Saitxodjayev


-§. Insonning paydo bo‘lishi haqidagi ilmiy falsafiy qarashlarning mohiyati



Download 441,4 Kb.
bet68/90
Sana07.01.2022
Hajmi441,4 Kb.
#327295
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
Bog'liq
Falsafa kitob

2-§. Insonning paydo bo‘lishi haqidagi ilmiy falsafiy qarashlarning mohiyati

Ma’lumki, yerda hayot 4 milliard yil, Homo sapiens (aqlli inson) esa 40 ming yil avval paydo bo‘lgan. Ilmiy adabiyotda keltirilishicha, yerda hayot paydo bo‘lishi haqida ikki xil tasavvur bor. Birinchisiga







1 AΣмaд Дoнun. Haboдиp yл-baԕoe. – T., 1964. – Б.154-155.

ko‘ra, yerda hayot fizikaviy-kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan; ma’lum bir vaqtda o‘zgacha sharoit ta’sirida okeanlarda sodir bo‘lgan davomiy jarayonlar hayot paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan. Ikkinchi tasavvurga ko‘ra, fizikaviy-kimyoviy jarayonlarning o‘zi jonli hayotning paydo bo‘lishi uchun yetarli emas, bu yerda yana jonsizdan jonliga tomon sifatiy sakrash yuz bergan bo‘lishi kerak.

Rus bioximigi A.I.Oparinning ta’kidlashicha, sayyoramiz dastlabki davrlarda o‘z okeanlarida juda ko‘p miqdorda suv saqlagan. Yerning o‘z o‘qi atrofida va boshqa sayyoralarga nisbatan aylanishi okean sathi haroratining iloji boricha ko‘tarilmasligiga asos yaratib bergan. Yerning birlamchi qatlamida vodorod, ammiak, metan, uglevodorod gazi va suv kabi elementlar bo‘lgan. Atmosferada ozon qatlami yo‘qligi tufayli Yerda Quyoshning ultrabinafsha radiatsiya nurlarining ta’siri kuchaygan. Natijada organik birikmalarning kimyoviy evolutsiyasi sodir bo‘lgan va dunyo okeanlarining turli joylarida hayot paydo bo‘lishiga turtki bergan. Shu tariqa hayot paydo bo‘lgan1.

Yerda hayot paydo bo‘lishi haqidagi gipotezalarni isbotlash uchun olimlar turli xil eksperimentlar o‘tkazganlar. Jumladan, nemis olimi S.Miller yer yuzida dastlabki davrlarda qaror topgan muhitni tajriba yo‘li bilan yaratishga harakat qilgan. U yopiq idishga vodorod, ammiak, uglerod-IV oksidi va suv birikmasidan iborat aralashmani solgan. So‘ngra yuqori voltli tokdan foydalanib, ultrabinafsha nur bilan ularga ta’sir qilgan. Natijada idishda oqsilning asosi bo‘lgan bir qator aminokislotalar, nuklein kislotalarning paydo bo‘lish jarayoni kuzatilgan. Bu tajribalar yordamida nemis olimi S.Miller hayotning asosini tashkil etuvchi aminokislotalar va ularning polimerlari hosil bo‘ladigan sharoitlarni ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘ldi2.

Olingan natija quyidagi faktni isbotladi, ya’ni organik birikma- larning sintezlanishi Yerda juda keng miqyosda sodir bo‘la borgan. Vodorod, ammiak, uglerod, metan va suvdan tashkil topgan birlamchi atmosferaga bir necha ming yillar davomida Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sir etib, ular reaksiyaga kirishib borgan. Buning natijasida organik birikmalar sintezlanib yomg‘ir bilan birga okeanga tushgan. Organik birikmalarning sintezlanishi okeanda davom etgan, undan keyin mazkur birikmalarning ma’lum bir qismi yana atmosferaga ko‘tarilgan. Shu tariqa Yer reaksiyalar sodir bo‘luvchi ulkan laboratoriyaga aylangan.





1 Onapuн A.И. Пpo6лeмa пpoиcxoждehия жизhи. – M., 1976. – Б.27–43.

2 Дyбuнuн H.П. Чto taкoe чeлobeк. – M., 1983. – C.238.

Unda ko‘p miqdordagi aminokislotalar va boshqa organik kislotalar reaksiyaga kirishib borgan va hanuzgacha mazkur hodisa davom etib kelmoqda.

Lekin bu unchalik isbotlovchi dalil emas, chunki bu birikmalarning o‘zaro reaksiya jarayoni notirik tabiatdan tirik tabiatni keltirib chiqara olmaydi. Bu yerda, albatta, muayyan bir sifatiy sakrash sodir bo‘lgan bo‘lishi kerak. Bu sakrashda DNKdan bir o‘lchamli ma’lumotning, o‘z- o‘zini ishlab chiqaruvchi butun tizim bo‘lgan uch o‘lchamli ma’lumotga

– oqsilga aylanishi sodir bo‘ladi.

Hayotning paydo bo‘lish jarayonini tajriba (eksperiment) yo‘li bilan tiklab bo‘lmaydi. Lekin shu narsa aniqki, hayotning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘lgan aminokislotalar va boshqa polimerlar kimyoviy va fizikaviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan, shundan so‘ng esa qandaydir bir sifatiy sakrash sodir bo‘lgan.

Demak, organik birikmalarning kimyoviy va boshqa reaksiyalarga kirishishi, ularning oddiy miqdoriy o‘zgarishining o‘zi hayot paydo bo‘lishiga kifoya bo‘lgan emas. Boshqa sayyoralardan, xususan, oy tuprog‘idan topilgan organik birikmalarning mavjudligi buning isboti bo‘lishi mumkin. Ular bor bo‘lgani bilan, oyda hayot mavjudligi isbotlanmagan. Faqat yerda organik birikmalarning reaksiyaga kirishishida sifatiy sakrash sodir bo‘lganligi tufayligina hayot paydo bo‘lgan. Lekin hozirgi kunda boshqa sayyoralarda, xususan Marsda mikroorganizmlar darajasidagi hayot borligi aniqlangan.

Jonli hujayra o‘zini o‘zi boshqarish, ta’minlash va yaratish xususiyatiga ega bo‘lgan ochiq tizim hisoblanadi. Hujayrada mazkur funksiyaning amalga oshishini DNK va RNKlarda nasldan naslga o‘tuvchi genetik kod ma’lumotlari hisobiga ta’minlash mumkin.

Molekular biologiya yana shu narsani isbotlamoqdaki, barcha tirik organizmlar (viruslar, bakteriyalar, hayvonlar va o‘simliklar)ning oqsil- lari o‘zlarining boshlang‘ich tuzilish doirasida, har xil mutanosiblikda bo‘lsa-da, lekin doimiy tarkibiy qismi bo‘lgan aminokislotalardan iborat. Xuddi shu holat adenin, timin, sitozin, guanin va uratsil kabi elementlarni o‘z tarkibiy asosi qilib olgan nuklein kislotalarga ham taalluqlidir. Mana 4 milliard yildirki, ular o‘z barqarorligi bilan tirik organizmlarning doimiy tashkil etuvchisi sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda1.






1 Дyбuнu H. П. Чto taкoe чeлobeк. – M., 1983. – C.241.

Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida har qanday tirik organizmlar hujayralardan iboratligi haqidagi xulosaga kelishimiz mumkin. Ochiq tizimga ega bo‘lgan hujayralar o‘zlarining ichki tartiblanish xossasini tashqi muhit hisobiga ta’minlaydi. Hayot ikki holda – nuklein kislotalar va oqsillarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaganda hamda o‘zaro bog‘liq reaksiyalar oqimi genetik ma’lumotlar (DNK va RNK) bilan dasturlashtirilgandagina paydo bo‘ladi.

Demak, keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, fan yer yuzida hayotning paydo bo‘lish evolutsiyasining bevosita koinotdagi yulduzlar, gallaktikalar va ularning yerdagi biologik, geofizik jarayonlarga ta’siri bilan o‘zaro bog‘liq ekanligini tasdiqlamoqda. Lekin biz bu bilan fan hayotning paydo bo‘lishi masalasiga oxirgi nuqta qo‘ydi, degan xulosaga kelmasligimiz kerak. Chunki fanning yangi tarmoqlari bu masalaga yanada aniqlik kiritib bormoqda.

Insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishi jonli tabiatning jonsiz tabiatdan paydo bo‘lishidek buyuk sakrash bilan teng hodisadir. Fan rivojlangani sari inson paydo bo‘lishidek buyuk mo‘jizaning sir-asrorini ochishda ham yangi-yangi ma’lumotlar topilmoqda. XIX asrning ikkinchi yarmida CH.Darvinning umumiy evolyutsion nazariyasi o‘sha davrda hukm surgan diniy-teologik qarashlarga dastlabki qaqshatqich zarba bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bu nazariya asosida inson biologik evolutsiyaning mahsuli ekanligi isbotlab berildi. CH.Darvinning 1859-yilda nashr qilingan «Tabiiy tanlanish orqali turlarning kelib chiqishi» va 1871-yilda nashr qilingan «Insonning paydo bo‘lishi va tabiiy tanlash» nomli mashhur kitoblari insonning paydo bo‘lishi masalasiga yangicha qarashga ilmiy asos yaratib berdi.

CH.Darvinga qadar insonning kelib chiqishi sabablari haqida boshqa olimlar ham tadqiqot olib borganlar. Jumladan, XVIII asr o‘rtalarida insonning kelib chiqishi haqidagi farazlarga birinchi bor ilmiy tus bergan mashhur olim tabiatshunos Karl Linney hisoblanadi. Karl Lineyning ilmiy xulosalari insonni sut emizuvchilar sinfiga kiruvchi maymunlar bilan bir qatorga qo‘yib, primatlar (lot. «primus» – birinchi) otradiga mansubligini isbotlaydi. Keyinchalik XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida ingliz tabiatshunos olimi Tomas Geksli va shveysariyalik Karl Fogt (anatom) ham insonning odamsimon maymunlar bilan yaqin qarindoshligini asosladilar.

Bu izlanishlar orasida organik olamning evolyutsion ta’limotini birinchi bor yaratgan fransuz olimi Jan Batist Lamarkning xizmatini

ta’kidlab o‘tish zarur, chunki bu ta’limot Darvinizm paydo bo‘lishining bevosita ilmiy-nazariy manbai bo‘lib xizmat qilgan. Chunonchi, 1809- yilda, hali Darvinning olamshumul kitoblari chiqmasidan avval, Lamark o‘zining «Zoologiya falsafasi» asarida inson maymunlarning nisbatan takomillashgan turi bo‘lmish shimpanzelar oilasidan kelib chiqishi mumkinligini ta’kidlab o‘tadi. Lekin Lamark primatlarning bu turkumi bilan insonni bog‘lab turuvchi halqani topa olmaydi.

Lamarkdagi bir tomonlama determinizmni Darvin bartaraf etadi. Uning fikricha, hayvonot dunyosining evolutsiyasida harakatlantiruvchi kuch vazifasini o‘zgaruvchanlik, nasliylik va tabiiy tanlanish bajaradi. Primatlar oilasiga kiruvchi odamsimon maymunlar o‘z rivojlanishida tashqi muhit ta’siriga duch keladi va nasliylik mexanizmi tufayli organizmda yuz bergan o‘zgarishlarda o‘z izini qoldiradi, tabiiy tanlanish natijasida biologik o‘zgarishlarning nisbatan istiqbolli bo‘g‘inlari saqlanib qoladi. Hali genlar kashf etilmaganligi bois Darvinning o‘zgaruvchanlik haqidagi ta’limoti mavhumroq bo‘lib ko‘rinardi. Genetika yaratilishi bilan bu stixiyali dialektik uchlik – o‘zgaruvchanlik, nasliylik, tabiiy tanlanish jarayoni tadrijiy rivojlanishning o‘zagi ekanligi to‘laligicha isbotlandi. Saqlanib qolgan o‘zgarishlar tabiiy tanlash orqali keyingi avlodni yangi belgilar bilan to‘ldirib boradi. Shu tariqa yangi tur paydo bo‘lishi mumkin bo‘ladi.

Darvinning ushbu ta’limoti fanning o‘sha davrdagi rivojlanish bosqichi bilan bog‘liq ayrim juz’iy kamchiliklar bo‘lishiga qaramay, ilmiy tafakkur taraqqiyotida ulkan inqilob bo‘lgan edi. Lekin hozirgi kunda Darvinning evolyutsion nazariyasi inson paydo bo‘lishini izohlab beruvchi yagona ilmiy asos bo‘lib xizmat qila olmaydi, chunki fanda evolyutsion nazariyaning to‘g‘riligiga shubha bildiruvchi yangi nazariya va ilmiy farazlar vujudga kelmoqda.

Fanda mavjud ayrim ilmiy farazlarga ko‘ra, koinot va undagi tuzilmalar yer yuzida insoniyat paydo bo‘lishiga ikki jihatdan – birinchidan, noorganik tabiatning (iqlim, landshaft, relyef va boshqalar) o‘zgarishi bilan, ikkinchidan, bevosita organik tabiatning (tabiiy tanlash



  • mutatsiya va hokazo) o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda – ta’sir ko‘rsatganligi taxmin qilinadi1.

Iqlim va landshaft, shuningdek, yerdagi biologik jarayonlarning o‘zgarishi quyosh energiyasi aktivlik darajasi va xususiyatining o‘zgarishiga bog‘liqligi aniqlangan. Chunonchi, rus olimi Chijevskiy



1930-yilning o‘zidayoq Quyosh magnit maydonining davriy o‘zgarishi asab tizimining o‘zgarishiga olib kelishini asoslab bergan edi1. Fan, bundan tashqari, Yer magnit qutblari davriy o‘zgarishining jonli mavjudotlar evolutsiyasiga ta’siri borligini yetarlicha isbotlovchi materiallarni to‘plab berdi. Ushbu ma’lumotlarga qaraganda, mana bunday geomagnitik o‘rin almashinishlar davrida biosferani kosmik radiatsiyadan saqlovchi elektromagnit maydon qalqoni uzoq ming yillar davomida shu darajada zaiflashib qolganki, yuqorida aytilgan koinot zaminida ionlashgan radiatsiyaning quvvati 60 foizga kuchaygan. Bu esa gominidlar hujayrasidagi tebranishlar (mutatsiyalar) darajasini ikki marta kuchaytirgan va shu tariqa odamsimon mavjudotlardagi o‘zgarishlar insonning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan.

Inson zoti shakllanishining evolutsiyasini o‘rganish borasida R.Lidekker, E.Dyubua, CH.Dauson, R. Dart, Luis va Meri Likilar kabi arxeolog, antropolog olimlar katta-katta kashfiyotlar qilganlar. Ular rahbarlik qilgan ekspeditsiyalarda sivapitek, prokonsul, avstralopitek, zinjantrop va boshqa odamsimon mavjudotlarning suyak qoldiqlari topilgan. Bu olimlar o‘zlarining har bir yangi topilmasini inson evolutsiyaning boshlang‘ich nuqtasi deb bilishga harakat qilganlar. Masalan, Hindistonda Himolay tog‘ etaklari Sivalik tepaligida Rixard Lidekker kashf qilgan va sivapitek deb nomlangan topilma (yoshi taxminan 8-10 million yilga teng bo‘lgan qadimgi shimpanze jag‘ suyaklarining qoldiqlari) ko‘p yillar davomida inson evolutsiyasidagi eng dastlabki tur deb hisoblanar edi. Topilmaning morfologik jihatlarini o‘rganish, suyak qoldig‘i o‘lchamlarini solishtirish ishlari sivapitekni odamdan ko‘ra ko‘proq maymunga yaqinroqligi, hech qachon Homo (inson) ajdodi bo‘lishi mumkin emasligi, to‘g‘rirog‘i, shu evolyutsion shahobchaga yaqinroq bo‘lgan tur ekanligini ko‘rsatdi2.

Ingliz antropologi Jon Neyper inson evolutsiyasining boshlang‘ich nuqtasini prokonsul va driopitekning ajdodi bo‘lmish yegiptopitek tashkil qiladi deb ta’kidlaydi. Boshqa olim Lyuring Breys fikricha, yegiptopitekdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ramapitek, avstralopitek, pitekantrop, neandertal va kromanyon odam kelib chiqqan. Yan Yelinekning taxmin qilishicha, ramapitek (topilmaning yoshi – 14 mln yil, bo‘yi – 110 sm ni tashkil qilgan)ning ajdodlari keniapitek, prokonsul va driopiteklar hisoblanadi3.







1 O‘sha joyda.

2 Лapuueв B.E. Caд Эдeмa. – M., 1980. – C. 357–374.

Ko‘pgina arxeologik topilmalar inson evolutsiyasining dastlabki bosqichlari Sharqiy Afrikadan boshlanganligini ko‘rsatmoqda. Chunonchi, Natron va Esyai ko‘llari yonidagi Olduvey darasi (Sharqiy Afrika) arxeolog olimlar er-xotin Luis va Meri Likilarga inson evolutsiya bosqichlarini ko‘rsatuvchi noyob topilmalarni taqdim etgan joydir. Dastlab 1948-yilda bosh suyagi hamda yuqori va ostki jag‘ suyaklari yaxshi saqlangan, taxminan 25 mln yil oldin yashagan odamsimon maymun – prokonsul topilgan1. Aynan shu tur, ya’ni prokonsul fan olamida inson paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan antropoidlar sinfining birlamchi shoxobchalaridan hisoblanadi.

Inson evolutsiyasining keyingi bosqichi, o‘zining kelib chiqish negizi ramapitek, driopitek va prokonsulga borib taqaladigan zot – avstralopitek bilan bog‘liqdir. «Avstralopitek» so‘zi o‘z etimologiyasiga ko‘ra, australis – lotincha «janub», pithekos – grekcha «maymun» so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, janub maymuni degan ma’noni anglatadi. Mazkur turga oid odamsimon mavjudotning suyak qoldiqlarini birinchi bor 1925-yilda Raymond Dart Afrikaning janubidagi Kalaxari sahrosining Taungas va Transvaal hududlari atrofida topilma sifatida kashf qilgan. R.Dart topilmasidan so‘ng avstralopiteklarning yangidan- yangi turlari Janubiy va Sharqiy Afrika hududlari atrofida kashf qilina bordi.

Fanda har bir odamsimon mavjudotga xos topilmani morfologik jihatlariga qarab insonlar (ya’ni lot. «homo», ko‘pgina ruscha kitoblarda

«gominido‘» deb ataluvchi) turkumiga kiritishga harakat qilinadi. Avstralopiteklar turkum sifatida insonga yaqin bo‘lgan morfologik jihatlarni, ya’ni nisbatan katta hajmga ega bosh miya, qaddini tik tutib yurish qobiliyatini o‘zida mujassamlashtirgan.

R.Dart Taungas topilmasining jag‘ suyak qoldiqlari hamda tishlarini o‘rganib, tirikligida yetti yoshlar atrofidagi qiz bola bo‘lganligini aniqladi va unga «Bebi» deb nom berdi. Bebi bosh miyasining hajmi (520 sm3) bo‘yicha shimpanzeniki (480 sm3)dan katta, gorillanikidan (680 sm3) kichik bo‘lib chiqdi. Hisoblarga ko‘ra, agar yetti yoshli Bebi bosh miyasining hajmi 520 sm3 ga teng bo‘lsa, unda yoshi katta avstralopitek bosh miyasining hajmi 780 sm3 dan kam bo‘lmasligi aniqlandi2. Demak, avstralopitek bosh miyasining hajmi va uning o‘sish sur’ati bo‘yicha ham shimpanze va gorillalardan farq qilar ekan, shuning







1 Лapuueв B.E. Caд Эдeмa. – M., 1980. – C.360.

2 O‘sha joyda. – Б.155-157.

o‘zi uning odamga yaqinroq tur ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, tos va uzun oyoq suyaklarining saqlanib qolgan holati ham avstralopitekning qaddini tik tutib yura olishi (taxminlarga ko‘ra, bo‘yi 135-140 sm atrofida bo‘lgan), tez yugura olish qobiliyatlariga ega bo‘lganligi haqida faraz qilishga asos bo‘la oladi.

Bundan tashqari, avstralopitek suyak qoldiqlari topilgan manzilgoh- lardan ko‘p miqdorda pavian (ittumshuq maymun)lar, antilopa (kiyik)lar kabi hayvonlarning suyak qoldiqlari va bir-biriga o‘xshash suyak to‘qmoqlar ham topilgan. Bu, o‘z navbatida, pavian, antilopa kabi hayvonlar avstralopiteklar uchun o‘lja, suyakli to‘qmoqlar esa ov quroli bo‘lgan, degan xulosaga olib kelishi mumkin. Lekin barcha manzilgoh- lardan topilgan avstralopiteklar suyak qoldiqlaridagi umumiylik doimo bir xil alomatlarni takrorlamaydi. Birgina Janubiy Afrikaning o‘zida turli joylardan topilgan avstralopiteklar suyaklarining qoldiqlari bir-biridan farq qiluvchi morfologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan. Manbalarda keltirilishicha, avstralopiteklar Janubiy Afrika hududlarida juda uzoq vaqt davomida 1,75 – 0,8 mln yillar oldin yashagan1.

Ejen Dyubuaning 1893-yilda Indoneziyadagi Yava orolining Trinil qishlog‘i atrofida kashf qilgan Pithecanthropus erectus (qaddini tik tutib yuruvchi maymunsimon odam) suyak qoldiqlari topilmasini inson evolutsiyasida pitekantroplar guruhi bilan bog‘liq yangi bosqichni ochdi. Bu guruhga kiruvchi har bir yangi topilmani muayyan morfologik xususiyatlar, masalan, bosh miya o‘lchamlaridagi yaqinlik birlashtirgan. Pitekantroplar bosh miyasining hajmi shimpanze bosh miyasining hajmidan 2,4 marta katta bo‘lib, inson bosh miyasi o‘rtacha hajmining uchdan ikki qismini tashkil etadi. Bu haqda Dyubua o‘zining nemis tilida chop etilgan «Pithecanthropus erectus, menschencihnliche Uber- gongsbormaus java» («Qaddini tik tutib yuruvchi maymunsimon odam, o‘tish davrida turuvchi yavalik odamsimon mavjudot») kitobining xulosa qismida shunday deb yozadi: «qaddini tik tutib yuruvchi pitekantrop, evolyutsion ta’limotga binoan, antropoidlar bilan insonlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘tish shaklidan boshqa narsa emas: u – inson ajdodi»2.

Pitekantroplar turkumining ikkinchi bir katta guruhi Xitoyda Chjou- kou-dyan va Kotsetang g‘orlaridan topilgan qadimgi gominidlarning suyak qoldiqlari bilan bog‘liq bo‘lib, 1927-yilda D.Blek tomonidan





1 Бyнaк B.B. Poд Homo, eгo boзhикhobehиe и пocлeдyющaя эboлюция. –

M., 1980. – C.12.



2 Лapuueв B.E. Caд Эдeмa. – M., 1980. – C.68.


Download 441,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish