



Elektrodinamikaning vujudga kelishi yangi davrni boshlab berdi. Elektr, magnit va yorug‘lik hodisalarining chuqur o‘rganilishi elektrotex- nikani rivojlantirib yubordi va yangi elektr mashinalari va aloqa vositalari ishlab chiqildi.

  1. asr 50-60 yillariga kelib tabiatshunoslik, texnik va ijtimoiy fanlar juda rivojlanib ketdi. Asr boshlarida fizika, ximiya, biologiya fanlari keskin rivojlandi. Bunga XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi yangiliklar sezilarli turtki berdi. A.Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasini va maxsus nisbiylik nazariyasini ochishi yangi texnika va texnologiyani vujudga keltirdi. 60-70 yillarga kelib insonni o‘rganuvchi fanlar – gen injeneriyasi, biotexnologiya, biomeditsina rivojlandi. Ushbu fanlarni rivojlanishi olimlarning ijtimoiy mas’uliyatini ham oshirdi. Chunki gen injeneriyasini rivojlanishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 1975-yilda ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan olimlar insonni o‘rganishda moratoriy e’lon qilishdi. Buning natijasida molekular genetika rivojlandi. Endi olimlar yangi organizmda o‘zlari xohlagan xususiyatlarni rivojlantirish imkoniyati tug‘ildi. Oldin ishlab chiqarish murakkab bo‘lgan dorilar – insulin, inson o‘sishi uchun zarur bo‘lgan garmon, antibiotiklarni xohlagancha yaratish mumkin bo‘ldi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka, har xil kasalliklarga, parazitlarga qarshi tura oladigan qishloq xo‘jalik ekinlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havodan azot ola biladigan o‘simliklar yaratildi. Azot ishlab chiqarish esa juda qimmatlidir.

  1. asr informatsion asr hisoblanadi. Informatsion texnologiya vujudga keldi. Informatsion texnologiyaning mohiyati shundaki ma’lum bir apparatlarni o‘zaro ulab ishlab chiqarishni boshqarishi mumkin. Bu texnologiyaning asosini EHM – kompyuterlar tashkil qiladi. Kompyuterlarda axborotlar qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Ular maxsus dasturlar asosida ishlaydi. Informatsion texnologiya ishlab chiqarishni to‘la avtomatlashtirishi mumkin. Inson mehnatini robotlar amalga oshiradi. Informatsiya uzatuvchi qurilmalar yordamida kosmik kemalar, yangi samolyotlar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish boshqariladi. Bunday qurilmalardan ta’lim va tarbiya jarayonida ham foydalanishyapti. Albatta buni o‘ta murakkab informatsion texnologiya yordamida amalga oshiriladi.

G‘arb davlatlarida, AQSHda mehnatkashlarning asosiy ko‘pchiligi xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat qilishadi (AQSHda – 80%dan, Germaniyada – 70%dan ortig‘i). Katta ko‘lamda o‘zaro bog‘langan bilimlar banki tashkil qilindi. Bunday banklarga mamlakatning har qanday nuqtasidan juda qisqa vaqt mobaynida qonunlar bog‘lanish imkonini beradi. AQSHda 100 mlndan ortiq aholi shaxsiy kompyuteriga ega.

  1. asr arafasida Internet vujudga keldi. Internet ilmiy bilimlarni keng tarqalishi, almashinishi uchun yaxshi imkoniyatlar yaratdi.

1960-yillarda kosmik texnika, texnologiya rivojlana boshladi. 2000- yilgacha fazo intensiv ravishda o‘zlashtirila boshlandi. Orbital kosmik stansiyalar paydo bo‘ldi. Kosmik stansiyalarda ko‘pgina ilmiy izlanishlar olib borildi. Aytaylik yerni, quyoshni, boshqa planetalarni o‘rganish bo‘yicha, yangi sintetik materiallar yaratish bo‘yicha. Buning natijasida insonlar xohlagan xususiyatlarini oldindan rejalashtirib materiallarga o‘tkazib yangi materiallar yaratildi.

Ammo fan yutuqlaridan tinchlik maqsadlarida va urush maqsad- larida ham foydalanish mumkin. S.I.Vavilovning fikricha, «Fan-juda ham kuchli, ikki tomoni ham o‘tkir qirralidir. Kimning qo‘lida bo‘lishiga qarab undan tinchlik yoki yomonlik maqsadida ishlatilishi mumkin». Tabiatshunoslik fanlarining bir tomonlama rivojlanishi termoyadro urushi xavfini vujudga keltirdi. Bu haqda Julio-Kyuri shunday yozadi:

«fan insoniyatga qanchalik foyda keltirganligini olimlar bilishadi, agar yer yuzida tinchlik hukmron bo‘lsa fan qanday yutuqlarga erishishini ham bilishadi. Ular kimdir bizni fan atom va vodorod bombasidan o‘limga olib keldi deyishini xohlashmaydi. Olimlar fan aybdor emasligini bilishadi. Fan yutuqlaridan g‘araz maqsadlarda foydalangan inson aybdor». Fan yutuqlaridan hamisha dastlab mamlakat manfaatla- ridan kelib chiqqan holda harbiy maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, A.Eynshteyn atom yadro energiyasidan foydalanish, inson ongi-miya xususiyatlarini o‘rganishidan foydalanib zombilarni yaratilishi, oldingi davrlarda Al-ximiklar tashkilotining faoliyati. Fan yutuqlarining hayotga tatbiq etilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshadi: «fan – texnika – ishlab chiqarish». Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish ba’zan qisqa davrni, ba’zan esa uzoq davrni qamrab oladi. Masalan, Cherepanovning suvni, havoni tozalovchi qurilmasi, yaqinda AQSHda yaratilgan yangi tez uchar samolyot Yer yuzini 4.5 soatda aylanib o‘tadi. Ishlab chiqarishga 2016-yilda kirishiladi.

Nobel mukofoti laureati J.Alfyorovni yarim o‘tkazgichlarini 70- yillarda ochganini ham keltirish mumkin.

Shuni ham ta’kidlash lozimki hozirgi vaqtda fan bilan shug‘ulla- nadigan shaharlar paydo bo‘layapti. Oldin ham bo‘lgan. Masalan: Arkanzas, Los-Alamos va boshqalar. Hozirgi vaqtda RFda shunday shaharlar yaratish haqida 1997-yil 7-noyabrda farmon qabul qilingan. Hozir RFda 60 dan ziyod shunday shahar bor, ularni 29 tasi Pod- Moskovyeda, qolganlari Ural va Sibirda.

Yaponiyada mavjud bo‘lgan, faqat fan bilan shug‘ullanadigan shahar Sukubu deb ataladi. U yerda dunyoning turli joylaridan olimlar kelib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi.

Fan yutuqlari III faoliyatiga ham ta’sir qilyapti. IIIda fan yutuqlari- dan ham foydalanilayapti. Aytaylik yarim o‘tkazgichlardan yaratilgan aloqa vositalari IIIga keng kirib keldi, yangi radioaloqa vositalari faoliyatida katta samara beryapti.

Fan yutuqlari asosida yaratilgan yangi avtomobillardan, yangi suratga olish, ovoz yozib apparatlaridan foydalanilayapti. O‘q o‘tkaz- maydigan materiallardan avtomobillarda, xodimlarni himoyalashda qo‘llanilyapti. Ximiya fani yutuqlaridan ximiyaviy moddalarni aniqlash- da foydalanilyapti.

Kompyuterlar Ichki iglar idoralariga to‘la kirib kelyapti. Kompyu- terlarni kirib kelishi xodimlarni mas’uliyatini oshirib, vazifalarini o‘zgartiryapti. Kompyuterlarda ko‘pgina ishlarni masalan: jinoyatchini foto robotini yaratish va boshqalar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy fanlar- da amalga oshayotgan demokratizatsiya va insonparvarlik jarayonlari III faoliyati insonparvarlik bilan singdirilyapti.

Ichki ishlar idoralari faoliyati fan yutuqlarini tez fursatda amaliyotga tatbiq qilishni talab qiladi. Bu holat IIIning xususiyati bilan bog‘liq. Jinoyatni oldini olish, jinoyatni ochish buni talab qiladi. Aks holda jamiyatdagi ijtimoiy psixologik muhit murakkablashib ketadi.

Kundan-kunga jinoyatlar murakkablashib bormoqda, uni ochish ham ko‘p mushkulliklarni vujudga keltiradi, vaqt esa kutmaydi.


      1. Download 441,4 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish