1-§. Ijtimoiy bashoratning mohiyati, turlari hamda huquqshunoslik fanlari va amaliyotidagi o‘rni
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida jamiyatida juda katta o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Jamiyat qiyofasi oldingi asrlarga nisbatan keskin o‘zgarmoqda. Bu albatta jamiyatning rivojlanish natijalaridir.
Kishilik jamiyatining rivojlanish ehtiyojlari kelgusini ijtimoiy bashorat qilishni dolzarb qilib qo‘ymoqda. Tarixiy progressni anglamagan holda davom etishini oldi olinmasa jamiyat uchun ko‘pgina
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, bu holda ertangi kun muammoli bo‘lib qoladi. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy muammolarni oldini olishga intilish kelgusini aytishga qiziqishni kuchaytirib yuboryapti. Shuning uchun har xil tarixiy davrlarda ko‘pgina bashoratchilar vujudga kelgan. Masalan, o‘rta asrlarda Nostradamus, hozirgi davrda bolgariyalik Vanga, Chechenistonlik Supyan Sharipov, Quriyalik Ono va boshqalar mashhur bashoratchilar hisoblanishadi.
Kishilik jamiyatining kelgusini oldindan bilish tarixda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ayniqsa o‘tish davrlarida kelgusini oldindan aytishga, uni bilishga qiziqish kishilarning hayotiy ehtiyojlari bilan bog‘liq.
Keyingi o‘n yilliklar jamiyat rivojlanishini kelgusini ijtimoiy bashoratining portlash davri bo‘lyapti. Ijtimoiy bashorat bilan ko‘pgina davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar shug‘ullanyapti, yakka- yakka shaxslar ham kelgusini bashorat qilishga harakat qilishyapti.
Keyingi yillarda birgina AQSHda 100dan ortiq katta ijtimoiy bashoratlar qilindi, unda ko‘pgina nufuzli muassasalar ishtirok etdi. Ayniqsa Xalqaro bank bashorati, 2000-yilgacha umumbashariy muammolarning prezidentga hisoboti, Interfyuchers guruhining, G.Kan va Dj. Saymon tayyorlagan «Global 2000» bashorati, Rim klubi, Gudzon instituti va boshqalar. 1974-yilda kelgusini o‘rganuvchi xalqaro federatsiya tuzildi.
O‘zbekistonda ham mamlakatimizni kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini bashorat qiladigan tashkilotlar mavjud, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, ilmiy texnika davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, strategik izlanishlar instituti.
Kelgusini bashorat qilish murakkab jarayondir, uning murakkabligi shundaki, kelgusi to‘g‘risida dalillar, asoslar yo‘q, balki kelgusining nazariy asoslari, qonunlar mavjuddir. Kelgusi to‘g‘risidagi qonunlarni hamisha rivojlantirib borish lozim. Aks holda bu qonunlar kelgusini qanday bo‘lishligini to‘g‘ri, aniq aks ettirmasligi ham mumkin. Kelgusini bilishga qaratilgan fan futurologiya deyiladi. Futurologiya kelgusini nazariy asoslangan qonunlarini o‘rganadi.
Mantiqiy jihatdan bashorat deganda oldin noma’lum bo‘lgan, lekin qonunlardan kelib chiqib kelgusida real bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hodisalar to‘g‘risidagi fikr tushuniladi. Ijtimoiy bashorat – bu rivojlanish istiqbolini sifat va miqdor jihatdan aniqlashdir. Bashoratdan
ko‘pgina fanlar foydalanadi va aniq fanlar ma’lum qonuniyatlarga asoslangan holda kelajakni bashorat qiladi. U.Tadjixonov va A.Saidovlar o‘zlarining «Huquqiy madaniyat nazariyasi» kitoblarida huquqiy madaniyatning prognostik funksiyasi haqida gapirib, shunday ta’kidlashadi, – «Huquqiy madaniyatning prognostik funksiyasi huquqiy ijodkorlik va huquqni qo‘llashni qamrab oladi, qonunlar va huquqiy tartibotni mustahkamlashni, fuqarolardan huquqqa mos xatti-harakat, faolligi va boshqalarni, butun huquqiy tizim uchun xos bo‘lgan an’analarni tashkil qilishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ilmiy prognozlash va rejalashtirishning elementlari, masalan qonunchilik faoliyatida kuchayib bormoqda, chunki qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilishni rejali ravishda amalga oshirish zarur.
Huquqiy madaniyat bashoratlari ehtimoli bo‘lgan o‘ziga xos qadriyatlardan iborat»1. Ijtimoiy bashorat qisqa va uzoq muddatli, xalqaro va mintaqaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik, hayotning boshqa sohalarida bo‘lishi mumkin.
Bashoratni gnoseologik tushunish uning mazmunini yanada kengaytiradi. Chunki falsafiy nazariya bo‘lgan gnoseologiya izlanishni mantiqiy darajasi va ilmiy shaklni tahlil qilish bilan cheklanmaydi, balki ularni tarixiylikda, hamma shakl va darajalarni birlikda olib qaraydi.
Ko‘p ming yillik insoniy faoliyatning vorisiyligi uchun kelgusini bilishning anchagina mexanizmlarini, usullarini yaratdi. Bilishning o‘tmishda paydo bo‘lib, insonning bugungi kunidan o‘tib kelgusiga qaratilishi uning hayot bilan bog‘liqligidan, faol ijodiy o‘zgartiruvchilik xarakteridandir. Bashoratga bunday gnoseologik yondashuv uni
«oldindan ko‘ra bilish» va «oldindan ayta olish» tushunchalari bilan aynanlashtiradi.
Bashorat ma’lum qoidalar asosida aqliy amalga oshirilgan oldindan ayta olishdir. Demak, bashorat «oldindan ayta olish»dan o‘zining qoidalar asosida va aqliy amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Oldingi tajribaviy ma’lumotlarni tahlili, qat’iy o‘rnatilgan dalillar, ilmiy qoidalar va nazariyalar ustunligi asosida bashorat amalga oshiriladi.
Ba’zan ijtimoiy bashorat utopiya bilan ham aynanlashtiriladi.
«Utopiya» grekcha so‘z bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi «u» – yo‘q,
«topas» – joy, ya’ni yo‘q joy degan ma’noni anglatadi. Tomas Mor o‘zi o‘ylab topgan mamlakatni shunday nomlagan. «Utopiya» so‘zini
1 Taджuxoнoв У., Cauдoв A. $yԕyԕий мaдahияt haзapияcи. T.1. – T. 1998.
Б.34-35.
boshqacha talqini ham mavjud. «Yev» – takomillashgan, yaxshi va»topas» – joy,ya’ni takomillashgan joy, takomillashgan mamlakat degan ma’noni ham bildiradi. Ushbu termin utopiyaga bag‘ishlangan ko‘pgina adabiyotlarda ikki xil ma’noda ishlatiladi. Masalan, Uilyam Morisning «Hech joydan axborot», Kampanellaning «Quyosh shahri» va boshqalar. Bu terminni qanday ma’noda ishlatilishdan qat’i nazar, uning vazifasi biz xohlagan kelgusini ifodalashdir. Utopiyani ijtimoiy bashoratdan farqi, u maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan. Bashoratning maqsadi rivojlanishning ma’lum bosqichida jamiyat rivojlanishining real imkoniyatlarini, ularning ehtimolligini aniqlashdir. Utopiya esa kelgusini qanday bo‘lishi imkoniyatlari, ehtimolini ochib bermaydi, balki kelgusi to‘g‘risidagi xohishimizdir, xolos. Utopiya adabiy ijodning bir turi sifatida o‘tmishni va bugungi kunni ideallashtiradi, u borliqni tahlil qilish asosida kelgusini tasvirlaydi.
Utopiyaning asosiy belgisi voqelikka yondashish. Sobiq Sovet Ittifoqida kelgusi to‘g‘risida utopiya yaratish 1930-yillardan boshlab bekor qilingan, tanqid qilingan. Masalan, akademik A.D.Saxarov o‘zining «Razmыshleniya o progresse, mirnom sosushestovovanii i intellektualnoy svobode» nomli futurologik maqolasini chop qilgandan so‘ng ta’qib qilina boshlangan. Uning ko‘pgina g‘oyalari utopiya sifatida qabul qilingan. Utopiya kelgusini qanday bo‘lishini chuqur asoslab bermaydi. Kelgusini chuqur tahlil qilmaslik utopiyani nisbatan erkin qilib qo‘yadi, qadriyatlarga erkin yondashadi. Utopiya birorta qadriyatni biroz bo‘rttirishi yoki mutlaqlashtirishi mumkin. Ijtimoiy bashoratni utopiyaga yaqinligidan uning chinligiga ishonmaslik ham kuchayadi. O‘tmish yoki hozirgi vaqtdagi bilimlarni chinligini aniqlash uchun uni dalillar bilan taqqoslash yetarlidir. Kelgusi to‘g‘risidagi bilimlarni dalillar bilan taqqoslab bo‘lmaydi, chunki kelgusi to‘g‘risidagi hali dalillar, hujjatlar yo‘qdir. Kelgusining faqat kurtakchalari, real rivojlanish yo‘nalishlari va jamiyat, insonlar taraqqiyotining nazariya bilan asoslangan qonunlari bo‘lishi mumkin. Lekin kelgusining ko‘rtakchalari, real rivojlanish yo‘nalishlari va nazariyaga asoslangan taraqqiyot qonunlari kelgusini qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatib bera olmaydi. Shundan bashoratning haqiqatligi muammosi kelib chiqadi. Ko‘pgina adabiyotlarda bashoratning qisman haqiqatligi to‘g‘risida gapiriladi. Masalan, G.I.Ruzavinning «Rol teorii v protsesse nauchnogo obyasneniye i predvideniya» // Materilisticheskaya dialektika
metodologiya yestestvennыx, obshestvennыx i texnicheskix nauk. –
M., 1963. S.196-197; V.G.Vinogradov, S.I.Goncharukning «Zakonы obщyestva i nauchnoye predvideniye» (M., 1972); «Metodologicheskiye problemы sotsialnogo prognozirovaniya» (L., 1975). Hozircha fanda bashoratning haqiqatligi muammosi yetarlicha o‘rganilmagan. Bizningcha bashoratning haqiqatligi dastavval qanday bilimlar asosida kelgusi to‘g‘risida fikr bildirilyapti, ya’ni haqiqiy bilimlarmi yoki haqiqiyligi isbotlanmagan bilimlar asosida fikr bildirilishiga bog‘liq. Ikkinchidan, bashorat qancha vaqtni o‘zida qamrab olayotganligiga bog‘liqdir. Ijtimoiy bashorat qancha vaqtni qamrab olishiga nisbatan uchga bo‘linadi: bevosita, yaqin kelajak va uzoq kelajak. Bevosita ijtimoiy bashorat – jamiyatni kelajakdagi 20-30 yilini, yaqin kelajak ijtimoiy bashorati – kelajakdagi 100-150 yillarni, uzoq kelajakni ijtimoiy bashorati – kelajakdagi 150 yildan keyingi davrlarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqqan holda agar ijtimoiy bashorat qisqa vaqtni qamrab olgan bo‘lsa bashorat aniq, haqiqatga yaqin bo‘ladi agar ijtimoiy bashorat uzoq vaqtni qamrab olsa unda bashorat noaniqroq va ehtimolga yaqin bo‘ladi.
Hozirgi davrda fan bevosita kelajakni bashorat qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘pgina aniq ma’lumotlarga ega. Masalan, demograflarning fikricha, sayyoramizda 2025-yilda 8 mlrd kishi yashaydi. Hatto o‘sha davrgacha ayrim davlatlarda aholining soni, ularning yoshiga ko‘ra tarkibi, tug‘ilishi, o‘rtacha umr ko‘rishi ham hisoblab chiqilgan. Mineral xom ashyo zaxiralari, ularni qazib olish 20-30 yil oldin bashorat qilinyapti va ularga asoslangan holda keng ko‘lamli xalqaro dasturlar tuzilyapti, shartnoma-bitimlar qabul qilinyapti. Ilmiy kashfiyotlarni ishlab chiqarishga tatbiq qilguncha o‘rtacha 20 yil o‘tadigan bo‘lsa, biz XXI asr boshlaridagi iqtisodning texnologik darajasi haqida hozirdan aytishimiz mumkin.
Yaqin kelajak to‘g‘risida gapirganimizda bizning bilimlarimiz haqiqatga o‘xshash xarakterga ega bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra aholining o‘sishi 2100-yillarga borib to‘xtaydi. Ishlab chiqarishning texnologik darajasi o‘sha davrlardagi amalga oshadigan ilmiy kashfiyotlar bilan aniqlanadi. Yaqin kelajak davomida demografik revolutsiya tugashi, rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy qoloqlikni yengishi, insonparvar va demokratik jamiyatga o‘tishi mumkin.
Uzoq kelajakni real imkoniyatlarga zid kelmaydigan har xil farazlar asosida bashorat qilishimiz mumkin. Bizni uzoq kelajak to‘g‘risidagi bilimlarimizdan bilmaydigan narsalarimiz ustun bo‘ladi. Bu vaqtga borib ijtimoiy hayot tubdan o‘zgarib ketadi.
Shunday qilib ijtimoiy bashorat bu bilimlarimiz, hayotiy tajribalarimiz asosida va fan yutuqlariga suyangan holda vujudga keladigan kelgusi haqidagi tasavvurlarimizdir.
Kelgusini bashorat qilishda fanning ilmiy va maxsus usullaridan, bilishning mantiqiy va texnik vositalaridan foydalaniladi. Avstriyalik futrolog Erix Yanchning fikricha, ijtimoiy bashoratning 200dan ortiq usuli mavjud. Fanda, kundalik turmushda ijtimoiy bashoratning asosan beshta usulidan foydalaniladi. Ular quyidagilar:
ekstropolyatsiya;
tarixiy qiyoslash;
kompyuterda modellashtirish;
kelgusining rejasi (ssenariysi);
ekspert bahosi.
Bu usullarning har biri o‘ziga xos ustunlikka va kamchiliklarga egadir. Ijtimoiy bashoratda eng ishonarli usullardan biri ekspert bahosi hisoblanadi, albatta u to‘g‘ri nazariy tasavvurlarga suyangan bo‘lsa. Ekspert bahosi usuli boshqa usullar natijasidan ham foydalanishi mumkin.
Kelajakni bashorat qilishda boshqa usullardan ham foydalanish mumkin. Amerikalik mashhur ijtimoiy-iqtisodiy bashoratchi Jon Nesbit o‘zining 1990-yilda chop etilgan «Megatendensii 2000: desyat novыx napravleniy dlya 1990-x» nomli asarini yaratishda kontent tahlil usulidan foydalangan. J.Nesbit kelgusini bashorat qilishdan oldin AQSHda 12 yil davomida gazeta va jurnallarda e’lon qilingan kelgusi haqidagi 2 milliondan ortiq maqolalarni tahlil qilib chiqqan. Bu usul J.Nesbitga kelgusini qaysi yo‘nalishlarda rivojlanishini aniq aytishga imkon bergan. Kelgusini bashorati insonlarni ongi va xatti-harakatiga ta’sir qilishi ham mumkin. Kelgusini bashoratining mohiyatiga qarab insonlar unga tezroq intilishi mumkin yoki uni kelishini xohlashmaydilar. Shuning uchun har qanday ijtimoiy bashorat bilishda va mafkurada o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ijtimoiy bashoratni mazmuni va maqsadidan kelib chiqib uni turlarga bo‘lishadi. Ijtimoiy bashoratning quyidagi turlari
mavjud:
qidiruv;
qoidaviy;
tahliliy;
ogohlantiruvchi.
Qidiruv bashorati kelgusi qanday bo‘lishini aniqlash uchun yo‘naltirilgan bo‘ladi, qoidaviy bashorat kelgusida aniq maqsadlarga
erishishga qaratilgan bo‘ladi, maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan tavsiyalarni ham keltirishi mumkin.
Tahliliy bashorat ilmiy maqsadlarda qaysi usul foydali ekanligini aniqlashga qaratilgan. Ogohlantiruvchi bashorat insonlarni ongi va xatti- harakatiga ta’sir qilib, kelgusi salbiy bo‘ladigan bo‘lsa uni oldini olishga undaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki bashoratning turlari o‘rtasidagi tafovutlar nisbiydir, bitta ijtimoiy bashorat turida boshqa turlarning belgilari ham bo‘lishi mumkin. Bashorat qanday sohalarda amalga oshirilmasin, u ilmiy-nazariy va amaliy yaratuvchanlik faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |